Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali — 2019-yildan boshlab har ikki yilda bir marta Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan festival. 2018-yil noyabr oyida Oʻzbekiston Prezidentining Surxondaryoga tashrifi chogʻida uning taklifi bilan ushbu festivalni anʼanaviy oʻtkazish rejalashtirilgan. Festivaldan koʻzda tutilgan maqsad sharq xalqlari folklor sanʼatining yetakchi janrlaridan biri boʻlgan baxshichilikni keng targʻib qilish, folklor anʼanalari va qadriyatlarini rivojlantirish va uni chuqurroq oʻrganishga qaratilgan. Baxshichilik va dostonchilik tarixi, ularning ijodini mukammal oʻrganish, xalq ogʻzaki ijodiga oid asarlarni toʻplash, baxshi-shoir, oqin va jirovlar ijodining sharq madaniyati va sanʼatidagi oʻrni hamda ahamiyatini yanada oshirishdan iborat.

Festival jarayoni 2019-yili ilk bor Surxondaryo viloyati Termiz shahrida boʻlib oʻtgan festivalda 74 ta mamlakatdan 160 dan ziyod vakil qatnashgan.

Ushbu festival doirasida ilmiy-amaliy konferensiyalar ham tashkil etilgan. Xususan, 2021-yil Nukusda „Baxshichilik sanʼatining jahon madaniyati sivilizatsiyasida tutgan oʻrni“ mavzusida konferensiya oʻtkazilgan.

Mukofotlanganlar roʻyxati Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalida mukofotlanganlar roʻyxati 2023-yil Egallagan oʻrniIsmi-familiyasiQaysi davlatdanMukofotlar (AQSH $)Gran priIlhom NorovOʻzbekiston70001-oʻrinSariyev Garyagdi

Salamat Ayapov

Sandan Ares

Risbay IsakovTurkmaniston    

Qoraqalpog‘iston

Rossiya

Qirg‘iziston2500

2500

2500

25002-oʻrinRasulbek Abduraxmonov

Nugzar Kavtaradze

Sarvar Sabri Kamal

Yaroslav Dmitrov XristovO‘zbekiston

Gruziya

Hindiston

Bolgariya1750

1750

1750

17503-oʻrinDilmurod Gulmurodov

Serik Jaqsiqulov

Erdane Vat Yesun

Shin Ja SunO‘zbekiston

O‘zbekiston

Mongoliya

Koreya1250

1250

1250

1250

Manbalar

Turkum:Tanlovlar Turkum:Festivallar Turkum:Folklor Turkum:Oʻzbekistondagi festivallar‎

Havolalar