Jadvyga Juškytė (1869—1948) — Litva milliy tiklanish davrida faoliyat koʻrsatgan litviyalik oʻqituvchi.
Juškytė Litvada zodagonlar oilasida tugʻilgan. Hech qanday rasmiy maʼlumotga ega boʻlmasa-da umri davomida uzoq vaqt oʻqituvchilik qilgan. Yoshlik davrida Pernaravada noqonuniy Litva maktabini ochgan va 15 yil u yerda dars bergan. Boshqa Litva faollari bilan hamkorlikda ishlagan. 1893-yilda Gabrielė Petkevičaitė-Bitė bilan birga litvalik talabalarga moliyaviy tomondan yordam berish uchun noqonuniy Žiburėlis jamiyatiga asos solgan. 1895-yilda tilshunos Kazimieras Jauniusni Qozondagi psixiatriya shifoxonasidan ozod qilib Litvaga qaytarib olib kelgan. 1897-yilda Litva grammatikasi boʻyicha eslatmalar kitobini nashrdan chiqartirgan. 1899-yilda Palangada sahnalashtirilgan Litvada birinchi ommaviy litva tilidagi spektaklda rol ijro etgan. U Litvadagi turli nashrlarga (Varpas hamda Tėvynės sargas) maqolalar yozgan va Litva folklor ijodiy ishlarini toʻplagan. Ular boʻyicha Jonas Basanavičius va Juozas Tumas-Vaižgantas bilan maslahatlashgan.
Biografiyasi Juškytė 13-yanvar kuni, Pernaravada kichik Litva zodagonlari oilasida tugʻilgan. Uning otasi mashhur aka-uka Antanas va Jonas Juškaning qarindoshi boʻlgan. Ota-oansining ikkisi ham 1863-yilgi Rossiyaga qarshi muvaffaqqiyatsiz qoʻzgʻolonda ishtirok etishgan. Otasi qisqa muddat ichida qamoqqa olingan. Ota-onasi Tyszkiewicz oilasidan Pernarava manorini ijaraga olgan. Juškytė Kėdainiai shahridagi xususiy maktabda bir yil taʼlim olgan va asosan yaxshi maʼlumotga ega onasi tomonidan tarbiyalangan. Oilada shaxsiy kutubxona va ota-bobolarining portretlari boʻlgan.
Juškytė yoshligidan Litvadagi taqiqlangan matbuotda faoliyat yuritgan. U Litva birinchi davriy nashri hisoblangan Ausraning nusxalarini oladi hamda hatto Pernaravadagi amakisinikiga tashrif buyurganida uning muharriri Yonas Sliūpas bilan uchrashadi. Sliūpas u haqida eslaganida yosh va gʻayratli boʻlgan deb taʼrif bergan.
Juškytė shu davrlarda ishchilarning farzandlari, qishloq qizlari uchun noqonuniy maktab ochadi. Bu yerda u litva, polyak, rus tillari, adabiyot, tarix, geografiya hamda hunarmandchilikdan dars bergan. 15 yil davomida har bir oʻrtacha sinflarda oʻnga yaqin oʻquvchidan oʻqitgan.
Faoliyati
Juškytė Litva milliy tiklanishining faol aʼzosi, oʻqituvchi Gabrielė Petkevičaitė-Bite bilan tanishadi. 1893-yilda ular litvalik talabalarga moliyaviy yordam koʻrsatish maqsadida noqonuniy Žiburėlis jamiyatini tuzadi. Shu kabi doʻstlaridan biri Jonas Basanavičius bilan xat yozishadi va unga Litva xalq ertaklaridan naʼmunalar yuboradi. Bulardan toʻqqiztasini oʻzining xalq ertaklari toʻplamiga kiritadi. Juškite litva xalq ogʻzaki qoʻshiqlarini ham toʻplash bilan shugʻullanadi. Ularni Litva Ilmiy Jamiyatiga va Juozas Tumas-Vayžgantasga (156 ta Litva xalq qoʻshiqlarini) yuboradi. Natijada, koʻplab notalarni arxivlarda saqlanib qolishiga sababchi boʻladi.
Juškytė Litvaning Varpas gazetasi muharriri boʻlgan Vincas Kudirka bilan yozishmalar olib boradi, unga tahrir ishlarida yordam beradi. Oʻzi ham shu gazetaga qisqa yangiliklarini chop ettiradi. Bundan tashqari u Tėvynes sargas, Ūkininkas, Naujienos nashriyotlari uchun maqolalar yozgan. 1904-yildan keyin Vilniaus žinios, Vairas, Viltis gazetalarida maqolalarini chop eta boshlaydi. Oʻz xotiralariga koʻra, 30 ta maqola chop chop ettirganini sabab oʻtadi, tadqiqotchilarning fikriga koʻra esa bu koʻrsatkich koʻproq boʻlgan. Sababi u oʻzi yozgan maqolalarning koʻplarini imzosiz qoldirgan yoki noaniq harflar, taxalluslardan foydalangan. Koʻproq Petkevičaite taklif qilgan Širšė (vasp) taxallusi yoki Bitė (ari)dan foydalangan.
Juškytė litva tili grammatikasiga qiziqqan. Uni dastlab Kazimieras Jaunius, keyinchalik amakivachchasidan oʻrgangan. Litva tilini bilishi tilshunos olim Jonas Jablonskis tomonidan qadrlangan.
