BYD Uzbekistan Factory – Xitoyning yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi xususiy kompaniasi boʻlmish BYD Auto (40%) hamda Oʻzbekistonning Oʻzavtosanoat aksiyadorlik jamiyati (60%) hamkorligida tashkil etilgan qoʻshma korxona. Ushbu MCHJ BYD kompaniyasining Xitoy tashqarisida tashkil etilgan birinchi QK hisoblanadi .

Tarixi 2022-yil 14-fevral kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezident Shavkat Mirziyoev „Mashinasozlik sanoatida amalga oshirilayotgan ishlar va 2022-yildagi ustuvor vazifalar“ muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilishda „Oʻzavtosanoat“ AJ raisi Shavkat Umrzoqovga ishlab chiqarishni oshirish va Oʻzbekistonda 3 oy muddatda elektromobil tarmogʻini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish boʻyicha topshiriq beradi.

2022-yil avgustida „Oʻzavtosanoat“ (UzAuto) va Xitoyning BYD Auto kompaniyasi oʻrtasid Oʻzbekistonda BYD avtomobillarini toʻliq siklda (CKD) ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha bitim imzolanadi . 2024-yil 27-iyun kuni Jizzax viloyatida ushbu zavodning ochilish marosimi boʻlib oʻtadi . Shu kuni zavod konveyridan ilk avtomobil chiqdi .

Loyiha 270px|thumb|BYD Chazor Birinchi bosqichdagi investitsiya hajmi 160 mln. dollar boʻlib, ishlab chiqarish hajmi 50 000 ta avtomobilni, ishchilar soni 1200 kishini tashkil qiladi.

Zavod

BYD Uzbekistan Factory zavod Jizzax viloyatida joylashgan boʻlib, uning maydoni 27 gektarga teng. Ishlab chiqarish maydoni esa 40 000 m2ni tashkil qiladi. 1350 ta konteyner sigʻimiga ega logistika maydoni mavjud. Zavodda 50 ta zamonaviy KUKA va ABB robotlar i, 21 ta AGV robotlari oʻrnatilgan. Hexagon oʻlchov uskunalari, oʻrnatilgan. Zavodda payvandlash, boʻyash va yigʻish sexlari mavjud.

Maxsulotlari

Ilk bosqichda zavodda Chazor, Song Plus modellari yigʻiladi.

Yana qarang

Andijon avtomobil oʻrindiqlari zavodi Oʻzbekiston avtomobilsozlik sanoati UzAutoMotors Land Rover Uzbekistan

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistonning avtomobilsozlik kompaniyalari va korxonalari Turkum:Shirkatlar Turkum:Avtomobil ishlab chiqaruvchilar Turkum:2024-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar