Muhammad Muxbir Dizfuliy (; 1955-yil 1-sentyabr, Dizful) — eronlik davlat arbobi, 2021-yil 8-avgustdan 2024-yil 19-mayga qadar Eronning birinchi vitse-prezidenti. 2024-yil 20-maydan Eron prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchisi.
Bolaligi
Muhammad Muxbir 1955-yilda Dizful shahrida tugʻilgan. Xalqaro huquq va menejment fanlari nomzodi va magistr darajasiga egaMohammad Mokhber snn.ir Retrieved 14 avgusta 2020In the 1990s, Mokhber became the CEO of Dezful Telecommunications in his hometown, then later the deputy governor of Khuzestan Province. [https://www.unitedagainstnucleariran.com/mohammad-mokhber-first-vice-president-of-iran Mohamad Mokhber is going to Execution of Imam Khomeini’s Order] ictna.ir Retrieved 14 avgusta 2020.
Mehnat faoliyati
Eron-Iroq urushi davrida Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusining tibbiy korpusida ofitser boʻlib xizmat qilgan. 2021-yil 8-avgustdan 2024-yil 19-maygacha Eronning birinchi vitse-prezidenti sifatida faoliyat yuritgan.
Prezidentlik
thumb|270px|Muhammad Moxber
2024-yil 19-may kuni Eronning Sharqiy Ozarbayjon viloyatida Eronning oliy rahbarlari uchib ketayotgan vertolyot halokatga uchraydi. Natijasida 6 kishi, jumladan Eron prezidenti Ibrohim Raisiy va mamlakat tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon halok boʻladi. 2024-yil 20-may kuni qonunchilikka asosan Muhammad Muxbir 50 kun muddatga Eron prezidenti vazifasini bajaruvchisi etib tayinlanadi.
Sanksiyalar
2010-yil iyul oyida Yevropa Ittifoqi Muhammad Muxbirni „yadroviy yoki ballistik raketa faoliyati“ masalasiga aloqadorlikda ayblanib, sanksiya qoʻyilgan jismoniy va yuridik shaxslar roʻyxatiga kiritdi. Ikki yildan soʻng u qayd etilgan roʻyxatdan chiqariladiSpecial Report: Khamenei’s conglomerate thrived as sanctions squeezed Iran — Mohammad Mokhber reuters.com Retrieved 16 avgusta 2020.
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1955-yilda tugʻilganlar Turkum:1-sentyabrda tugʻilganlar