Lucy Angeline Bacon (1857-yil 30-iyul – 1932-yil 17-oktabr) – kaliforniyalik rassom boʻlib, oʻzining impressionizmga oid moyboʻyoq rasmlari, gullar, landshaftlar tasvirlari va natyurmortlari bilan mashhur. U Parijda impressionist Camille Pissarro qoʻli ostida tahsil olgan.

Lucy Angeline Bacon buyuk fransuz impressionistlaridan birida tahsil olgan yagona kaliforniyalik rassomdir.

Hayotining dastlabki davri va taʼlimi Lucy Angeline Bacon 1857-yilda Nyu-Yorkning Pitcairn shahrida tugʻilgan. Bacon 1879-yilda Nyu-Yorkdagi Potsdam maktabini tamomlagan.

U Robert K.Vickery bilan jiyani Ruthning nikohi orqali qarindosh edi. 1890-yillarda uning otasi San-Fransiskodagi Vickery, Atkins va Torrey galereyasining bir qismi egasi edi. Bu galereya San-Fransiskoda impressionizm asarlarini namoyish etgan birinchi galereya boʻlgan.

Bacon Nyu-York shahrida Sanʼat talabalari ligasida va Milliy dizayn akademiyasida tahsil olgan. 1892-yilda u oʻqishni davom ettirish uchun Parijga borgan. Keyin u amerikalik rassom Marry Cassatt maslahatiga koʻra Camille Pissarrodan tahsil olgan.

Ijodiy faoliyati Lucy Angeline Bacon Éragny-sur-Eptega koʻchib oʻtib, impressionist rasmlarni yaratgan. 1898-yilga kelib, u San Joseda yashagan va San-Fransisko sanʼat assotsiatsiyasida bir nechta rasmlarini namoyish etgan. U rasm chizish qobiliyatini cheklab qoʻygan surunkali kasalligini davolash umidida Kaliforniyaga koʻchib oʻtgan. Lucy Angeline Bacon San Josedagi Washburn tayyorlov maktabida dars bergan va uy studiyasida rasm chizgan.

1902-yil bahorida uning asarlari San-Fransiskodagi Mark Hopkins sanʼat institutida namoyish etilgan. 1905-yilda Lucy Bacon rassomlik karyerasidan voz kechib, oʻzini nasroniy diniga bagʻishlagan. Bu uning sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolarini yengillashtirgan. Keyin esa u yana sanʼatdan dars berishda davom etgan.

1909-yildan boshlab u San-Fransiskoda yashagan. Lucy Bacon 1927-yilda Nyu-Meksikodagi Hindiston ishlari boʻyicha assotsiatsiyasi (NMAIA) va Hindiston ishlari boʻyicha Sharqiy assotsiatsiyaning (EAIA) Hindiston yarmarkasi qoʻmitasi aʼzosi boʻlib, unda tubjoy amerikalik rassomlarning asarlari namoyish etilgan.

U 1932-yilda San-Fransiskoda vafot etgan.

Uning 1894—1896-yillarda chizilgan „Bogʻ manzarasi“ kartinasi San-Fransisko Tasviriy sanʼat muzeyi kolleksiyalaridan biri hisoblanadi.

Galereya

Manbalar