Adam Harry Webster(1995-yil 4-yanvarda tugʻilgan) − angliyalik professional futbolchi boʻlib, Premer-ligadagi Brighton & Hove Albion klubida yarim himoyada oʻynaydi. Webster Portsmouth klubining yoshlar akademiyasida tarbiyalangan hamda, 2012-yilda bu klub safida oʻz debyutini oʻtkazgan.

Tarjimayi holi Webster Gʻarbiy Sussexning Chichester shahrida tugʻilgan va bu shahar yaqinidagi Gʻarbiy Witteringda oʻsgan.

Klubdagi faoliyati

Portsmouth klubi Websterni Southampton, Chelsi va hatto 10 yoshida Portsmouth klubi shartnoma imzolashdan bosh tortgandan soʻng, oradan ikki yil oʻtgach yaʼni 12 yoshida Portsmouth yoshlar tarkibiga jalb qilingan. Webster 2011-yilning yozida Portsmouth klubi akademiyasi bilan shartnoma imzolagan.

Maykl Appleton boshqaruvi ostida Websterga birinchi jamoada oʻynash uchun koʻplab imkotiyatlar yarailgan. FA Kubogida Chelsiga qarshi oʻyinda zahirada qoldirilganidan soʻng, keyingi hafta oxirida 17 yoshida West Ham United qarshi kechgan Futbol ligasi chempionatida oʻz debyutini amalga oshirganThree Changes at Chelsea; Portsmouth F.C., 8 January 2012. Webster 75-daqiqada Greg Halford oʻrniga maydonda harakat qilgan.

Keyingi mavsumda Webster 22 sonini egallagan va bu jamoada koʻproq oʻyinda maydonga tushish imkonini bergan. Aldershot Town klubiga qayta chaqirilganida, Webster Hartlepool United klubiga qarshi oʻyinda asosiy tarkibga kiritilgan. Webster oʻyinning yagona golini kiritib, Portsmouth jamoasiga 1-0 hisobida gʻalaba qozonishga oʻz hissasini qoʻshganPompey 1 Hartlepool 0; Portsmouth F. C., 5 April 2014.

Aldershot Town klubi(ijara asosida) 2013-yil 13-avgust kuni Webster Aldershot Town bilan 2014-yil yanvar oyigacha ijara asosida shartnoma imzolaganWebster Loaned To Aldershot; Portsmouth FC, 6 August 2013. Webster toʻrt kundan keyin, Grimsby klubiga qarshi 1-1 hisobi qayd etilgan oʻyinda debyut qilganGrimsby 1–1 Aldershot; BBC Sport, 10 August 2013. U 4-yanvar kuni oʻzining 21-oʻyin oʻtkazganidan soʻng, Pompeyga qaytgan shuningdek, 21-kuni mavsum oxirigacha kelishuvga erishgan.

Ipswich Town klubi thumb|2016-yilda Ipswich Town klubi safida toʻp surayotgan Webster 2016-yil 6-iyun kuni Webster Portsmouthdan EFL chempionatidagi Ipswich Town klubiga nomaʼlum miqdordagi summa evaziga koʻchib oʻtgan. U 6-avgust kuni Ipswich Town jamoasida ilk oʻyinini oʻtkazgan shuningdek, bu oʻyinda Portman Road stadionida Barnsley klubi ustidan 4-2 hisobiida gʻalabaga erishgan. Webster Ipswich klubi uchun birinchi golini 2016-yil 13-dekabr kuni Birmingham Cityga qarshi oʻyinda kiritgan. Webster 2016 hamda 2017-yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 24 marta oʻynab shuningdek, bir marta gol urgan.

Bristol City klubidagi faoliyati 2018-yil 28-iyun kuni Webster 3,5 million funt sterling evaziga Bristol City klub bilan shartnoma imzolagan.

Brighton & Hove Albion jamoasidagi faoliyati 2019-yil 3-avgustda Brighton & Hove Albion Webster bilan shartnoma eʼlon qilgan shuningdek, u toʻrt yillik shartnoma imzolagan. Websterning yangi klubi oradan 25 kun oʻtgach, 27 avgust kuni EFL chempionati kubok oʻyinida Bristol Rovers klubi ustidan 2-1 hisobida gʻalaba qozonib, oʻsha oʻyinda Webster oʻz debyutini amalga oshirgan. Webster 31-avgust kuni amaldagi chempion jamoa Manchester Sitiga qarshi oʻyinda 4-0 hisobida magʻlub boʻlgan. Webster 19-oktyabr kuni Brighton klubi uchun birinchi golini urgan shuningdek, birinchi marta Villa Park stadionida Aston Villa klubini 2-1 hisobida magʻlubiyatga uchratgan. Websterning Brighton uchun debyut mavsumidayoq oʻz jamoadoshi Shane Duffyni zahira oʻrindigʻida qoldirgan hamda bu mavsum uchta gol va bitta golli uztma bergan.

Webster 3-fevral kuni Brighton 1-0 hisobida amaldagi chempion Liverpul klubini yenggan bu esa 1982-yildan beri Anfieldstadionida birinchi gʻalabasi boʻlgan. Webster mavsumdagi birinchi golini jamoasi 2-0 hisobida magʻlubiyatga uchrayotgan oʻyinda 2-2 hisobi qayd etilishiga oʻz goli bilan yordam bergan. 18-may kuni amaldagi chempion „Manchester City“ klubi bilan oʻyinda 3-2 hisobi qayd etilib, Websterning klubi gʻalaba qozongan.

Xalqaro faoliyati Webster Portsmouth klubi safida debyut qilgan haftada, Webster Portugaliyada oʻtkazilgan doʻstlik turnirida Angliya U17 jamoasi tarkibiga chaqirilgan.

2012-yil oktyabr oyida Webster Angliya U19 jamoasiga chaqirgan boʻlsa ham, ammo uning murabbiysi Maykl Appleton Portsmouthda oʻyinchi yetishmovchiligi sababli borishiga toʻsqinlik qilganPortsmouth Michael Appleton backs Adam Webster for international honours; Sky Sports, 5 October 2012. Oʻsha oyda Webster Angliya U18 jamoasiga ham jalb qilinganPompey defender called up to England squad; Pompey Pages, 21 October 2012

2012-yil 24-oktyabr kuni Webster Italiyaga qarshi 2-0 hisobida kechgan gʻalabali oʻyinda, 18 yoshdan kichik boʻlganlar milliy jamoasida debyut oʻyinini oʻtkazgan.

13 noyabr 2012-yil 13-noyabr kuni Webster Angliya 19 yoshlilar jamoasi bilan 1-0 hisobida Finlyandiya terma jamoasi ustidan gʻalaba qozonib, jamoadoshi Jek Stivenning oʻrnini egallagan„England 1–0 Finland“ The FA.com.. Webster 2013-yil 24-mayda U19 jamoasi safiga uchinchi marta chaqirilgan.

Manbalar

Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Erkaklar futbol markaziy himoyachilari Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1995-yilda tugʻilganlar