Leonid Ivanovich Jabotinskiy (; 1938-yil 28-yanvar — 2016-yil 14-yanvar) ukrainalik ogʻir atletikachi. Super ogʻir vazn toifasida 19 ta jahon rekordini oʻrnatgan. 1964 va 1968-yilgi olimpiya oʻyinlarida oltin medallarni qoʻlga kiritgan.
Tarjimai holi Leonid Jabotinskiy Sumi viloyatining Uspenka qishlogʻida kazak oilasida tugʻilganJabotinskiy, Leonid Jabotinskiy. . Uning otasi Ivan Filippovich sportchi boʻlsa-da, Leonid 1967-yilda bergan intervyusida bobosiga qiziqib sportni tanlaganini va ota-onasining hech biri yaxshi jismoniy formaga ega emasligini aytib oʻtgan. Bolaligini Zaporojyeda oʻtkazgan. Ytti yillik oʻrta maktabni tugatgach, Xarkov traktor zavodida ishlagan va Qurolli Kuchlar sport jamiyatining Mixail Svetlichniy murabbiyligidagi ogʻir atletika klubida sport bilan shugʻullana boshlagan. 1964-yilda Jabotinskiy Xarkov pedagogika institutini tamomlagan. 1970-yilda pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini himoya qilgan. Sportdagi faoliyatini yakunlagandan soʻng, Sovet Armiyasidada ogʻir atletikachilarga ustozlik qilgan. 1991-yilda polkovnik unvonini olgan. 1987-1991-yillarda Madagaskarda harbiy maslahatchi va ogʻir atletika boʻyicha murabbiy boʻlib ishlagan. Shundan soʻng, Rossiyadagi birinchi xususiy oliy taʼlim muassasalaridan biri boʻlgan Moskva biznes va huquq institutining prorektori boʻlgan.
Leonid Jabotinskiy Raisa bilan turmush qurgan. Ruslan va Vilen ismli ikki oʻgʻli bor. Ikkalasi ham ogʻir atletikachiLeonid Jabotinskiy: „Mne ne nado bilo est za desyaterix, chtobi bit rekordi“. . 2016-yil 14-yanvarda Ukrainaning Zaporijjya shahrida 77 yoshida vafot etgan.
Faoliyati Jabotinskiy 1957-yilda Ukraina SSR chempionatida debyut qilgan va debyutidayoq bronza medalini qoʻlga kiritgan. Oʻsha yilning oxirida Jabotinskiy Xarkov pedagogika institutiga oʻqishga kirgan va 1964-yilda oʻqishni tamomlagan. 1968-yilda Mexiko shahrida boʻlib oʻtgan yozgi olimpiada oʻyinlarining ochilish marosimida SSSR bayroqdori boʻlgan. Boshqa mamlakatlar bayroqdorlari bayroq koʻtarish uchun ikki qoʻlidan foydalansa, Jabotinskiy davlati bayrogʻini bir qoʻlda koʻtarib chiqqan. 1963-1974-yillar oraligʻida Leonid super ogʻir vazn toifasida 19 ta jahon rekordini oʻrnatgan. 1964 va 1968-yilgi olimpiadalarda oltin medallarni qoʻlga kiritganLeonid Zhabotinsky. . 1965—1991-yillarda Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi aʼzosi boʻlgan.
Manbalar
Turkum:Polkovniklar (SSSR) Turkum:Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari Turkum:Jukov medali sohiblari Turkum:Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzolari Turkum:2016-yilda vafot etganlar Turkum:1938-yilda tugʻilganlar