Sinofarm WIBP COVID-19 vaksinasi, shuningdek WIBP-CorV nomi bilan ham tanilgan. Sinofarm tomonidan ishlab chiqilgan ikki faolsizlangan virusli COVID-19 vaksinalaridan biri. Tekshiruv natijalari shuni koʻrsatadiki,vaksina simptomatik holatlarga qarshi 72,8% va ogʻir holatlarga qarshi 100% ta taʼsir koʻrsatadi (emlangan guruhda 26 holat va platsebo guruhida 95 ta holatda). Sinofarm tomonidan ishlab chiqilgan boshqa virusli COVID-19 vaktsinasi — BIBP vaktsinasi (BBIBP-CorV) boʻlib, u nisbatan muvaffaqiyatliroqdir. Yiliga 1 milliard dona doza ishlab chiqariladi.

Tibbiyotda foydalanilishi Vaksina mushak orasiga inʼektsiya yoʻli orqali qilinadi. 3 haftada 2 dozadan buyuriladi.

Samaradorligi 2021-yil may oyida Birlashgan Arab Amirliklari va Bahrayndagi III bosqichli sinovlarining JAMA-da ekspertlar tomonidan koʻrib chiqilgannatijalar vaksina simptomatik holatlarga qarshi 72,8% va ogʻir holatlarga qarshi 100% samarali ekanligini koʻrsatdi emlangan guruhda 26 ta holat va platseboda 95 holat). Ushbu sinovlarda 12 743 kishi vaksina va 12 737 kishi platsebo oldiname="jama.2021.85652"> Al Kaabi N, Zhang Y, Xia S, Yang Y, Al Qahtani MM, Abdulrazzaq N, Al Nusair M, Hassany M, Jawad JS, Abdalla J, Hussein SE, Al Mazrouei SK, Al Karam M, Li X, Yang X, Wang W, Lai B, Chen W, Huang S, Wang Q, Yang T, Liu Y, Ma R, Hussain ZM, Khan T, Saifuddin Fasihuddin M, You W, Xie Z, Zhao Y, Jiang Z, Zhao G, Zhang Y, Mahmoud S, ElTantawy I, Xiao P, Koshy A, Zaher WA, Wang H, Duan K, Pan A, Yang X (July 2021). „Effect of 2 Inactivated SARS-CoV-2 Vaccines on Symptomatic COVID-19 Infection in Adults: A Randomized Clinical Trial“. JAMA. 326 (1): 35-45. doi:10.1001/jama.2021.8565. PMC 8156175. PMID 34037666..

Ishlab chiqarish 2021-yil iyun oyida yiliga 1 milliard doza ishlab chiqaradigan yangi zavod oʻz ishini boshladi.

Tarixi 2020-yil aprel oyida Xitoy Sinofarm Pekin Biologik Mahsulotlar Instituti (BIBP) va Uxan Biologik Mahsulotlar Instituti (WIBP) tomonidan ishlab chiqilgan nomzod COVID-19 vaksinasining klinik sinovlarini tasdiqladi. Ikkala vaksina ham COVID-19 uchun kimyoviy faolsizlantirilgan butun virusga qarshi vaksinalardir.

2020-yil 13-avgustda Uxan Biologik Mahsulotlari Instituti I bosqich (96 nafar kattalar) va II bosqich (224 nafar kattalar)) klinik tadqiqotlarning oʻrtacha natijalarini eʼlon qildi. Hisobotda keltirilishicha vaksina salbiy taʼsirlarning past darajasi va immunogenligini koʻrsatadi, ammo xavfsizlik va samaradorlikni uzoq muddatli baholash uchun III bosqichli sinovlarni talab etadiname=":1">Xia S, Duan K, Zhang Y, Zhao D, Zhang H, Xie Z, Li X, Peng C, Zhang Y, Zhang W, Yang Y, Chen W, Gao X, You W, Wang X, Wang Z, Shi Z, Wang Y, Yang X, Zhang L, Huang L, Wang Q, Lu J, Yang Y, Guo J, Zhou W, Wan X, Wu C, Wang W, Huang S, Du J, Meng Z, Pan A, Yuan Z, Shen S, Guo W, Yang X (September 2020). „Effect of an Inactivated Vaccine Against SARS-CoV-2 on Safety and Immunogenicity Outcomes: Interim Analysis of 2 Randomized Clinical Trials“. JAMA. 324 (10): 951-960. doi:10.1001/jama.2020.15543. PMC 7426884. PMID 32789505..

Klinik sinovlar 2021-yil mart oyida Peruda BIBP va WIBP sinovlari oʻtkazuvchi Cayetano Heredia universiteti samaradorlikni pasaytirish uchun WIBP sinovlari tadqiqotlarda ishtirokchilarga kamroq samaradorlik koʻrsatgani uchun uni toʻxtatish va ishtirokchilarga uning oʻrniga BIBP vaksinasini taklif qilishini eʼlon qildi, va bunda samaradorligi yuqori boʻldi.

Ruxsatnomalar 2021-yil 25-fevralda Xitoy vaksinasi umumiy foydalanish uchun tasdiqlandi.

New York Times gazetasining yozishicha, vaksina faqat Birlashgan Arab Amirliklarida cheklangan, vaksina foydalanish uchun tasdiqlanmagan. 2021-yil 19-avgustda Filippin vaksinani favqulodda foydalanishga ruxsat berdi.

Manbalar

Turkum:COVID-19 vaksinalari