Xanna Raych (1912-yil 29-mart – 1979-yil 24-avgust) – mashhur nemis uchuvchisi boʻlib, Ikkinchi jahon urushi davrida Germaniya harbiy aviatsiyasi tarixida oʻzining muhim oʻrnini egallagan. U koʻplab yangi samolyotlarni sinovdan oʻtkazgan va oʻz faoliyati davomida koʻplab mukofotlarga sazovor boʻlgan. Melitta fon Shtaufenberg bilan birga, Germaniya aviatsiyasidagi sanoqli ayol uchuvchilardan biri edi. Raych 1945-yil aprel oyida Adolf Gitler bilan uchrashgan soʻnggi shaxslardan biri sifatida ham tarixga kiritlgan.
Hayot yoʻli Xanna Raych 1912-yil 29-martda Sileziya shahrida dunyoga kelgan. Uning otasi, doktor Vilgelm Raych, oftalmologiya klinikasining boshqaruvchisi boʻlib, onasi esa avstriyalik zodagonlar oilasidan kelib chiqqan edi. U yoshlikdan ilm-fanga qiziqish bildirgan va uchuvchi boʻlishni orzu qilgan. 1932-yilda Raych Grunaudagi Glider maktabida oʻqishni boshlagan. Keyinchalik u German Air Mail havaskor uchuvchilar maktabida oʻqishni davom ettirib, Xannailmiy va amaliy uchish sohasida katta tajriba orttirgan.
Karyera 1933-yilda Kil universitetidagi tibbiyot fakultetini tamomlagandan soʻng soʻng, Raych planer uchuvchisi va instruktori boʻldi. U 1934-yilda Janubiy Amerikaga termal sharoitlarni oʻrganish uchun ekspeditsiya qilgan. U shu ekspeditsiyada argentinalik Kumush C nishonini qoʻlga kiritgan birinchi ayol sifatida tarixga kiradi. 1937-yilda Raych Luftwaffe sinov markaziga yuboriladi va bu yerda u birinchi ayol vertolyot uchuvchisi sifatida tarixga kiradi. „Focke-Achgelis Fa 61“ vertolyotini muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazganidan soʻng, 1941-yilda Adolf Gitler tomonidan Ikkinchi darajali Temir xoch unvoni bilan taqdirlandi. Shuningdek u Messerschmitt Me 163 Komet va Fieseler Fi 103R Reichenberg kabi yangi va murakkab samolyotlarni sinovdan oʻtkazishda ishtirok etgan. Urush tugaganidan keyin, Raych AQSh harbiy razvedkasi tomonidan soʻroq qilindi va 18 oy davomida hibsda saqlanadi. Urushdan keyin ham u uchishni davom ettirdi va bir nechta yangi balandlik rekordlarini oʻrnatdi. Shuningdek, u Gold-C nishonining birinchi olmosini qoʻlga kiritgan birinchi ayol boʻldi.
Vafoti Xanna Raych 1979-yil 24-avgustda 68 yoshida vafot etdi. U oʻz vasiyatiga binoan Avstriyaning Zalsburg shahrida oilasi yoniga dafn qilindi. Manbalar
Turkum:1979-yilda vafot etganlar Turkum:1912-yilda tugʻilganlar Turkum:Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari