2024-yilning 12-iyunida Quvaytning Ahmadi viloyatidagi Manqof shahridagi turar-joy binosida ertalab yongʻin kelib chiqqan va natijada 50 nafar mehnat muhojiri halok boʻlgan. Qurbonlarning aksariyati tutundan nafas olish natijasida vafot etgan, qolganlari esa yiqilib jarohatlangan. Bino egasi hibsga olingan.
Voqea Yongʻin UTC boʻyicha soat 06:00 da (GMT 03:00) 196 nafar ishchi istiqomat qiladigan olti qavatli turar-joy binosining birinchi qavatida kelib chiqqan.
Yongʻin xavfsizlik xonasida boshlanib, oshxonaga tarqalgan, u yerda 20 dan ortiq karbonat angidrid gaz ballonlari va boshqa yonuvchan materiallar mavjud boʻlib, bu yongʻin tez tarqalishiga imkoniyat yaratgan. Yongʻin binoning pastki qismini qamrab olgan, yuqori qavatlardan quyuq qora tutun koʻtarilgan. Oʻlim holatlarning koʻpchiligi uyqu paytida tutundan nafas olish natijasi sifatida qayd etilgan, bir nechta qurbonlar esa yiqilishdan jarohatlanib halok boʻlgan. Xavfsizlik xizmati vakillari 67 kishini qutqarishga muvaffaq boʻlgan. Qutqaruv ishlari davomida besh nafar oʻt oʻchiruvchi jarohatlangan. Oʻt oʻchiruvchilar yetib kelganidan 10 daqiqa oʻtib yongʻinni oʻchirishgan.
Dastlabki tergov natijalariga koʻra, yongʻin binoning birinchi qavatida joylashgan qoʻriqchi xonasida elektr tokining qisqa tutashuvi natijasida kelib chiqqan. Xonadonlar va xonalarni bir-biridan ajratish uchun devor sifatida yonuvchi materialdan foydalanib qurilganligi sababli yongʻin tez tarqagan. Shuningdek, jabrlanuvchilarning tom tepasiga qochishiga qulflangan eshik toʻsqinlik qilganligi aniqlangan.
Qurbonlar Yongʻin oqibatda 50 kishi halok boʻlgan, yana 50 ga yaqin kishi yaralanib, shifoxonaga yetkazilgan. Qurbonlarning barchasi mehnat muhojirlari boʻlib, aksariyati Hindistondan kelgan. Hindiston elchixonasi xodimlari jarohatlanganlarni kasalxonalarga borib koʻrgan. 14-iyun holatiga koʻra, 48 nafar jasadning shaxsi aniqlangan. Bu Quvaytda 2009-yilda 57 kishining hayotiga zomin boʻlgan yongʻindan keyingi ikkinchi eng koʻp odam halokat boʻlgan yongʻin boʻldi.
Halok boʻlganlarning kamida 46 nafari Hindistondan, shu jumladan kamida 23 nafari Keraladan, yetti nafari Tamil Nadudan, uchtasi Andhra-Pradesh va Uttar-Pradeshdan, ikkitasi Odisha va qolganlari Bihar, Haryana, Jharxand, Karnataka, Panjob, Maharashtra va Gʻarbiy Bengaliya hududlaridan kelgan mehnat migrantlaridir. Ularning yoshi 20 dan 50 gacha boʻlgan. Hududdagi kasalxonalar yongʻindan jarohatlangan 56 nafar bemorni qabul qilgan. Taxminan 50 nafar hindistonlik jarohatlangan, 30 dan ortigʻi al-Adan kasalxonasida davolangan, keyinchalik Hindistonning Quvaytdagi elchisi Adarsh Svayka bu yerga tashrif buyurgan. Uch nafar filippinlik ishchi ham halok boʻlgan, yana ikkitasi ogʻir ahvolda. Yaralanganlar orasida Nepal fuqarolari ham bor.
Quvaytda mehnat muhojirlarining soni juda yuqori, ammo inson huquqlari guruhlari ularning yomon turmush sharoitini qayd etgan. 2022-yildan 2024-yilgacha Quvaytda 1400 dan ortiq hindistonlik ishchi halok boʻlgan va Hindistonning Quvayt shahridagi elchixonasiga 2021-yil martidan 2023-yil dekabrigacha toʻlovlarni kechiktirish, taʼqib qilish va sifatsiz turar joy tufayli 16 423 ta shikoyat kelib tushgan. Koʻp sonli muhojirlar COVID-19 pandemiyasi tufayli Hindistonga qaytib ketgan.
Oqibatlari Bosh vazir oʻrinbosari Shayx Fahad Yusuf al-Sabah bino egasini hibsga olishga buyruq bergan va qurilish meʼyorlarining buzilishi falokatga olib kelganligini aytgan . Keyinroq bino egasi ehtiyotsizligi uchun hibsga olingan.
Fikrlar Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bu holatni „qaygʻuli“ deb atagan hamda qurbonlar va ularning yaqinlariga hamdardlik bildirgan. U vafot etgan hindistonlik har bir fuqaroning oilasiga Bosh vazirning yordam jamgʻarmasidan 200 000 ₹ (2,394 AQSh dollari) miqdorida imtiyozli yordam berilishini eʼlon qilgan. Hindiston tashqi ishlar vaziri S.Jayshankar ham hamdardlik bildirgan, tashqi ishlar davlat vaziri Kirti Vardxan Singx vafot etganlar oilasiga yordam koʻrsatishini va halok boʻlganlarni vataniga qaytarishini aytib oʻtgan. 14-iyun kuni ularning jasadlari Hindiston havo kuchlari samolyoti bortida Hindistonga qaytarilgan. Samalyot birinchi navbatda Hindiston janubidagi Kochi shahrida toʻxtab, shu yerlik qurbonlar murdasi ularning oilasiga topshirilgan va qolgan qurbonlar bilan Dehliga yoʻl olgan.
Saudiya Arabistoni qiroli Salmon va valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon Quvayt nomidan hamdardlik bildirganlar, qirol jarohatlanganlarning tezroq sogʻayib ketishini tilagan. Birlashgan Arab Amirliklari va Eron tashqi ishlar vazirliklari ham hamdardlik bildirishgan.
13-iyun kuni Kerala Katolik Yepiskoplari Kengashi (KCBC), Kerala shtatining mintaqaviy yepiskoplari kengashi barcha qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirgan. Keralada hodisa oqibatida eng koʻp sonli qurbonlar boʻlgani maʼlum qilingan – jami 26 nafar qurbon, ularning koʻpchiligi xristian boʻlgan. Kengashning matbuot kotibi, Jacob ota Palakkappilli, jarohatlanganlarning tezroq tuzalib ketishi uchun ibodat qilishlarini qoʻshimcha qilgan. Yana qarang
2009-yilgi Quvayt toʻyidagi yongʻin
Eslatmalar
Manbalar
Turkum:Mehnat migratsiyasi Turkum:Hindiston-Quvayt munosabatlari Turkum:Al-Ahmadi gubernatorligi Turkum:Quvaytdagi yongʻinlar Turkum:2024-yil Iyun oyida sodir boʻlgan voqealar