Yuliya Oleksandrivna Bebko (; []; 1990-yil 11-oktyabrda tugʻilgan), taxallusi Yuliya Sanina ()) ukrainalik qoʻshiqchi va Ukrainaning The Hardkiss alternativ rok guruhining bosh vokalisti.

Hayoti Yuliya Sanina 1990-yil 11-oktabrda Sovet Ittifoqi tarkibidagi Ukraina SSRning Kiyev shahrida musiqachilar oilasida tugʻilgan. U uch yoshida ilk marta sahnaga chiqqan, uning qoʻshigʻiga otasi rahbarlik qilgan ansambl tomonidan musiqa kuylangan. Oxir-oqibat u yakkaxon vokalchi, shuningdek, bolalar guruhi va jazz big-band aʼzolaridan biri sifatida sahnaga chiqa boshlagan.

2005-yilda Yuliya Sanina Jazz va estrada sanʼati musiqa maktabini tamomlagan. Keyinchalik u Taras Shevchenko nomidagi Kiyev Milliy universitetining filologiya fakultetiga oʻqishga kirgan va 2013-yilda folklorshunoslik boʻyicha magistrlik darajasini qoʻlga kiritgan . Kollejda oʻqib yurgan chogʻida jurnalistikaga qiziqishi ham ortgan.

2006-yildan 2008-yilgacha u Sister Siren guruhida vokalist sifatida faoliyat olib borgan.

2011-yil sentyabr oyida Yuliya Sanina va musiqiy prodyuser Valeriy Bebko rus tilida qoʻshiqlar ijro etgan Val & Sanina pop duetini yaratishgan. Ular eksperimental videoklip va bir nechta qoʻshiqlar yozishadi, ulardan biri Sevgi keldi (; matn: Robert Rojdestvenskiy, musiqa: Raimonds Pauls) qoʻshigʻidir.

Koʻp oʻtmay, ular sahnadagi imidjlarini yaxshilaydilar va guruh nomini The Hardkiss ga oʻzgartirishadi. Keyinchalik ingliz tilida qoʻshiq kuylashni boshlaydilar. 2011-yil kuzida guruh bir nechta yangi qoʻshiqlarni chiqaradi va Bobil debyut videoklipi yoziladi. 2011-yil oktyabr oyining oxirida The Hardkiss Britaniyaning Hurts guruhidan ilhomlanib faoliyat boshlaydi. Oʻsha yilning oxirida ular Men bilan raqs nomli yana bir videoklipni chiqaradilar, mazkur videoklip hatto yetakchi musiqa kanallarida ham namoyish etilgan. thumb|240x240px| Mariupoldagi MRPL City 2017 festivalida Hardkiss 2012-yil fevral oyida ular Sony BMG yorligʻi bilan shartnoma imzolaydilar. Guruh tezda mashhurlikka erisha boshlaydi va Ukrainada, shuningdek, boshqa xorijiy mamlakatlarda ham bir nechta mukofotlarga sazovor boʻladi. 2014-yilda Yuliya Sanina YouTube kanaliga oʻz hayoti va guruhning sahna ortidagi faoliyati haqida videobloglarni yuklay boshlaydi. 2016-yilda Yuliya Sanina X Factor Ukraina koʻrsatuvining yettinchi seriyasida toʻrtta hakamdan biri sifatida ishtirok etadi.

Yuliya Sanina Liverpulda oʻtkazilgan Eurovision 2023 tanlovini Alesha Dixon va Hannah Waddingham juftligiga qarshi Graham Norton bilan birgalikda finalda ishtirok etgan.

2023-yilda Yuliya Sanina 2023-yilning sentyabr oyidan boshlanadigan Ukraina ovozi koʻrsatuvining oʻn uchinchi mavsumida murabbiy boʻlishi eʼlon qilingan.

Shaxsiy hayoti Yuliya Sanina 2011-yilda Ukraina uslubidagi anʼanaviy toʻyda, kreativ prodyuser va The Hardkiss guruhining bosh gitarachisi Valeriy „Val“ Bebkoga turmushga chiqqan. Er-xotin 2009 yoki 2010-yillarda Sanina MTV Ukraina koʻrsatuvining prodyuseri boʻlgan Bebko bilan intervyu qilingan vaqtda tanishishgan, lekin 2014-yilgacha ularning munosabatlari oshkor qilinmagan. Er-xotinning birinchi farzandi Danilo 2015-yil 21-noyabrda tugʻilgan.

Kiyinish uslubi Yuliya Sanina oʻzining kiyimlariga katta eʼtibor qaratadi. Slava Tschaika va Vitaliy Datsiuk kabi stilistlar The Hardkissning aʼzolari uchun liboslar yaratadilar. Guruh shuningdek, yosh dizaynerlar (Ivanova, Bex, Nadiya Dziak, Anouki Bicholla va boshqalar) bilan ham yaqindan hamkorlik qiladi. Yuliya Sanina Alexander McQueen, Vivienne Westwood va Gareth Pugh kabi dizaynerlarning faoliyatiga qiziqadi. Kundalik hayotda u Diesel, H&M, Topshop singari kiyim-kechak kompaniyalarining liboslarini kiyishni afzal koʻradi. Manbalar

Havolalar

The HARDKISS Vlog

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1990-yilda tugʻilganlar Turkum:Ukrain rok qoʻshiqchilari Turkum:Kiyevlik musiqachilar Turkum:Kiyev universiteti bitiruvchilari Turkum:21-asr ukrain ayol qoʻshiqchilari Turkum:Taras Shevchenko nomidagi Kiyev milliy universiteti bitiruvchilari