Anvar Sobirov (1976-yil 24-iyul, Xorazm, OʻzSSR) — oʻzbek aktyori va xonandasi.
Hayoti Anvar Sobirov 1976-yil 24-iyulda Xorazm viloyatining Urganch shahrida sanʼatkorlar oilasida tavallud topgan. Ota-onasi asli xivalik boʻlgan. Uning akalari Murod Sobirov va xonanda Ogʻabek Sobirov.
Dastlab, „Komiljon Otaniyozov“ nomidagi 1-son bolalar musiqa maktabida doira cholgʻusini oʻrganadi. 7-yoshidan boshlab esa toʻylarda doira ijro qiladi. 1995–1999-yillarda „Matyusuf Xarratov“ nomidagi Urganch musiqa bilim yurtida anʼanaviy xonandalik yoʻnalishida, 2007–2011-yillarda „Abdulla Qodiriy“ nomidagi Toshkent davlat madaniyat institutining (hozirgi Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti) ijtimoiy madaniy faoliyat yoʻnalishida tahsil olganhttps://www.kino-teatr.ru/kino/acter/star/385601/bio/. Talabalik davrida doira cholgʻusi bilan hamnafas boʻlib, ustozlari bilan qoʻshiqlar ham kuylaganhttp://muz.uz/content/xonandalar/anvar-sobirov.html. 2024-yildan O‘zbekiston mahallalari uyushmasining mahallalarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat koʻrsatib kelmoqda.
Xonandalik faoliyati Anvar Sobirov 2002-yilda ilk marta estrada yoʻnalishida „Voha-voha“ nomli qoʻshiq ijro etgan va bu qoʻshiq mashhurlikka erishgan. Ilk konsertini esa 2005-yil Istiqlol sanʼat saroyida bergan. Bundan keyin 2011-yilda Istiqlol sanʼat saroyida “Koʻzimga toʻtiyo Vatan tuprogʻi“ nomli, 2014-yilda „Ayyoming muborak elim“ nomli konsertlar qoʻygan.
2015-yilda Oʻzbeknavo estrada birlashmasi Anvar Sobirovni „ma’naviyat targ‘iboti borasidagi darslarga qatnashmaganligi uchun“ litsenziyasini bekor qilgan. Lekin shu yilning yakunida litsenziyasini qaytarib olgan. +Ijro etgan qoʻshiqlariNomiShoirBastakorYilIzohManbaVoha-voha2002RotallaSeni sevdimXayrMuhabbatAlam qilarkanTohir MuhammadJasur Javhanazarov2015Jiyda guli2010„Jiyda guli“ filmiga soundtrackXayr yorim2005„Begona bahor“ filmiga soundtrackShuba2019
Aktyorlik faoliyati Anvar Sobirov birinchi marta 2005-yilda rejissyor Ibrohim Rasulov tomonidan „Begona bahor“ nomli filmda suratga tushgan. Uning filmdagi hamkori aktrisa Nargiza Abdullayeva boʻlgan. +Suratga tushgan filmlar roʻyxatiNomiRolRejissyorYilManbaOppoq orzularIbrohim Rasulov2018Jiyda guliMurodIbrohim Rasulov2010Begona bahorIbrohim Rasulov2005Qayerdasan Oymomo?Tojivoy IsroilovQish ertagiDilmurod Mirxidoyev
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha aktyorlar Turkum:Oʻzbekistonlik qoʻshiqchilar Turkum:Oʻzbekistonlik aktyorlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar