Govimtoʻp qishlogʻi – Navoiy viloyati, Navbahor tumanida joylashgan qishloq. Tarixi Qadimiy Burqut urugʻlari istiqomat qiluvchi kichik qishloqlarning biri. Baʼzilar bu nomni sigirxona yoki molxona tarzida izohlashi dastlabki va yuzaki taassurot boʻlib, mantiqan notoʻgʻri yondoshuvdir. Atamaning birinchi qismidagi „gov“ soʻzi tojik tilida „chuqur, past joy“ maʼnosida qoʻllanganOʻzbek tili toponimlarining oʻquv izohli lugʻati (T.Nafasov, V.Nafasova), 23-bet. Shunga koʻra Govimtoʻp „chuqur joydagi qishloq“, boshqa qishloqlarga nisbatan pastroqda joylashgan aholi turajoyi degan maʼnoni anglatadiOxunov N. „Joy nomlari taʼbiri“. – „Oʻzbekiston“, 1994-yil, 14-bet. Manbalar
Turkum:Navoiy viloyati Turkum:Navbahor tumani Turkum:Navbahor tumanidagi qishloqlar