Eduard Streltsov stadioni, shuningdek, "Torpedo" stadioni sifatida ham tanilgan, Moskva, Rossiyadagi koʻp maqsadli stadion. Hozirda stadiondan asosan futbol oʻyinlari uchun foydlaniladi va Moskva Torpedosining uy arenasi ham hisoblanadi. Dastlab 1959-yilda qurilgan stadion hozir 13450 kishiga moʻljallangan.

1996-yildan beri stadion Moskvaning „Torpedo“ klubining sobiq oʻyinchisi va Sovet Ittifoqining eng mashhur futbolchilaridan biri boʻlgan Eduard Streltsov sharafiga nomlangan. Toʻgʻridan-toʻgʻri klubga tegishli boʻlmaganiga qaramay, stadion koʻpincha „Torpedo stadioni“ deb ataladi va u 2018-yilda rasmiy ravishda qayta roʻyxatdan oʻtgan.

Stadion 2022-yilda buzib tashlangan va qayta qurilish ishlari boshlangan. 2025-yilda tugallanishi kutilayotgan stadionda sigʻimi 15 076 kishini qamrab oladihttps://xn--90aiqw4a4aq.xn--p1ai/news/vladimir-volkov-proveril-rekonstrukciyu-stadiona-torpedo-v-lyubercah.

Yangi stadion Franisyaning MR&A loyihalash ofisining ikki arxitektori Mishel REMON va Aleksis PEYER tomonidan ishlab chiqilgan.

Manbalar

Turkum:Moskvadagi sport maydonlari Turkum:Rossiya stadionlari Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda