thumb| Amy Harris-Willock Karib dengizi goʻzali, Buyuk Britaniya 2015-yil

Amy Harris-Willock (1987-yil 14-sentyabrda Birmingemda tugʻilgan) — uzunlikka sakrash musobaqalarida ishtirok etadigan antigualik boʻlgan ingliz sportchisi. Amy Harris Miss Caribbean UK tanlovining sobiq sovrindori.

Yengil atletika faoliyati Oʻzining tugʻilgan ismi Amy Harris va Buyuk Britaniya yengil atletika federatsiyasining aʼzosi boʻlib, u 2004-yilda Viktoriya shtatining Bendigo shahrida boʻlib oʻtgan Hamdoʻstlik yoshlar oʻyinlarida uzunlikka sakrash boʻyicha natija bilan oltin medalni qoʻlga kiritgan. 2005-yilda Litvaning Kaunas shahrida boʻlib oʻtgan yengil atletika boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida natija koʻrsatib kumush medalga loyiq koʻrilgan.

U 20 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasida 2006—2012-yillarda sakrash bilan ochiq maydonlarda yengil atletika boʻyicha Angliya chempionatida gʻolib boʻlgan. Amy Birchfield Harriers yengil atletika sport klubi tarkibida shugʻullanadi.

Harris 2008-2012-yillarda Florida shtati universitetida kurslarda qatnashgan va shu vaqt ichida Florida shtati Seminollari va Birchfild Harriers sport jamoalari tarkibida sport bilan shugʻullangan. 2010-yilda u Birmingemdagi Buyuk Britaniya chempionatida kumush va Geytsxeddagi yengil atletika boʻyicha Angliya chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan.

U 2012-yilda ochiq va yopiq maydonlarda oʻtkazilgan Atlantika sohilidagi konferensiya musobaqasida uzunlikka sakrash boʻyicha chempioni boʻlgan. U musobaqada natija koʻrsatgan bu unga Florida shtatidan toʻrtinchi uzunlikka sakrash boʻyicha chempionlik unvonini bergan.

2014-yilda bobosi Etel Nathaniel Willock 2010-yilda vafotigacha Bolansda yashagan Harris merosini tan olish uchun Antigua va Barbuda fuqoroligini qabul qilgan va Antigua va Barbuda Atletika Assotsiatsiyasining aʼzosiga aylangan. U uzunlikka sakrash boʻyicha milliy rekordchi hisoblanadi. Amy 2014-yilgi Hamdoʻstlik oʻyinlarida uzunlikka sakrash yoʻnalishi boʻyicha qatnashgan.

Miss Karib dengizi Buyuk Britaniya 2015 Amy Harris-Willock 2015-yilgi Miss Caribbean UK tanlovida ishtirok etgan va gʻolib chiqgan. U 2015-yil 25-iyul kuni Birmingemda boʻlib oʻtgan tanlovning toʻrtta finalchisi orasidan tanlab olingan. Keyin u Birlashgan Qirollik boʻylab oʻn oltita boshqa nomzodlar qatoriga qoʻshildi va 5-dekabr kuni Shou teatrida boʻlib oʻtgan Grand Final bosqichiga yoʻl olgan yetti kishidan biri boʻlgan.

U AgyeFrance Design kompaniyasining hodimi Frensis Agyapong tomonidan maxsus tikilgan qizil rangli libosda eng yaxshi kechki libos nominatsiyasida gʻolib boʻlgan. Eng soʻnggida u butun tanlovning 2015-yilgi gʻolibi deb eʼlon qilingan.

Manbalar

Turkum:2014-yilgi Hamdoʻstlik oʻyinlarida qatnashgan yengil atletikachilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1987-yilda tugʻilganlar