Aleksey Ivanovich Baksov (; 1907-yil 18-mart — 1986-yil 26-noyabr) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (22.07.1944).
Hayoti 1907-yil 18-martda Saratov viloyati Petrovsk tumanidagi Bolshaya Kamishinka qishlogʻida tugʻilgan. Maktabni toʻliqsiz oʻrta maʼlumot bilan tugatgan. Toshkent pasport stolida ishlagan. 1926-yilda Toshkent shahar harbiy komissarligi tomonidan Sovet Armiyasi safiga chaqirildi va Toshkent shahriga koʻchirib keltirilgan Vladimir Lenin nomidagi birlashgan harbiy maktabga (hozirgi Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurti) yuborildi.
1929-yil sentabrdan Oʻsh chegara komendaturasi zastavasi boshligʻi yordamchisi va boshligʻi lavozimlarida ishlagan. Bosmachilarga qarshi janglarda qatnashgan. 1939-yil Mixail Frunze nomidagi harbiy akademiyani bitirgan.
1941-yil iyundan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Gvardiya general-mayori Aleksey Baksov 67-gvardiya motooʻqchi diviziyasiga (6-gvardiya armiyasi, 1-Boltiqbo‘yi fronti) boshchilik qildi. Oʻz diviziyasi bilan Vitebskning shimoli-gʻarbidagi dushman mudofaasini yorib oʻtib, Daugava daryosini kechib oʻtdi. Gvardiya general-mayori Aleksey Baksov boshchiligi ostida 67-gvardiya motooʻqchi diviziyasi janglari mobaynida 253 ta aholi yashash punktlarini ozod etdi va dushmanning koʻp sonli tirik kuchi hamda texnikasini yoʻq qildiGeroi Sovetskogo Soyuza: Kratkiy biograficheskiy slovar / Pred. red. kollegii I. N. Shkadov. — M.: Voenizdat, 1987. — T. 1 /Abaev — Lyubichev/. — 911 s. — 100 000 ekz. — ISBN ots., Reg. № v RKP 87-95382..
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 22-iyuldagi farmoni bilan „Diviziya qismlarini mohirlik bilan boshqarganligi va Gʻarbiy Dvina daryosi kechuvini taʼminlaganligi va dushmaning vitebsk guruhlarini qoʻlga olishda koʻrsatgan jonbozligi va qahramonligi uchun“, gvardiya general-mayori Aleksey Baksov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Urushdan keyin Aleksey Baksov armiyada xizmatni davom ettirdi. 1948-yil SSSR QK Bosh shtab akademiyasini tamomladi. SSSR MVning turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan. General-polkovnik Baksov 1972-yilda isteʼfoga chiqqan. 1986-yili vafot etgan.
Manbalar