Bredford katta masjidi yoki Al-Jamiya Suffa-Tul-Islom Katta masjidi Angliyaning Gʻarbiy Yorkshire shtatidagi Bradford shahrida joylashgan eng katta masjiddir.

U 1983-yilda tashkil etilgan, qurilish ishlari 2002-yilda boshlangan va 2012 yoki 2014-yilda ochilgan. Masjidda 8000 namozxon namoz oʻqishi mumkin, shu sababli ham, mazkur masjid Buyuk Britaniyadagi eng yirik masjidlardan biri hisoblanadi. Masjid Bradfordning Little Horton hududidan oʻtgan Bradford „Alp“ temir yoʻlining bir qismi boʻlgan temir yoʻl kesishmasida qurilgan. 4 million funt sterlingdan ortiq summaga moliyalashtirilgan masjid qurilishi mahalliy xayriya hisobidan qoplangan. 2019-yilda qoʻshimcha binolar qurilishi boshlangan.

Telegraph & Argus nashri uni „shahardagi eng kuchli arxitekturaga ega diniy binolardan biri“ deb atagan.

2018-yilning noyabr oyida masjid Islom paygʻambari Muhammad xotirasiga tinchlik marshini uyushtirgan. 2020-yil mart oyida, COVID-19 pandemiyasi davrida masjidda 600 ga yaqin kishi ishtirok etgan dafn marosimi COVID-19 tarqalishi bilan aloqador boʻlgan. Manbalar

Havolalar

Turkum:Brandford Turkum:Angliyadagi masjidlar