Aisha Jummai Al-Hassan (1959-yil 16-sentyabr ― 2021-yil 7-may) — Mama Taraba nomi bilan tanilgan nigeriyalik huquqshunos va siyosatchi. 2015-yildan 2018-yilgacha ayollar ishlari boʻyicha federal vazir lavozimida ishlagan. 2011-yildan 2015-yilgacha Shimoliy Taraba senatorlik okrugida faoliyat olib borgan.

Alhassan 2011-yilgi Nigeriya Senati saylovlarida Xalq Demokratik partiyasi (XDP)dan senator etib saylangan. Keyinchalik asosiy muxolifat partiya — All Progressive Congress (APC) — a’zosi bo‘lgan. 2015-yilgi Taraba shtati gubernatorlik saylovida muxolifat partiyadan gubernatorlikka nomzod bo‘lgan. 2015-yil 25-aprelda qayta o‘tkazilgan saylovda XDP nomzodi Darius Ishakuga yutqazgan, ammo 2015-yil 7-noyabrda sud Ishakuni ishdan bo‘shatgan va Alhassanni 2015-yil 11-apreldagi soʻrovnomada g‘olib deb e’lon qilgan. Biroq bu keyinchalik Nigeriya Oliy sudi tomonidan bekor qilingan.

2015-yilda prezident Muhammadu Buhari tomonidan vazir etib tayinlangan va senat tomonidan tasdiqlanganidan keyin 2015-yil 11-noyabrda qasamyod qilgan. 2018-yil 29-sentyabrda Nigeriya Xotin-qizlar ishlari vaziri lavozimidan nafaqaga chiqqan.

Hayoti va faoliyati Alhassan 1959-yil 16-sentyabrda Fula qabilasida dunyoga kelgan. Ma’lumoti bo‘yicha huquqshunos. Taraba shtati Bosh prokurori va Adliya komissari, shuningdek, FCT (Federal Capital Territory) sudyalar kengashi kotibi lavozimlariga tayinlangan birinchi ayol. 2003-yil 17-dekabrda Abuja Oliy sudi Bosh registratori etib tayinlangan. Nafaqaga chiqqanidan keyin biznes bilan shug‘ullangan.

Siyosiy faoliyati

Senat 2011-yil yanvar oyida XDP saylov oldi bahslarida Alhassan amaldagi senator, sobiq elchi Manzo Anthonyni mag‘lub etgan.

2011-yil 9-apreldagi saylovda 114,131 ovoz olib, Action Congress of Nigeria (ACN) vakili Jolly Nyameni (92,004 ovoz) mag‘lub etgan. U XDP vakili sifatida saylangan to‘rt ayoldan biri edi, qolganlari: Nkechi Nwaogu, Helen Esuene va Nenadi Usman. Saylovdan keyin Alhassan Senat raisligi uchun kurashayotgani ma’lum qilingan.

Gubernatorlikka nomzod Alhassan 2015-yilgi Taraba shtati gubernatorlik saylovida All Progressive Congress (APC) partiyasidan gubernatorlik uchun kurashgan. Biroq Xalq demokratik partiyasi (XDP) nomzodi Darius Ishakuga yutqazgan.

2015-yilning noyabrida shu yilning aprelida boʻlib oʻtgan Taraba shtati gubernatorlik saylovining gʻolibi deb eʼlon qilingan. Keyinchalik bu hukm Apellyatsiya sudi tomonidan bekor qilingan.

2018-yil sentyabrida vazirlik lavozimidan iste’foga chiqqan. 2019-yilda Taraba gubernatorligi uchun da’vogarlik qilish huquqidan mahrum bo‘lganidan keyin United Democratic Party (UDP)ga o‘tgan. Nomzodlardan biri oʻz vakolatidan voz kechgani sababli Aisha Alhassan bir ovozdan 2019-yil mart oyida bo‘lib o‘tadigan Taraba shtati gubernatorlik saylovida UDP nomzodi deb e’lon qilingan. Keyinroq Xalq demokratik partiyasiga qaytganini e’lon qilgan.

Alhassan Taraba shtati siyosatiga katta ta’sir ko‘rsatgani tufayli „Mama Taraba“ nomi bilan keng tanilgan.

Shaxsiy hayoti Akasi — Abdulazeez Ibrahim, Tarabaning sobiq senatori. Alhassan Taraba shtati futbol assotsiatsiyasini faol qo‘llab-quvvatlagan.

Vafoti 2021-yil 7-mayda Misrdagi COVID-19 pandemiyasi paytida Qohira kasalxonasida vafot etgan.

Prezident Muhammadu Buhari va sobiq vitse-prezident Atiku Abubakar uning oʻlimiga munosabat bildirib, qayg‘uda ekanligini ma’lum qilgan.

Manbalar

Turkum:2021-yilda vafot etganlar Turkum:1959-yilda tugʻilganlar Turkum:Ayollar Turkum:Senatorlar Turkum:Huquqshunoslar Turkum:Vazirlar