Belkıs Shevket yoki Belkıs Shevket Hanim 1913–yil 1–dekabr kuni samalyotda parvoz qilgan birinchi turk ayoli edi. Shuningdek, u faol jamoat arbobi boʻlgan. Uning bobosi Ali Namik Poshoning vazirlaridan biri edi. U Şevket Beyning qizi boʻlib, Şevket Bey Ata Pashaning oʻgʻli edi, baʼzi manbalarga koʻra esa u bevosita Ata Pashaning qizi boʻlgan. Belkıs Şevket Hanım shuningdek, bolalar murabbiyi, musiqa oʻqituvchisi va yozuvchi sifatida ham faoliyat yuritgan. U ingliz tilini oʻrtacha darajada bilganÖztürk, Yakup. „Kadın Edebiyatı Araştırmalarına Bir Kaynak Olarak Nevsâl-i Millî“ (PDF). ibu.edu.ba. Archived from the original on 14 December 2013. Retrieved January 1, 2021..
Birinchi turk uchuvchi ayoli 1913–yilda Istanbuldagi baʼzi turk ayollari Ikkinchi Konstitutsiyaviy monarxiya eʼlon qilingach,Ayollar huquqlarini himoya qilish jamiyatini tuzdilar.Bu jamiyat tomonidan „Ayollar dunyosi“ nomli jurnal ham nashr etilgan. Belkıs Shevket xonim ushbu jamiyatning faol aʼzosi boʻlib,shu jurnal mualliflaridan biri ediKarabulut, Umut; Doğan, Sema. „İstanbul Semalarında Uçan İlk Türk Kadını: Belkıs Şevket Hanım“. Belgi Magazine, Summer 2015, Vol 1, Issue 10. Retrieved March 16, 2020.. U jamiyat orqali turk ayollarini targʻib qilish, Turk armiyasiga samolyot sovgʻa qilish uchun mablagʻ yigʻish ishlari bilan shugʻullangan.
Parvozga tayyorgarlik Jamiyat aʼzosi boʻlgan Mesadet Bedirhenning turmush oʻrtogʻidan Safrakoʻydagi samolyotda uchish masalasini maktab direktoriga murojaat qilishni soʻradi. Sureyya bek bu iltimosni buzmadi va maktabga bordi. Ammo maktab direktori Veli Bey esa bu masalada mustaqil qarorga kela olmaganini va birinchi korpus qoʻmondonligidan ruxsat olish kerakligini bildirdi.
Shundan soʻng jamiyat birinchi korpus qoʻmondoni oʻrinbosari Jemal Mersinli bilan maslahatlashdi va korpus qoʻmondonidan zarur yozma ruxsat oldi. Olingan ruxsat bilan Belkıs Shevket Hanimning 1913–yil 30–noyabr yakshanba kuni yoki ob-havo mos kelmasa, ertasi kuni parvoz qilishi rejalashtirildi. Biroq yakshanba kuni vaqti-vaqti bilan yogʻayotgan yomgʻir tufayli parvozni amalga oshirib boʻlmadi. Shuning uchun parvoz 1913–yil 1–dekabr dushanba kuniga qoldirildi.
Parvoz voqeasi Belkıs Hanim xayriya kampaniyasini boshlash maqsadida uyushma nomidan kartochkalar tayyorlatdi. Ushbu kartada shunday deyilgan; "Usmonli Mudofaa Jamiyati va Ayollar dunyosi aʼzolari nomidan Usmonli va Islom ayollari sifatida uchib, muhtaram armiyamizga „Ayollar dunyosi“ nomi ostida bir samolyot sovgʻa qilmoqchimiz. 1913–yil 1–dekabr, dushanba kuni uyushma prezidenti va aʼzolari Yeşilkoʻyga joʻnab ketishdi. Ular hududga soat 13:00 atrofida yetib kelishdi. Hududda tomoshabinlar bilan birga mahalliy va xorijiy matbuot vakillari ham bor edi. Belkıs Shevket Hanim uchadigan samolyot Deperdussin turidagi samolyot edi va samolyotni uchuvchi leytenant Fethi Bey boshqarar edi. Samolyotning nomi „Usmonli“ boʻlib, u ustki ochiq kabinali,bitta dvigatelli samolyot edi. Belkıs Shevket Hanim olomonga qisqa nutq soʻzlagach,samolyot tahminan soat 15:14 atrofida havoga koʻtarildi. Shishli, Hurriyat yodgorligi, Üsküdar va Kadikoʻy ustidan taxminan 200 metr balandlikda parvoz amalga oshirildi. Belkıs Shevket Xonim tayyorlagan kartochkalarni uchib ketayotib tomoshabinlar orasiga tashladi. Toʻliq parvoz oʻn besh daqiqa davom etdi.
Natijalar Xayriya kampaniyasi 3 hafta davom etdi va jami 2622 kurush mablagʻ yigʻildi. Kutilgan darajada mablagʻ toʻplanmagan boʻlsa–da,Belkis Shevket xonimning parvozi xorijiy matbuotda katta qiziqish uygʻotdi.Masalan, Germaniyaning Berliner Tageblatt gazetasida bu voqea „eʼtiborga loyiq jasoratli harakat“ sifatida baholangan.
Keyingi eʼtirof Uning surati ayollar jasorati namunasi sifatida Harbiy muzeyda namoyish etilganSafarian, Alexander. „On the History of Turkish Feminism.“ Iran & the Caucasus, vol. 11, no. 1, 2007, pp. 141–151. JSTOR, icproxy.sabanciuniv.edu:2261/stable/25597322. Accessed 1 Jan. 2021..Oʻsha davrda chiqarilgan yangi odekolon uning nomi bilan atalgan.
Manbalar
Havolalar