Vera Fisher (1925-yil 27-yanvar, Zagreb – 2009-yil 14-iyul, Zagreb) xorvatiyalik ayol akademik haykaltarosh Ha-Kol (Glasilo Židovske zajednice u Hrvatskoj); In Memoriam – Vera Fischer; stranica 62; broj 110, lipanj / srpanj / kolovoz 2009..

Hayoti Vera Fisher 1925-yil 27-yanvarda Xorvatiyaning hozirgi poytaxti Zagreb shahrida yahudiy oilasida tugʻilgan. Uning otasi Zagrebning Paromlin shahrida ishlagan va Vera Fisher oilasi bilan Paromlindagi kvartiralarda yashagan. Biroq, oila u yerda uzoq vaqt qolmagan, lekin Vera Fisherning soʻzlariga koʻra, uning tugʻilgan joyi haqidagi xotiralar uning hayolotida abadiy saqlanib qolgan. Vera Fisherning otasi u bir yoshidaligida vafot etgan. Shu sababli, u bobosi va buvisi hamda onasi Latika (qizlik ismi Klein) qoʻlida tarbiyalangan Ha-Kol (Glasilo Židovske zajednice u Hrvatskoj); Nataša Maksimović Subašić; Vera Fischer – Ljubav prema životu i toleranciji; stranica 16, 17; broj 112, studeni / prosinac 2009.. Ikkinchi Jahon urushi paytida, yahudiy boʻlganligi uchun Italiya boshqaruvi ostidagi Rab va Kupari lagerida internatsiya qilingan. Italiya taslim boʻlganidan keyin Vera Fisher Xorvatiyadagi Milliy Ozodlik Harakatiga qoʻshilgan. 1951-yilda Vera Fisher Zagreb universitetining Tasviriy sanʼat akademiyasini professor Vanya Radush qoʻl ostida tamomlagan. U Xorvatiyada va xorijda koʻplab shaxsiy va guruh koʻrgazmalarida ishtirok etgan, masalan, 1952-yilda Xorvatiya rassomlar uyushmasining 8-chi koʻrgazmasida birinchi marta ommaviy chiqish qilgan. 1962-yilda Zagrebdagi Xorvatiya rassomlar uyushmasi salonida oʻz shaxsiy koʻrgazmasini oʻtkazgan. 2002-yilda Vera Fisher avtobiografik koʻrgazma tashkil etgan. 1952-yildan Vera Fisher Xorvatiya rassomlar uyushmasining aʼzosi boʻlgan. 1997-yilda Xorvatiya Prezidenti Franjo Tuđman Fisherni Marko Marulićning yuzi tasvirlangan Danica Hrvatska ordeni bilan taqdirlagan. U Zagrebdagi yahudiy jamiyatining faol aʼzolaridan biri boʻlgan. Vera Fisher hayoti davomida ijodi yetarlicha baholanmagan rassomlardan biridir va bugungi kunda ham uning ijod mahsullari adolatsiz ravishda chetga surilib, unutilib ketmoqda.

Vafoti Vera Fisher 2009-yil 14-iyulda Zagrebda vafot etgan va Mirogoj qabristoniga dafn qilingan Gradska groblja Zagreb: Vera Fischer, Mirogoj Ž-119-II-285. Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:2009-yilda vafot etganlar Turkum:1925-yilda tugʻilganlar Turkum:Zagreblik sanʼatkorlar Turkum:Xorvatiyalik ayol haykaltaroshlar Turkum:Yahudiy haykaltaroshlar Turkum:Xorvatiyalik yahudiylar