„Oltin Yulduz“ medali – Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofoti. Oliy nishon. „Oʻzbekiston Qahramoni“ oliy mukofoti belgisi. Qonunga koʻra, unvon davlat va xalq oldidagi qahramonona jasorat koʻrsatish bilan bogʻliq xizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan beriladi.

„Oltin Yulduz“ medali „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvonini belgilash bilan bir vaqtda Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 5-maydagi 1038-XII-sonli Qonuni bilan taʼsis etilgan.

„Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni bilan taqdirlangan shaxslarga oliy mukofot belgisi — „Oltin Yulduz“ medali va unvon berilganligi toʻgʻrisidagi tegishli hujjat — guvohnoma topshiriladi. „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni vafotidan keyin berilgan taqdirda „Oltin Yulduz“ medali va unvon berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma mukofotlangan shaxsning oila aʼzosiga topshiriladi.

„Oltin Yulduz“ medalini tantanali va keng oshkoralik vaziyatida Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti topshiradi. Medalni Prezident nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri topshirishi ham mumkin.

Oliy mukofot belgisi — „Oltin Yulduz“ medali koʻkrakning chap tomoniga koʻkrak nishonlaridan, ordenlardan va medallardan yuqoriga taqiladi. „Oltin Yulduz“ medali boshqa alohida oʻrnak koʻrsatganlik uchun olingan nishonlarni taqib yurish chogʻida orden va medallardan yuqorida, avvalgi „Oltin Yulduz“ medalidan hamda „Oʻroq va Bolgʻa“ oltin medalidan oʻngroqda qadaladi. Plankalardagi lentalarni taqib yurish qoidalari oliy mukofot belgisi — „Oltin Yulduz“ medaliga nisbatan qoʻllanilmaydi.

Davlat mukofotlari bilan taqdirlangan shaxslar umummilliy bayramlar va tantanali tadbirlar vaqtida oliy mukofot belgisi — „Oltin Yulduz“ medalini koʻkragining chap tomoniga taqib yuradi. Taqdirlangan shaxslar medalni boshqa hollarda ham taqib yurishi mumkin.

Tavsifi „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvonini belgilash va oltin nishon — „Oltin yulduz“ medalini taʼsis etish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 5-maydagi 1038-XII-sonli Qonunida „Oltin yulduz“ medalining tasdiqlangan tavsifi quyidagicha yozilgan:

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston medallari