Saidumarxon Saidnurullayev (Саидумархон Саиднуруллаев) — oʻzbekistonlik futbolchi. Oʻzbekiston Superligasining Paxtakor klubi va Oʻzbekiston U23 terma jamoasi hujumchisi.

Futbolchilik faoliyati Klub 2005-yil 13-aprelda Andijon viloyatida tugʻilgan. Paxtakor futbol akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. Paxtakor tarkibida Superligada debyut qilgan va klub bilan shartnomasi 2027-yil oxirigacha amal qiladi. 2023-yilda Paxtakor tarkibida Oʻzbekiston chempioni va Kubok sohibiga aylangan. 2025-yilgi mavsumda Andijon jamoasida ijara asosida toʻp surdi va 10 ta oʻyinda maydonga tushdi. 2026-yilning fevral oyidan boshlab yil yakuniga qadar ijara huquqi asosida Bekobodning „Metallurg“ klubiga oʻtdi. Terma jamoa Saidumarxon Oʻzbekistonning turli yoshlar terma jamoalarida faol ishtirok etib kelmoqda. U-20 terma jamoasi safida 17 ta oʻyinda maydonga tushib, 7 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan. Hozirda Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi aʼzosi hisoblanadi.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:2026-yilgi Osiyo oʻyinlaridagi futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari Turkum:Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi futbolchilari