Dar Al-Faruq Islom markazi — AQShning Minnesota shtatidagi Bloomington shahrida joylashgan masjid.

2017-yil 5-avgust kuni Illinoys shtatidagi Clarence shahridan Emily Claire Hari (oʻsha paytda Michael Hari nomi bilan tanilgan), Michael McWhorter va Joe Morris masjid yaqinida qoʻlbola portlovchi moddani portlatib yuboradi, natijada inshootga zarar yetadi, ammo hech kim jabrlanmaydi. Bundan koʻzlangan maqsad musulmonlarni qoʻrqitib, Amerika Qoʻshma Shtatlarini tark etishga undash boʻlgan. McWhorter va Morris hujum bilan bogʻliq jinoyatlarda aybdor deb topilgan, Hari esa 2020-yilgi federal sud jarayonida bir nechta jinoyatlarda aybi borligi aniqlangan.

Tarixi Masjid birinchi marta 2011-yilda, Dar Al-Faruq markazi ilgari Northgate boshlangʻich maktabi va Konkordiya oʻrta maktabi joylashgan binoni sotib olganidan soʻng ochilgan. Hozir masjid joylashgan binodan avvallari lyuteran cherkovi ham foydalangan. Manbalar

Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:2011-yilda qurilgan masjidlar Turkum:2011-yilda qurilgan bino va inshootlar Turkum:Minnesotadagi masjidlar