Samarkand Airways (, ) — Oʻzbekistonda joylashgan, yoʻlovchi va yuk tashish boʻyicha charter reyslarini amalga oshiruvchi aviakompaniya. Aviakompaniya 2005-yilda AQShning Kentukki shtatida joylashgan Amerika-Oʻzbekiston qoʻshma korxonasi sifatida tashkil etilgan. Flot uchun samolyotlarni bosh kompaniya boʻlgan — Universal Mobility Solutions taʼminlab berdi. Aviakompaniya Toshkentdan muntazam ravishda doimiy yuk tashish yoʻnalishini yoʻlga qoʻyishni rejalashtirgan edi. 2008-yilda esa Dushanbega Ilyushin Il-76 va Antonov An-12 samolyotlaridan foydalanish rejalashtirilgan boʻlsa-da, bunday yoʻnalish amalda yoʻlga qoʻyilmadi. Yoʻlovchilar uchun charter reyslar Tupolev Tu-154, Yakovlev Yak-40 va Avro RJ-85 samolyotlarida amalga oshirilgan. Charter yuk tashish parvozlari esa Antonov An-26 samolyotidan foydalanilgan holda bajarilgan.
Aviakompaniya rasman mavjud boʻlsa-da, uning veb-sayti yoʻq va u faoliyat yuritmayapti.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Oʻzbekiston aviakompaniyalari Turkum:2005-yilda tashkil etilgan aviakompaniyalar Turkum:2017-yilda faoliyati tugatilgan aviakompaniyalar Turkum:Faoliyatini to‘xtatgan charter aviakompaniyalari