Fausta Simone Morganti (; 1944-yil 20-avgust – 2021-yil 2 fevral) — San-Marinoning ikki kapitan regentidan biri.

Morganti Chezare Gasperoni bilan birga 2005-yil 1-apreldan 1-oktyabrgacha olti oylik muddatga saylangan.

Morganti San-Marino Kommunistik partiyasi, San-Marino Demokratik progressiv partiyasi, San-Marino Demokratik partiyasi va Sotsialistlar va Demokratlar partiyasining aʼzosi edi. Klara Boskaliya va Marina Reffi bilan birga 1974-yilda u mamlakat parlamentiga saylangan birinchi uchta ayol qatoriga kirgan.

Morganti 2021-yil 2-fevralda San-Marinoda 77 yoshida koronavirus infeksiyasi sababli vafot etgan.

Manbalar

Turkum:2021-yilda vafot etganlar Turkum:2-fevralda vafot etganlar Turkum:1944-yilda tugʻilganlar Turkum:20-avgustda tugʻilganlar