Rovshen Abdurahmanovich Muhadov (; 1961-yil 23-sentyabr), turkman futbol murabbiyi va sobiq futbolchisi, hujumchi pozitsiyasida oʻynagan va Turkmaniston terma jamoasini boshqargan. Turkmanistonda xizmat koʻrsatgan murabbiylardan biri. 1994-yil Qozogʻiston Respublikasi sport ustasiBundesliga interesuetsya kazaxstanskim golkiperom Davidom Loriya.
Shaxsiy hayot Ravshan Muhadov 1961-yil 23-sentyabrda Ashxobodda (Turkmaniston SSR) tugʻilgan. Uning ukasi Charyyar ham turkmanistonlik taniqli futbolchi boʻlib, bir muddat Turkmaniston terma jamoasi shtab-kvartirasini boshqargan. Uning oʻgʻli Azat Turkmanistonning „Bolqon“ klubi va Turkmaniston terma jamoasida toʻp surgan.
Oʻyin faoliyati Muhadov mahalliy „Kolxozchi“ (keyinchalik nomini Kopetdogʻga oʻzgartirgan) jamoasida ikkinchi ittifoq ligasida oʻynagan. U Ashxobod klubi safidagi ilk oʻyinini SSSR kubogida 1980-yili Lunchxutining „Guriya“ klubiga qarshi oʻtkazgan, tanaffusdan soʻng zaxiradan maydonga tushganProtokol matchu . U 1982-yilda SSSR ikkinchi ligasida chempionatidagi debyut oʻyinini oʻtkazgan. U koʻp vaqtini Ashxobod klubida oʻynagan, jamoaning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. Sermahsulligi yuqori boʻlgan va 1988-yilgi mavsumda 34 oʻyinda 24 gol urgan.
Muvaffaqiyatli 1988-yilgi mavsumdan soʻng 1989-yilda Muhadov SSSR birinchi ligasidagi Toshkentning „Paxtakor“ klubidan taklif olgan. U Oʻzbekiston klubi safida 35 ta oʻyin oʻtkazib, 8 ta gol urgan. Mavsum yakunida „Paxtakor“ turnir jadvalining oʻrtalaridan joy oldi va oliy ligaga qayta olmadi.
1990-yillarning boshlarida, Muhadov va uning katta ukasi Çaryyar Dushanbening „Pomir“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. Keyinchalik ukasidan farqli oʻlaroq, Tojikiston klubi tarkibida oʻynamagan va Kopetdogʻ klubiga qaytgan„Pamіr“ Dushanbe — 1990.
1990-yillar oʻrtalarida u „Kopetdogʻ“ga qaytib keldi va u bilan 1991-yilda Sovet Ittifoqi parchalangunga qadar Ikkinchi ligada muvaffaqiyatli oʻynagan. Kopetdag jamoasida faoliyatini davom ettirgab Muhadov yana eng yaxshi toʻpurariga aylandi va 1991-yilgi mavsumda 42 oʻyinda 35 ta gol urib, SSSR Bufer ligasining sharqiy zonasida eng yaxshi toʻpurarga aylandi. Kopetdag esa ikkinchi oʻrinni egallaganVixod v vishku. (1991 god) . 1992-yilgi mavsumda klub bilan birgalikda Turkmaniston chempionatida start oldi. Biroq, Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin barcha sobiq ittifoq respublikalari oʻzlarining milliy chempionatlarini oʻtkaza boshladilar. Kopetdogʻ 1992-yilda Turkmanistonning birinchi chempionligini qoʻlga kiritgan.
1992-yilning oktabr oyida Turkmaniston chempionligini qoʻlga kiritgach, Muhadov oʻzini Turkiya chempionatida sinab koʻrishga qaror qildi va mavsum davomida poytaxtning „Genchlerbirligi“ klubida oʻynagan.
1994-yilda Muhadov Qozogʻiston Premyer-ligasining, Semipalatinsk shahrining „Elimay“ klubidan taklif olganIstoriya Semeyskogo futbola . Qozog‘iston klubi tarkibida Muhadov 15 ta gol urib, eng yaxshi toʻpurarlardan biri boʻldi. Mavsum yakunida Qozogʻiston chempioniPFK „YeLIMAY“ g. SYeMIPALATINSK — ChYeMPION KAZAXSTANA 1994 god! va Qozogʻiston sport ustasi boʻlganBundesliga interesuetsya kazaxstanskim golkiperom Davidom Loriya .
