Stiven Xoking olami () — 2014-yilda James Marsh tomonidan suratga olingan, fizik olim Stephen Hawking hayotini hikoya qiluvchi biografik, romantik drama film.

Syujeti Kembrij universiteti astrofizikasi talabasi Stephen Hawking adabiyot talabasi Jane Wilde bilan ishqiy munosabatlarni boshlaydi. Stephen Hawking va uning professori Dennis Sciamaning qora tuynuklar haqidagi maʼruzasidan soʻng, Stephen qora tuynuklar koinotni yaratilishining bir qismi boʻlgan boʻlishi mumkinligini taxmin qilib, shu haqida oʻz dissertatsiyasini yozishga qaror qiladi. Biroq, Stephenning yiqilib tushib, motor neuron disease borligini bilib oladi. Bundan soʻng u harakatlana olmaydi, yura olmaydi va hatto nafas ham ololmaydi. Bu kasallikning davosi yoʻq boʻlib, shifokor unga 2 yil umri qolganini aytadi. Stephen bundan soʻng oʻz ishiga eʼtibor qaratadi. Bu paytda Jane Wilde uni sevishini tan olib, uning otasiga Stephenning ahvoli yomonlashganiga qaramay, uning yonida qolishini aytadi. Ular turmush qurishadi va birinchi oʻgʻillari Robert tugʻiladi.

Stephen oʻz dissertatsiyasini imtihon komissiyasiga taqdim etadi va uni muvaffaqiyatli himoya qilib, doktorlik unvonini oladi. Bu orada uning yurishi yomonlashib, nogironlar aravachasidan foydalanishni boshlaydi. Uarning qizi Lucy tugʻilgandan soʻng, Stephen qora tuynuklarning koʻrinishi haqidagi nazariyani ishlab chiqadi va dunyoga mashhur fizikga aylanadi. Jane bolalarga, Stephenga eʻtibor qaratib, oʻz dissertatsiyasi ustida ishlay olmaydi va bunda hafsalasi pir boʻladi. U cherkov xoriga qoʻshiladi va u yerda Jonatan bilan uchrashib, u bilan yaqin doʻst boʻlib qolishadi. U uni oʻgli Robert uchun pianino oʻqituvchisi sifatida ishga yollaydi va Jonatan butun oila bilan doʻstlashib oladi. Jane 3-oʻgʻli Timothyni dunyoga keltirganda, Stephenning onasi Janedan bola Jonatannikiligini soʻraydi, u buni rad etadi. Jonatan dahshatga tushib ketishga qaror qiladi, lekin u va Jane yolgʻiz qolganlarida ular bir-birlariga boʻlgan his-tuygʻularini tan olishadi. U oilasidan uzoqlashadi, lekin Stephen unga Janega muhtojligini aytadi.

Bordeauxdagi opera spektakliga tashrif buyurgan Stephen kasal boʻlib, shifoxonaga yotqiziladi. Shifokor Janega erida pnevmoniya borligini va omon qolish uchun traxeostomiya qilish kerakligini aytadi. Ammo bu uni soqov qiladi. U operatsiyaga rozi boʻladi. Stephen imlo taxtasidan foydalanishni oʻrganib, yangi hamshirasi Elaine bilan muloqot qilish uchun foydalanadi. Unga yangi ovoz sintezatoriga ega kompyuterni olib berishadi va undan „Vaqtning qisqacha tarixi“ () (1988) kitobini yozish uchun foydalanadi, u xalqaro bestsellerga aylanadi. Stephen Jane mukofot olish uchun AQShga taklif qilinganini va Elaine oʻzi bilan olib ketishini aytadi. Jane ularning oʻrtasida nikoh ish bermayotganini anglab, ajralishga rozi boʻladi. Stephen Elaine bilan maʼruzaga boradi. Maʼruza paytida Stephen bir talabaning qalami tushib ketganini koʻradi; uni olish uchun oʻrnidan turganini tasavvur qiladi, kasalligi unga qanday taʼsir qilganini eslab yigʻlaydi. U tinglovchilarga taʼsirli nutq soʻzlaydi va quyidagi soʻzlar bilan nutqini tugatadi: „Toki hayot bor ekan, demak umid ham bor“.

Stephen birinchi rafiqasi Janeni qirolicha Yelizaveta II ning orden berish marosimiga taklif qiladi. Ular farzandlari bilan birga bu kunni baxtli oʻtkazishadi.

Rollarda

Manbalar

Turkum:Angliyada suratga olingan filmlar Turkum:2014-yil filmlari

Havolalar