1898-yil iyulda singlisi Mariya, Povilas Vishinskis, Petkevichaite-Bite hamda Petras Avižonislar bilan Kudirkaga tashrif buyurgan. U yerda koʻplab Litva faollari: Petras Kriaučiūnas, shifokor Jonas Staugaitis, ruhoniy Aleksandras Dambrauskas, shoir va ruhoniy Maironis bilan uchrashgan.
Ular bilan birga Palangada birinchi litva tilidagi „Amerika“ nomli komediyani sahnalashtirgan. Tomoshadan soʻng, Juškytė Michał Mikołaj Ogińskining oldiga borib, uni Litvadagi noqonuniy nashrlarni Rossiya-Prussiya chegarasi orqali olib oʻtishga koʻndirgan.
1899—1901-yillarda Višinskis maslahati bilan bir nechta hikoyalar yozib koʻrdi, ammo oʻziga nisbatan tanqidiy munosabatda boʻlib, adabiyot sohasida boshqa ijod qilmadi.
Kasbi 1901-yilda Juškytė Irbidga ketadi va u yerda advokat Kazimieras Drąsutavičiusning farzandlariga shaxsiy oʻqituvchi sifatida dars beradi. Drąsutavičiusga litva-polsha hamda ruscha botanika lugʻatlari tarjimalarida yordam beradi. U yaratgan antolgiya qoʻllanmalarida talabalar uchun qishloq hayoti voqeliklari, Litva xalq ogʻzaki ijodi naʼmunalari, uy, qishloq, ferma, oʻrmon ishlari kabilar yoritilgan. Bundan tashqari turli sohalar uchun yana uchta antologiya toʻplamlari yaratgan, ammo ular tugallanmay qolib ketgan. 1903-yilda Litvaga qaytib keladi hamda Pavėžupisda Vladas Putvinskis tomonidan repititor boʻlib yollanadi. Shu davrlardan boshlab Litva faoliyatida faollik boshlagan va Varpas tahririyatida boʻladigan majlislarda ishtirok etgan. U matnlarni tahrirlash, toʻgʻirlash orqali Varpasga yordam bergan. 1904-yilda Litva matbuoti shaxsiy erkinlikka erishgandan soʻng, Juškytė yana oʻqituvchilik ishini davom ettiradi. Graf Vladimir Zubov hamda rafiqasi Sofiya Bilevičiūtė-Zuboviene tomonidan Ginkunay manorida tashkil etilgan yangi maktabga dars berishga taklif qilinadi. U yerda yetti yil davomida litva tili, tarixi, geografiyasidan dars beradi. 1906-yilda Litva ibodat kitobini 12 000 nusxada nashr ettiradi. 1905-yilda Vilnyusdagi Buyuk Seymada, 1910-yilda Litva ilmiy jamiyatiga qatnashadi. 1912-yilda Bolesław Gorczyński, Lucjan Rydel, Axel Steenbuch, Jan Adolf Hertz tarjimasidagi ikki jildlik teatr pyesalar toʻplamini nashr ettiradi.
Mustaqil Litvadagi faoliyati Birinchi jahon urushi davrida Juškytė Litvada qolib, bu yerda Pernarava yaqinida bir nechta Litva maktablarini tashkil qilgan. Litva mustaqilligi eʼlon qilinganda Juškytė uning ijtimoiy hayotida faol qatnashdi. Jumladan, u mahalliy munitsipaliteti, Jeligovskiy qoʻzgʻolonidan keyin Litva armiyasi uchun oziq-ovqat va kiyim-kechaklar xayriya tashkilotlariga rahbarlik qildi. Manbalarga koʻra, bu ishlari uchun 1928-yilda ikki yoki toʻrtta Mustaqillik medali, Litva Buyuk Gertsogi Gediminas ordeni bilan taqdirlangan, ammo medal olganlar roʻyxatida ismi topilmagan.
1922-yilda yer islohotini amalga oshirish boʻyicha mahalla komissiyasi raisi etib saylangan. 1920-yildan boshlab boshlangʻich maktab direktori lavozimida ishlagan. 1928-yilda Vilnyus afsonalari haqidagi kitobini nashr etgan.
1930-yilda ogʻir kasallikdan tanasining chap tomoni falaj boʻlib qolgan va nafaqaga chiqishga majbur boʻlgan. Bu davrlarda moliyaviy jihatdan qiyinchilikka uchragan, xususiy repititorlik va davlat pensiyasidan maosh olgan. Shunga qaramay tarixiy xotiralar, jarayonlar haqida kitoblar yozib Litva madaniy hayotiga hissa qoʻshib borgan. Juškytė oila qurmagan, 1948-yil 16-martda vafot etgan, vafot etgan joyi nomaʼlum.
Xotirasi 1990-yilda Litva mustaqilligidan soʻng, Pernaravadagi asosiy koʻchalardan biri uning sharafiga nomlangan. 2019-yilda uning 150 yilligi nishonlanib, spektakl, kontsertlar va maʼruzalar oʻtkazilgan. Uning sharafiga anʼanaviy yogʻoch oʻymakor ustunli ziyoratgoh ham tashkil qilingan.
Manbalar
Turkum:1869-yilda tugʻilganlar Turkum:1948-yilda vafot etganlar Turkum:Litvalik faollar Turkum:Litvalik ayollar Turkum:Litvalik oʻqituvchilar