„Cadillac“ – rossiyalik qoʻshiqchilar Morgenshtern va Eldjeyning qoʻshigʻi boʻlib, 2020-yil 9-iyun kuni Zhara Music leybli ostida premyera qilingan. Qoʻshiqqa Slava Marlow prodyuserlik qilgan.
Chiqarilishi 2020-yil iyun oyi boshida Morgenshtern yangi qoʻshigʻi 5-iyun kuni chiqishini eʼlon qildi. Muxlislar esa Morgenshternning bahorda namoyish etilishi kerak boʻlgan „Cadillac“ qoʻshigʻini shu kuni chiqarilishini kutishgan. Biroq 5-iyun kuni „Pososi“ singli chiqarildi. Tarona tinglovchilar tomonidan salbiy qabul qilindi va koʻplab dislayklar yigʻdi. Morgenshtern 8-iyun kuni tinglovchilarini videoga dislayk bosishni davom ettirishga chaqirdi. Uning maqsadi Rossiyadagi rekordni yangilash edi. Shunday qilib „Cadillac“ taronasi Timati va Gufning „Moskva“ qoʻshigʻining 2019-yil sentyabr oyida 1,4 million dislayklar bilan oʻrnatgan rekordini yangiladi. Video 1,5 milliondan ortiq dislayklar yigʻdi. Trek chiqishidan oldin nomaʼlum shaxs tomonidan internetda tarqatib yuborildi. Rasmiy premyera esa 8-iyundan 9-iyunga oʻtar kechasi boʻlib oʻtdi. Morgenshtern 9-iyunni „Cadillac kuni“ deb eʼlon qildi. 17-iyul kuni esa qoʻshiqning remikslari chiqarildi.
Videoklipi Trek uchun suratga olingan videoklipning chiqarilishi 9-iyul kuni Morgenshternning YouTube tarmogʻidagi rasmiy kanalida boʻlib oʻtdi. Oʻsha kuni Eldjeyning tugʻilgan kuni edi. Videoni Yan Bohanovich va Roman Nechoda boshchiligidagi guruh suratga olgan.
Treklist
Mukofot va nominatsiyalari +YilKanalYoʻnalishNatijaManba2021-yilMuz TVEng yaxshi hamkorlik Eng yaxshi musiqa
Reyting YilPlatformaReytingOʻrinManba2020-yilApple MusicTop 10 musiqa5YouTubeTop 10 musiqiy video6VKontakteTop 30 musiqa3The Flow2020-yilning eng yaxshi 50 ta musiqasi50
Chartlar Chart (2020)Oʻrin (Apple Music) 1 (iTunes) 1 (Spotify) 1 VKontakte 1 (Яндекс.Музыка) 1 (Top YouTube Hits) 1 (Top Radio & YouTube Hits) 1 (Top Radio Hits) 382 (Google Play) 2 (Deezer) 2 Shazam 4 (YouTube Music) 8 (Eesti Tipp-40) 4 (AGATA) 37
Manbalar
Turkum:Rus tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Morgenshtern qo'shiqlari Turkum:2020-yil qoʻshiqlari Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar