Alperen Duymaz – 1992-yil 3-noyabr kuni, Anqarada tavallud topgan turkiyalik aktyor va model.

Hayoti va faoliyati Asli Anqaradagi Mamak Kıbrısköyda tugʻilgan Alperen Duymaz oʻrta maktab yillarida musiqa va modellikka qiziqishni boshlagan. Hacettepe Universitetining teatr boʻlimida tahsil olgan. Duymaz aktyorlik faoliyatini „Tatli Küçük Yalancılar“ seriali bilan boshlagan. Keyinchalik, „Acı Aşk“ va „Bodrum Masalı“ seriallari orqali faoliyatini davom ettirgan. Ayniqsa, „Bodrum Masalı“ serialidagi chiqishi bilan ommaga tanilgan. Alperen 2018-yilgi „Direniş Karatay“ filmida Kutay obrazini ijro etgan. Aynan shu yil davomida u „Chuqur“ teleserialidagi Emrah Amir obrazida ham rol oʻynagan. Soʻngra, 2018-yilning oxirida va 2019-yilning boshlarida „Toʻqnashuv“ serialida Kerem Korkmaz rolini ijro qilgan. 2020-yilda Show TV telekanalida namoyish etilgan „Zemheri“ serialida Ayaz obrazini ijro etgan. Aktyor 2021-yilda NOW telekanalida namoyish etilgan „Son Yaz“ teleserialida Akgün Gökalp Taşkın ismli personajni gavdalantirgan. 2023-yilda xuddi shu kanalda namoyish etilgan „EGO“ serialida Erhan Yıldırım rolida oʻynagan. 2020-yilda oʻqituvchi sevgilisi Kübra Kelkit bilan turmush qurgan.

Havolalar

Manbalar

Turkum:Turk erkak kino aktyorlari Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar