Aleksandr Hartmann Bah (9-dekabr 1997-yilda tavallud topgan) – Daniyalik professional futbolchi, u Primeira Liga klubi boʻlgan Benficada va Daniya milliy jamoasida toʻp suradi.
Futbolchi hayoti Bah Daniyaning Funen orolidagi Årslevda tugʻilgan, kelib chiqishi Daniyalik va Gambiyaliklar bilan bogʻliq. Oʻz oʻqishini Ikast shaxridagi ISI Idrætsefterskoleda boshladi, u yerda u mahalliy Ikast FS jamoasi tarkibida oʻynadi.
Klubdagi faoliyat
Faoliyatini boshlanishi Bah futbol karyerasini mahalliy klub Aarslev Boldklubda boshladi, u yerda u B 1913 jamoasiga qoʻshilgunicha boʻlgan oʻn yil muddat ichida oʻynadi. U uch yil oʻtgach, 2013-yilning bahorida Næsby Boldklub klubiga qoʻshildi, chunki klub Bahga oʻxshagan yosh isteʼdot egalarini yigʻishi va ularni yaxshi futbolchi qilib yetishtirishi bilan mashhur edi. Bundan tashqari, uning yoshlik murabbiyi Andreas Bech ham Næsby Boldklubga oʻtdi, bu ham Bahning bu klubni tanlashiga muhim omil boʻldi. 2014—2015-yillarda Ikastdagi ISI Idrætsefterskoleni tugatganidan soʻng, u Næsbyga qaytdi .
Næsby Boldklub Bah 2016-yilning bahorida Næsby Boldklub klubining asosiy tarkibida oʻynay boshladi va muhlislarda yaxshi taʼsurot uygʻotdi. U mavsumning birinchi uch oʻyinida zahiradan maydong atusha boshladi, bu bilan u ikkinchi tarkib oʻyinchisi vazifasida qolib ketayotgandi. U 2016-yil 2-aprel kuni Avarta jamoasiga qarshi oʻzining toʻrtinchi oʻyinida birinchi marta asosiy tarkibda maydonga tushdi va Næsby oʻz uy stadioni boʻlgan ALPI Arena Næsbyda 4-0 hisobida zafar quchdi. U 2016-yil bahorida asosiy tarkib oʻyinchisi sifatida maydonga tusha boshladi, u Daniya ikkinchi diviziyasida jami 16 marta maydonga tushib, oltita golli uzatmani oʻz hisobiga yozdirib qoʻydi.
HB Køge 2016-yilning avgust oyida Bah HB Køge jamoasiga transfer qilinganini eʼlon qilindi va u klub bilan uch yillik shartnoma imzoladi. Bah klub safidagi debyutini Daniya kubogida jamoaning asosiy tarkib oʻyinchisi sifatida oʻtkazdi, jamoasi 0-2 hisobida Karlslunde IF ustidan gʻalaba qozongan oʻyinda 60-daqiqagacha jamoasi uchun maydonda harakat qildi, undan soʻng oʻrnini Ahmed Hassanga boʻshatib berdi. 2017-yil noyabr oyida u hakamlar hayati tomonidan „Yilning talanti“ deb topildi, shuningdek, „Danske Bank mukofoti“ga ham sazovor boʻldi.
SønderjyskE 2018-yil 7-avgust kuni Bah Daniya Superliga klubi hisoblangan SønderjyskE bilan besh yillik shartnoma imzoladi. U klubga oʻng qanot hujumchisi sifatida kelgan, ammo oʻng qanot xujumdan ham koʻra orqaroqda koʻproq yaxshi oʻyin koʻrsatgan, bu use uni, SønderjyskEni Daniya kubokining qoʻlga kiritishiga va Daniya milliy jamoasida xalqaro musobaqalarda asosiy tarkibda maydonga tushishiga katta hissa qoʻshdi.. U 2020-yil noyabr oyida Superliganing oy oʻyinchisi nomzodlari orasida edi, ammo mukofot Brøndby IF klubi aʼzosi Jesper Lindstrøm berildi.
Benfica 2022-yil 7-iyun kuni Bah Primeira Liga jamoasi Benfica bilan 8 million yevrolik evaziga besh yillik shartnoma imzoladi va klubda oʻzining sobiq jamoadoshi boʻlgan Petar Musa bilan bir safda toʻp sura boshladi. U klubda 5-avgust kuni debyutini qildi, Gilbertoning oʻrniga 63-daqiqada Primeira Liga doirasidagi Arouca ustidan mehmondagi gʻalabada Rafa Silvaga golli uzatma beradi va oʻyinni 4-0 hisobida yakunlanishiga sababchi boʻladi.
Futbolchining statistikasi
Klub +Klub, mavsum va musobaqa boʻyicha koʻrinish va gollarKlubMavsumLigaMilliy KubogLiga kubogiKontinentalBoshqaUmumiyLigaOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarNæsby2015–16Daniya ikkinchi diviziyasi16000———1602016–17Daniya ikkinchi diviziyasi1000———10Umumiy17000———170HB Køge2016–17Daniya birinchi diviziyasi27440———3142017–18Daniya birinchi diviziyasi30331———3342018–19Daniya birinchi diviziyasi2100———21Umumiy59871———669SønderjyskE2018–19Daniya Superliga21231——202632019–20Daniya Superliga29150———3412020–21Daniya Superliga12400—10—134Umumiy62781—1020738Slavia Praga2020–21Chexiya birinchi ligasi17130—60—2612021–22Chexiya birinchi ligasi26310—153—426Umumiy43440—21300687Benfica2022–23Primeira Liga2813010100—4212023–24Primeira Liga19230009010322Umumiy473601019010743Umumiy faoliyati22822252104133029827
Xalqaro
+Milliy jamoadagi uchrashuvlar va gollar soniMilliy jamoaYilOʻyinlarGollarDaniya202011202110202240202330Umumiy91 Yutuqlar SønderjyskE
Daniya kubogi: 2019-20
Slavia Praga
Chexiya birinchi ligasi: 2020-21 Chexiya kubogi: 2020-21
Benfica
Primeira Liga: 2022-23 Supertaça Cândido de Oliveira: 2023
Shaxsiy
Daniya 1-diviziyasining Yilning isteʼdodlari: 2017 Chexiya birinchi ligasi mavsum himoyachisi: 2022
Manbalar
Havolalar
Alexander Bah S. L. Benfica saytida
Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Daniyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak qanot himoyachilari Turkum:Ikast FC futbolchilari Turkum:FC Fyn futbolchilari Turkum:Næsby Boldklub futbolchilari Turkum:HB Køge futbolchilari Turkum:Sønderjyske Fodbold futbolchilari Turkum:SK Slavia Prague futbolchilari Turkum:S.L. Benfica futbolchilari Turkum:Primeira Liga futbolchilari Turkum:Daniya Superligasi futbolchilari Turkum:Chexiya birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Daniyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Chexiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Portugaliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari