Masahudu Alhassan (1992-yil 1-dekabrda tugʻilgan) – ganalik professional futbolchi, Tojikistonning Ravshan Kulob klubida chap qanot himoyachisi sifatida toʻp suradi. Alhassan 2011—2012-yillar oraligʻida Gana terma jamoasi safida jami sakkizta oʻyinda maydonga tushishga muvaffaq boʻlgan.

Klubdagi faoliyati Alhassan oʻzining ilk faoliyatini Gananing Prampram Mighty Royals jamoasing yoshlar tizimida boshlagan. Undan soʻng Italiyaning Rimini klubi yoshlar jamoasiga qoʻshilgan. Keyinchalik Genuya jamoasi bilan proffesional shartnoma imzolagan.

2013-yil yanvarida A Seriyaning "Udineze" klubi Antonio Floro Floresning kelishuvi doirasida Alhassanni 1,5 million yevro evaziga birgalikda egalik qilish shartnomasini imzolagani eʼlon qilgan. „Udineze“ jamoasi xuddi shu shartnoma boʻyicha Aleksandr Merkelni ham jamoaga qoʻshib olgan. 2013-yil iyun oyida „Udineze“ Alhassanni 620 000 yevro evaziga toʻliq sotib olgan.

2013-yilning 4-avgustida u Latina jamoasi tarkibiga ijara asosida kelib qoʻshilgan. 2015-yil yanvar oyida u Latinadan oʻz jamoasiga qaytgan. Alhassan 2018-yilning yanvarida Albaniyaning „Teuta Durres“ klubiga qoʻshilgan.

2018-yil 6-sentabr kuni Al-Ayn Teuta Durres jamoasi Alhassan bilan bir mavsumga shartnoma imzolaganAl-Ain is officially signed by Masahudu Alhassan. 2020-yil 26-fevralda Alhassan Finlyandiyaning Turun Palloseura klubiga bir yillik ijara shartnomasi asosida qoʻshilganItalian Serie A: SSA Pelannut Laitapuoustaja Masahudu Alhassan TPS-Paitaan, fc.tps.fi, 26 February 2020. 2023-yil may oyida Alhassan FC Jazz bilan shartnoma imzolagan.

2024-yilning 28-fevralida Alhasan Tojikiston Oliy ligasi klubi Ravshan Kulob bilan bir yillik shartnoma imzolagan.

Xalqaro faoliyati Alhassan 2011-yilgi Afrika yoshlar chempionatida Gananing 20 yoshgacha boʻlgan futbol jamoasi tarkibida oʻyinlarda ishtirok etgan.

2011-yil 7-noyabrda Alhassan Gana terma jamoasidan Syerra-Leone va Gabonga qarshi oʻyin uchun chaqiruv olgan.

2011-yil dekabr oyida Alhassan Gananing 2012-yilgi Afrika Millatlar Kubogi uchun 25 kishilik vaqtinchalik tarkibiga kiritilgan va 2012-yil yanvarida u turnirning 23 kishilik tarkibiga kiritilgan.

Manbalar

Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ganalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak qanot himoyachilari Turkum:Genoa CFC futbolchilari Turkum:Serie B futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Tojikistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Saudiya Arabistonidagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar