Yibal – Ummon Sultonligidagi eng yirik neft koni, sultonlikning ad-Dahira gubernatorligida, Maskatdan 360 km janubi-gʻarbda joylashgan. Ushbu kon 1968-yildan neft ishlab chiqarishni boshlagan, eng yuqori koʻrsatkichi bir kunda 250,000 bochka ( boʻlgan. Soʻnggi yillarga kelib ushbu kon faoliyatida susayish kuzatila boshlagan, eng past koʻrsatkich 2005-yilda kunlik 88,000 bochka ( boʻlgan. Yibal neft koni, asosan, Petroleum Development Oman tomonidan boshqariladi.
Yibal Khuff loyihasi Buyuk Britaniyada joylashgan Petrofac kompaniyasi 2015-yilda shartnoma asosida yirik Yibal Khuff loyihasini ishlab chiqishni oʻz zimmasiga olgan. Kompaniya oʻsha vaqtdagi shartnoma qiymatini 900 million dollar atrofida ekanligini maʼlum qilgan.
Yibal Khuff loyihasi (YKP) 2021-yilning sentyabr oyida oʻz faoliyatini boshlagan boʻlib, unda 1200 ummonlik va 200 nafar chet el fuqarolar ish bilan taʼminlangan. Loyiha toʻliq ishga tushirilganida kuniga 5 million kub metr gaz va kuniga taxminan 20 ming bochka xom neft ishlab chiqargan.
Manbalar
Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Ummon Sultonligi geografiyasiga oid chala maqolalar