Alfina Nassyrova (, Älfina Robertqyzy Nasyrova; ; 1988-yil 11-iyunda tugʻilgan) – qozogʻistonlik model va goʻzallik tanlovi sovrindori. 2007-yilda Olmaota shahrida joylashgan Abay nomidagi Qozoq milliy opera va balet teatrida oʻtkazilgan „Miss Kazakhstan“ milliy tanlovida gʻolib chiqqan. 2008-yil 14-iyulda Vyetnamning Nha Trang shahrida boʻlib oʻtgan „Miss Universe 2008“ tanlovida va 2008-yilning 13-dekabrida Janubiy Afrika Respublikasining Yoxannesburg shahrida boʻlib oʻtgan „Miss World 2008“ tanlovida Qozogʻiston nomidan ishtirok etgan.

Manbalar

Havolalar Alfina Nasirovaning Instagrami

Turkum:Olmaota kishilari Turkum:Qozogʻistonlik ayol modellar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1988-yilda tugʻilganlar