thumb|248x248px| Olma sousi keksi boʻlagi, dolchin va shakar qoʻshilgan Olma sousi qoʻshilgan keks – olma sousi, un va shakar yordamida tayyorlanadigan shirinlik turi. Keksni tayyorlashda bir nechta turli masalliqlarni ham qoʻshish mumkin. Keksning kelib chiqish tarixi Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi dastlabki mustamlakachilik davriga borib taqaladi. Anʼanaviy olma pirogi kuni (Applesauce Cake Day) AQShda har yili 6-iyunda nishonlanadi.

Tarixi Olma sousi qoʻshilgan keksni tayyorlash Amerika Qoʻshma Shtatlarining shimoli-sharqidagi New-England koloniyalarida, dastlabki mustamlakachilik davrida boshlangan. 1900-yildan 1950-yilgacha olma pirogi retseptlari Amerika oshxonasining koʻplab taomnoma kitoblaridan joy olgan. Amerika Qoʻshma Shtatlarida olma pirogi kuni har yili 6-iyunda nishonlanadi.

Masalliqlar va tayyorlanishi thumb| Olma kapkeyklar Olma sousi qoʻshilgan keks – olma sousi, un va shakar yordamida tayyorlangan shirinlikdir. Uni tayyorlashda doʻkonda sotib olingan yoki uy sharoitida yetishtirilgan olmadan foydalanish mumkin. Qoʻshimcha masalliqlarga tuxum, sariyogʻ, margarin yoki yogʻ, mayiz, xurmo, toʻgʻralgan olma, maydalangan yongʻoq (grek va amerika yongʻogʻi kabi), kakao kukuni va dolchin, muskat yongʻogʻi va xushboʻy qalampir kabi ziravorlar kiradi. Shirinlikni tayyorlashning baʼzi variantlarida quritilgan yoki yangi, maydalangan zanjabil qoʻshilishi haqida yozilgan. Tayyor keks ustiga qand upasi yoki koʻpirtirilgan qaymoq bilan bezak berilgan holatda dasturxonga tortish mumkin. Glutensiz olma keksini tayyorlashda guruch unidan foydalaniladi. Tuxumsiz tayyorlangan olma keksida tuxum oʻrnini bosuvchi vositalardan foydalanilishi mumkin.

Olma sousi tarkibida mavjud boʻlgan suyuqlik tufayli olma pirogi quruq boʻlib qolmaydi. Biroq, quyuq olma sousidan foydalanib tayyorlangan keks, standart olma sousidan foydalanib pishirilganidan koʻra quruqroq boʻladi. Ishlatishdan oldin, sousning taʼmini yaxshilash uchun sous baʼzan bir-ikki kun alohida xonada saqlanadi.

Keksni har xil turdagi tort qoliplari yordamida tayyorlash mumkin, masalan, halqa shaklidagi bundt pirojniysi shaklida pshirish uchun bundt tovasidan, non shaklidagisini tayyorlashda esa maxsus tovadan foydalaniladi. Olma sousidan tayyorlangan keks kapkeyk shaklida ham pishiriladi.

Turli variantlari Olma sousi qoʻshilgan keks kofe keksi sifatida ham dasturxonga tortilishi mumkin. Qoragʻat, klyukva va mayiz kabi mevalardan qoʻshimcha masalliq sifatida foydalanilish mumkin.

Yana qarang

Olma keksi Olma pirogi Olmali taomlar roʻyxati Kekslar roʻyxati Shirinliklar roʻyxati

Izohlar

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Olmali taomlar Turkum:Amerika shirinliklari