Antoinette Clinton (1985-yil 29-sentyabrda tugʻilgan), Butterscotch nomi bilan tanilgan, amerikalik, qoʻshiqchi va musiqachi"Why You Should Be Listening To Rising R&B, Jazz & Hip-Hop Artist Butterscotch". Refinery29. July 2016."Butterscotch Reminds Everyone To Love In ‘Accept Who I Am’". Curve. November 2020..

Faoliyati Butterscotch pianino chalishni yoshligida oʻrgangan, chunki onasi pianino oʻqituvchisi edi. Uning aka-ukalari ham pianino, truba, violonchel, trombon, klarnet, chalishni bilishardi. Clinton ham barcha asboblarni chala olardi. Butterscotch ulgʻaygach, u oʻrta maktabdagi do'stlarini taʼsiri orqali beatboxni oʻrganadi, bundan ilhomlanadi, va oʻrta maktabda yozgan Antoinette qoʻshigʻidan kelib chiqqan holda oʻziga „Butterscotch“ nomini qoʻyadi. U Sacramento, California shahridagi Natomas Charter maktabida va Fine Arts akademiyasida oʻqiydi, hamda u yerda butun eʼtiborini musiqaga qaratadi.

America's Got Talent Butterscotch 2007-yilda ommaviy America's Got Talent loyihasining ikkinchi mavsumida ishtirok etgan. U pianino chalish davomida beatbox ham kuyladi. Butterscotch bir necha epizodlarni ijro etdi va unga tomoshabinlar va hakamlar tomonidan bir necha bor ovoz berildi. U 2007-yil 20-avgustida efirga uzatilgan shouda tomoshabinlar tomonidan ovoz berishidan oldin (tanlovning g‘olib e’lon qilinishini so’nggi bosqichi) to‘rtligida edi. Shuningdek, Butterscotch bir nechta videolari bilan YouTubeda keng tarqaldi va shuhrat qozondi.

Manbalar

Havolalar State Hornet article