Hafsanur Sancaktutan – 2000-yil 20-mart kuni Istanbulda tavallud topgan turk aktrisasi.
Hayoti va faoliyati Hafsanur 2000-yil 20-martda Istanbulda tugʻilgan. U ota tomondan asli Rizelik, onasi esa Batumdan. Hafsanur kichik yoshlaridanoq aktrisalikka va teatrga qiziqishni boshlagan. Oʻzi ishtirok etgan teatr spektakllarida turli nominatsiyalar boʻyicha mukofotlarga sazovor boʻlgan. 2018-2019-yillar oraligʻida u „Gulperi“ serialida Fidan rolini oʻynagan. 2019-yilda „Aşk Ağlatır“ serialida Ada Meryem Varlı rolini ijro etgan. 2021-yilda „Son Yaz“ teleserialida Yagʻmur Kara obrazi bilan keng tanildi. Serial tugagandan soʻng, u koʻplab reklama namoyishlarida chiqdi va „Bana Bak“ yoshlar ilovasining reklama yulduziga aylandi. Hafsanur 2022-yilda teleekran yuzini koʻrgan „Dunyayla benim aramda“ serialida Sinem obrazini ijro etgan. Hozirda u „Ya Çok Seversen“ teleserialida suratga tushmoqda.
Filmografiyasi Teleserial Yil Filmlar Rol 2018-2019 Gulperi Fidan Taşkan 2019 Aşk Ağlatır Ada Meryem Varlı 2021-yil Son yaz Yagʻmur Kara
Havolalar
Turkum:2000-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Turkiyalik aktrisalar
Manbalar