„V minutu pesni ne porvis, struna...“ (; — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov yozgan sheʼrlarning ruscha tarjimalaridan iborat toʻplam. 1986-yil Moskva shahrida „Xudojestvennaya literatura“ nashriyotida rus tilida chop etilgan. „V minutu pesni ne porvis, struna...“ Vohidovning bugunga qadar rus tilida chop etilgan eng mukammal sheʼriy toʻplamidir.

Ruscha toʻplam kirish soʻzini Robert Rojdestvenskiy yozgan. Toʻplamga asosan Vohidovning oʻzbek tilida chop etilgan „Tong nafasi“, „Yurak va aql“ va „Mening yulduzim“ toʻplamlariga kiritilgan sheʼrlari hamda „Nido“, „Palatkada yozilgan doston“, „Vafo“, „Jahongir va sartarosh“ va „Ruhlar isyoni“ dostonlari kiritilgan. Sheʼrlarni tus tiliga A. Nalbandyan, H. Ismoilov, N. Panchenko, A. Naumov, Yu. Kazansev, V. Savelyev, T. Kuzovleva, R. Buxoroyeva, R. Kazakova, hamda Aleksandr Faynberglar tarjima qilgan.

Yana qarang Kuy avjida uzilmasin tor

Manbalar

Havolalar „V minutu pesni ne porvis, struna...“ Ziyouz saytida

Turkum:Erkin Vohidov sheʼriy toʻplamlari