Swaran Lata (Urdu: سوَرن لتا), (1924-yil 20-dekabrdan 2008-yil 8-fevralgacha) Pokistonlik kino aktrisasi.U Britaniya Hindiston kino sanoatida oʻz karyerasini boshladi va keyinchalik Pokistonga koʻchib oʻtdiProfile of actress Swaran Lata on upperstall.com website Retrieved 25 April 2022.U hissiy, fojiali rollarda, kino ekranlarida oʻzini yaxshi koʻrsata olganidan soʻng, "Tragediya qiroli" deb tanilgan. U Bollivud,Pokiston kinolarida ishlagan.
Hayoti Swaran Lata 1924-yil 20-dekabrda Buyuk Britaniyaning Hindiston, hozirgi Pokiston Rawalpindi shahrida Siyal Khatri sik oilasida dunyoga kelganSwaran Lata's Profile Retrieved 25 April 2022.U Dehli Kembridjda óqiydi va keyinchalik Lucknow Musiqa va san'at akademiyasiga óqishga kiradi.1940-yillarning boshida uning oilasi Mumbayga koʻchib oʻtgan.U 1942-yildan 1948-yilgacha Britaniya Hindiston kinosida jami 22 ta filmda ishtirok etdi.
Swaran Lata oʻsha paytda mashhur aktyor, rejissyor va prodyuser Nazir Ahmed bilan turmush qurganidan soʻng Islom diniga kiradi.U oʻz ismini Saeeda Bano deb oʻzgartiradi. Swaran-Nazir juftligi 1947-yilda Hindiston boʻlinishidan oldin va keyin ham bir qator filmlarni yaratdilar.
Film karyerasi Bu Swaranning aktyorliksohasiga qanday kirganligi haqida ajoyib hikoya.Yoshligida ota-onasi vafot etgan va oʻsmirlik davrining koʻp qismini katta ukasi bilan oʻtkazgan Swaran qanday qilib kinoga kirib kelgani haqidagi hikoyani katta ishtiyoq bilan aytib beradi:"Men Hindistonning Lucknow shahridagi kollejda talaba edim. Dehlidan Lucknowga sayohat qilganimda, bir nechta film rejissyorlari bilan koʻrishdim.Ular menga filmlarida roʻyxatdan oʻtishimni sórashdi, ammo men unchalik ham qiziqmadim. Ulardan biri keyin katta akamga taklif bilan bordi va mening eng katta qadamlarimdan biriga u birinchi bólib rozi boʻldi va menga katta imkoniyatlar yaratib berdi"Team of actress Swaran Lata and film director Nazir on Dawn (newspaper) Published 17 Dec 2008, Retrieved 25 April 2022.
Swaran Lata oʻz faoliyatini teatr aktrisasi sifatida boshladi.Uning birinchi filmi - Awaaz 1942-yilda chiqarilgan. Swaran va Nazir 1947-yilda Hindiston boʻlinishi paytida Pokistonga koʻchib oʻtishadi. Ular Mumbayga bor narsasini tashlab, Pokistonning Lahor shahriga koʻchib oʻtishadi.
Swaran Lata Pokistonning birinchi kumush yubiley filmi Pheray (1949) ning asosiy aktrisasi edi.Bu film Panjobcha film edi, ammo u Urdu tili sifatida qulay boʻlgan.Film uchun u Panjobcha tilni Panjob shoiri Baba Alam Siahposh óqib órgangan.
Asosiy aktrisa sifatida Larey (1950), Naukar (1955), Heer (1955) kabilar uning mashhur filmlari edi, qoʻshimcha aktrisa boʻlgan paytida esa Sawaal (1966) uning mashhur filmi bólgan. 1960-yildan boshlab u filmlarda koʻrinishlarini qisqartirib, asosan 1971-yilda iste'foga chiqqanidan soʻng qoʻshimcha rollarga harakat qilib kórgan.
Oʻz hayotida Swaran Hindiston Prithviraj Kapoor va Motilal kabi katta ismlar bilan va Pokiston Santosh Kumar, Darpan, Inayat Hussain Bhatti va Habiblar bilan ishlagan.
Shaxsiy hayoti U aktyor Nazir Ahmed Xon bilan turmush qurdi va u uchta qiz va bitta oʻgʻil farzandli boʻldi. Uning nabirasi Nauman Ijaz ham buvisi kabi sana't sohasini tanlab aktyor boʻldi. Urduwire.com website. Archived from the original on 14 June 2013. Retrieved 25 April 2022..
Oʻlimi Swaran Lata 2008-yil 8-fevral kuni Pokistonning Lahor shahrida 83 yoshida vafot etdi.
Filmografiya
Televideniye namoyishlari YilNomOʻrinTarmoq1983Kumushlik yubileyOʻziPTV
Film YilFilmTil1942AwaazHind tili1943InkarTasveerPratiggyaHeer RanjhaPunjabiIsharaHind tili1944AQShning bir qismiSwarna BhoomiRaunaqRattanGhar Ki ShobhaBadi BaatMaharathi Karna1945PreetLaila MajnuPratimaChand Tara1946Wamaq AzraInsafMaa Baap Ki LaajSham Savera1947Abida1948Gharbar1949SachayUrdu tiliPherayPanjob1950Anokhi DaastanUrdu tiliLarayPanjob1952Bheegi PalkenUrdu tili1953Shehri BabuPunjabi1955XatonUrdu tiliNaukarHeerPanjob1956SabiraUrdu tiliSoteeli Maa1957Noor-e-Islam1959Shama1962Billo JeePanjob1965Azmat-e-IslamUrdu tili1966Sawaal1969Qasm Us Waqt Ki1971Duniya Na Maney
Boshqa koʻrinishlari YilNomOʻrinTarmoq1997Tum Jo Chaho Tu SunoOʻziPTV
Boshqa
Lollywood aktyorlari roʻyxati
Manba
Tashqi havolalar
, IMDb veb-saytida Swaran Lataning filmografiyasi Aktrisa Swaran Lata ning filmografiyasi Complete Index To World Film (CITWF) veb-saytida saqlab qolinmoqda
Turkum:Hindistonlik kino aktrisalari Turkum:XXI asr hind aktrisalari Turkum:Hindistonlik aktrisalar Turkum:XX asr hind aktrisalari Turkum:2008-yilda vafot etganlar Turkum:1924-yilda tugʻilganlar