Kelly Sildaru (; 17-fevral 2002-yil, Tallin) – estoniyalik fristayl sportchisi (hafpayp (half-pipe), sloupstayl, big-eyr va superpayp yoʻnalishlariga ixtisoslashgan), hafpayp boʻyicha 2019-yilgi jahon chempioni, sloupstayl boʻyicha 4 karra X-Games gʻolibi. Sloupstayl boʻyicha 2020-yilgi oʻsmirlar qishki Olimpiya oʻyinlari chempioni. Sloupstayl boʻyicha 2022-yilgi Olimpiya oʻyinlari bronza medali sovrindori. thumb| Kelly Sildaru, 2020-yil thumb| Kelly Sildaru, 2020-yil Faoliyati 2017-yil yanvar oyida qishki Jahon ekstremal oʻyinlarida sloupstayl boʻyicha ikkinchi oltin medalini (oʻsmirlar orasida) qoʻlga kiritadi. 2018-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlarida Estoniya sharafini himoya qilishi kerak boʻlgan, biroq tizzasidan olgan jarohati tufayli musobaqani oʻtkazib yuborishga majbur boʻladi. 2019-yilda fristayl va snoubord boʻyicha jahon chempionatida Sildaru oʻzining ilk oltin medalini hafpaypda qoʻlga kiritadi. Oʻz vatanida 2019-yilda Estoniyaning eng yaxshi sportchisi deb topilgan. 2020-yil 18-yanvarda Lozannada oʻtkazilgan qishki oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlarida sloupstayl boʻyicha 93,75 ball toʻplagan holda oltin medalni qoʻlga kiritgan. Oʻsha yili qishki Jahon ekstremal oʻyinlarida u superpayp va sloupstayl yoʻnalishlarida ikkita oltin medalni qoʻlga kiritadi. 2022-yilda qishki Butunjahon ekstremal oʻyinlarida superpayp yoʻnalishi boʻyicha oltin medalni qoʻlga kiritadi. 2022-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlari Olimpiya oʻyinlari ochilishida Sildaru Martin Himma bilan birga Estoniya terma jamoasining bayroqdori etib tanlangan va musobaqa yopilishda ham bayroqdor boʻlgan. Sildaru big-eyr musobaqasining finaliga chiqa olmaydi, saralashda jami 125,50 ball toʻplagan holda oʻn yettinchi oʻrinni egallaydi. 15-fevral kuni sloupstaylda 82,06 ball toʻplagan holda bronza medali sohibasiga aylanadi. 18-fevral kuni hafpayp musobaqasining finalida 87 ball toʻplagan holda toʻrtinchi oʻrinni egallaydi. Natijalari Olimpiya oʻyinlari Oʻrni Sanasi Oʻtkazilgan joyi Yoʻnalishi Gʻolib 2022- yil 15- fevral Pekin sloupstayl — Yoshlar Olimpiya oʻyinlari Oʻrni Sanasi Oʻtkazilgan joyi Yoʻnalishi Gʻolib 2020-yil 18 yanvar Lozanna sloupstayl — Jahon chempionati Oʻrni Sana Manzil Koʻrinish Gʻolib 2019-yil 9 fevral Park Citiy Xafpayp — Qishki X-Games 9 medal: 6 oltin, 2 kumush, 1 bronza Yil Yosh Slopupstayl Superpayp Big-eyr 2016 13 oltin — — 2017 14 oltin — kumush 2018 15 jarohati tufayli oʻtkazib yuborgan 2019 16 oltin kumush bronza 2020 17 oltin oltin — 2022 19 — oltin —

Mukofotlari 5 marta Estoniyaning eng yaxshi yosh sportchisi (2016, 2017, 2018, 2019, 2020). 2 marta Estoniyada yilning eng yaxshi sportchisi (2019, 2022). AQSh sport akademiyasiga koʻra yilning eng yaxshi sportchisi (2019). Davlat mukofotlari 3-darajali Oq Yulduz ordeni sohibasi (2022) . Oilasi Tõnis Sildaru Sildaruning otasi va murabbiyi Ukasi Henry Sildaru fristayl, sloupstayl boʻyicha 2019-yilda Estoniya chempioni Sportdan tashqaridagi faoliyati 2022-yil 20-mayda Sildaru Dream Gap tomonidan uning koʻrinishida yasaladigan Barbie qoʻgʻirchogʻi loyihasining Estoniyadagi birinchi vakili boʻlganligi maʼlum boʻladi. Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2002-yilda tugʻilganlar Turkum:17-fevralda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar