Lämsänjärvi – Finlandiyaning Oulu shahridagi Oulunsuu tumanida joylashgan kichik koʻl. Koʻlning shimoli-sharqiy tomonida joylashgan jamoat plyaji va gʻarbiy tomonda 1936-yilda qurilgan cherkov tomonidan boshqariladigan lager binosi mavjud. Ilgari koʻl juda sayoz botqoq suvi boʻlgan, ammo 1980-yillarning boshida u chuquqrroq qilib kavlangan va hozirgi koʻrinishiga keltirilgan. Koʻl boʻylab piyodalar va velosipedlar uchun yoʻllari, qishda changʻi va qor avtomobillari uchun yoʻllar oʻtadi. 2014-yilda plyaj suzuvchilar orasida diareya va qusish avj olganidan keyin yopilgan va suv namunalarida norovirus va adenoviridalar borligi tasdiqlangan, ular kichikroq suv havzalarida oson tarqaladi. Suv sifati har yili suzish mavsumi boshlanishidan oldin tekshiriladi. Manbalar

Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Finlandiyadagi koʻllar