1995-yil oʻrtalaridan boshlab u yana Turkiyada quyi liga klublarida oʻynagan. U yerda avvaliga „Impash Yozgatspor“, keyin „Nevshehirspor“ jamoasida oʻynagan. 1997-yilda u Elimayga qaytdi, biroq avvalgi koʻrsatkichlarini takrorlay olmadi. 14 uchrashuvda atigi 1 ta gol urgan. 1998-yilda Muhadov Kopetdogʻga qaytib keldi va u yerda oʻzining oldingi sport formasiga yaqinlashdiPAS IZ-ZA GRANITsI. ChYeMPIONAT TURKMYeNII va yana Turkmaniston chempioni boʻlgan. 1998-1999-yilgi mavsumda Ashxobod klubi safida yana Turkmaniston chempioni boʻldi va shundan soʻng futbol maydonlarida oʻynashni tugatgan.
Xalqaro martaba Muhadov Turkmaniston terma jamoasida oʻynagan. U Turkmaniston terma jamoasining birinchi oʻyinida Olmaotada Qozogʻistonga qarshi maydongga tushgan va 0:1 hisobida magʻlub boʻlganKazaxstan — Turkmeniya — 1 : 0 01.06.1992 .
Milliy terma jamoa tarkibida Muhadov 1994-yilda Yaponiyada boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida ishtirok etgan. 1992-yildan 2000-yilgacha terma jamoa safida jami 12 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urgan.
Murabbiylik faoliyati Muhadov murabbiylik faoliyatini, futbolchilik faoliyatini yakunlagan paytda boshlagan. Faoliyati yakunlaginidan soʻng „Nisa“ klubi va Turkmaniston terma jamoasini boshqargan. Bu lavozimlarda u bir yildan kamroq vaqt ishlagan.
2003-2007-yillarda mamlakat olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ishlagan. Ayni paytda yoshlar terma jamoasida ham murabbiylik qilgan.
2010-yilda Muhadov bir muddat „Ahal“ klubini boshqargan. 2011-yil sentyabr oyida Muhadov Pro murabbiylik litsenziyasini oldi. Bu unga dunyoning istalgan mamlakatidagi terma jamoalar va klublarni boshqarish huquqini beradiDva futbolnix trenera iz Turkmenistana poluchili litsenziyu kategorii PRO.
2012-yildan 2013-yilgacha Muhadov mamlakat yoshlar terma jamoasiga ustozlik qilgan va u bilan 2012-yilda Turkmaniston prezidenti kubogini qoʻlga kiritganOpredelilis soperniki turkmenskix futbolistov v Kubke Sodrujestva-2013.
2016-yilda Turkmaniston U-16 terma jamoasi yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ishlagan„Ertangi kun sporti“. Rovshan Muxadov: „Turkmanistonda futbol rivojlanmoqda“ . Muhadov Turkmanistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy unvoniga egaNakanune mejdunarodnogo turnira .
2021-yil 12-mart kuni Muhadov Turkmaniston milliy futbol terma jamoasiga murabbiy boʻlganGlavnim trenerom sbornoy Turkmenistana po futbolu naznachen Rovshen Muxadov.
Manbalar
Turkum:1961-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ashxobodlik kishilar Turkum:Ashxobodlik futbolchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Turkmanistonlik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:CSKA Pomir Dushanbe futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Kopetdag futbol klubi futbolchilari Turkum:Turkiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Qozogʻistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Turkmanistonlik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Turkiya Super Ligasi futbolchilari Turkum:Turkmaniston futbol murabbiylari Turkum:Turkmaniston milliy futbol terma jamoasi murabbiylari Turkum:Gençlerbirliği S.K. futbolchilari Turkum:FC Yelimay futbolchilari Turkum:Yozgatspor futbolchilari Turkum:FC Nevshehirspor futbolchilari Turkum:FC Nisa klubi futbolchilari Turkum:FC Nisa Aşgabat murabbiylari Turkum:FC Ahal klubi murabbiylari