After – Anna Todd tomonidan yozilgan „After“ romanlar seriyasi asosida suratga olingan Amerika romantik dramalaridan iborat film seriyasi. Film syujeti Tessa va Hardin ismli yosh er-xotin oʻrtasidagi ishqiy munosabatlarning ijobiy va salbiy tomonlari atrofida boʻladi. Voqealar davomida juftlik turli xil kelishmovchiliklarni yengib oʻtadilar va shu bilan birga kelajaklarini birgalikda qurish rejalarini tuzadilar.

Filmlar tanqidchilar tomonidan salbiy baholangan boʻlsa-da, ular koʻplab muxlislar yigʻa oldi va moliyaviy jihatdan yaxshi natijalarga erishdi.

Seriyaning yana bir davomiy qismi va muqaddimasi mavjud boʻlib, ikkalasi ham hozirda suratga olinmoqda.

Filmlari Film AQShda chiqarilgan sanasi Rejissiyor Ssenariy muallif(lar)i Prodyuserlar Holat After Jenny Gage Susan McMartin and Tamara Chestna and Jenny Gage & Tom Betterton Jennifer Gibgot, Courtney Solomon, Mark Canton, Aron Levitz, Anna Todd, Meadow Williams Chiqarilgan After We Collided Roger Kumble Anna Todd and Mario Celaya Jennifer Gibgot, Courtney Solomon, Mark Canton, Aron Levitz, Anna Todd, Nicolas Chartier and Brian Pitt After We Fell Castille Landon Sharon Soboil Jennifer Gibgot, Courtney Solomon, Mark Canton, Aron Levitz, Nicolas Chartier, Brian Pitt, Jonathan Deckter and Hero Fiennes Tiffin After Ever Happy After Everything Castille Landon Jennifer Gibgot, and Brian Pitt, Aron Levitz, Nicolas Chartier, Courtney Solomon, Mark Canton, Hero Fiennes Tiffin and Castille Landon

After (2019)

Tessa oʻzini fidoyi talaba va mas’uliyatli qiz sifatida koʻradi va har doim oʻrta maktabdagi yigitiga sodiq qoladi. Biroq kollejga ketishga jur’at etganda, u Hardin ismli oʻychan va sirli yigit bilan uchrashada va bularning barchasi shubha ostida qoladi. Voqealarga boy romantik uchrashuvlar orqali Tessa nimaga ishongani, uning xarakteri va kelajakda nimani xohlashi haqida filmda batafsil yoritib berilgan.

After We Collided (2020)

Hardin va Tessaning ehtirosli boshlangan munosabatlarining soʻng, ular beqaror va uzlukli munosabatlarni boshdan kechiradilar. Bunga qaramay, juftlik munosabatlarni bir necha marta qayta boshlashadi va ular o'rtasidagi muhabbat uzoq muddatli munosabat qurish yoʻlini topishga yordam berdi deb ishonishadi. Hardin ko'p hollarda qoʻpollik qilishiga qaramay, Tessa unga doim intiladi. Hardin oʻzining qorongʻu oilaviy oʻtmishi va gʻazabini nazorat qilishidagi muammolari bilan kurashishga harakat qiladi. Hardinning hayotiy tajribalari ochila borgani sari, Tessa ularning birgalikdagi kelajagi haqida shubhalanadi. Janjaldan bir oz o'tib avtohalokatga uchragandan soʻng, Hardin Tessaga faqat zarar keltirishiga ishona boshlaydi .

After We Fell (2021)

Tessaning alkogolga mubtalo boʻlgan, uning yoshligida tashlab ketgan otasi hayotiga qayta kirganda, Tessa va Hardin u bilan munosabat oʻrnatishga harakat qilishadi. Tessa ishga kirish uchun boshqa joyga koʻchishni rejalashtirganida, juftlikning munosabatlari yana taranglashadi. Ular bir-biridan uzoqlashgandan soʻng, boshqa odamlar bilan romantik munosabatlarga qiziqish bildira boshlaydilar. Boshqa variantlarni koʻrib chiqsalar-da, oxir-oqibat ular yarashib olishadi. Ular qayta birlashishga qaror qilishganda, Hardinning haqiqiy oilasi haqidagi oshkor boʻlgan maʼlumotlar juftlikni yangi sarguzashtga undaydi.

After Ever Happy (2022)

Garchi ularning munosabatlari davomida turli qiyinchiliklar boʻlgan boʻlsa-da, Tessa va Hardin oʻz muhabbatlari yanada kuchayganini anglashadi. Ular ikkalasining ham oʻz oilalari va tarbiyalari haqida sirlari borligini bilib qolganda, dastlab oʻylaganlaridek bir-biridan unchalik ham farq qilmasliklarini tushunib yetadilar. Birga oʻtkazgan vaqtlari ularning har birining kuchli va zaif tomonlarini muvozanatga keltirgan edi. Tessa endi ilgarigidek oddiy yaxshi qiz emas va Hardin oʻzining shafqatsiz qattiq tashqi qobigʻini yengib oʻtgan. Shunga qaramay, ular birga oila qurishga intilgan holda, yangi paydo boʻlgan farqlarini yengib oʻtishda davom etadilar.

After Everything (2023)

Hardin Tessaning undan uzoqlashib, u bilan birga boʻlishni istamaganidan yuragi parcha boʻladi. Hardin u bilan birga boʻlishni xohlaydi. Tessa Hardinga hayotida davom etishini aytadi. Hardin Nataliyedan unga qilgan barcha noxush ishlari uchun kechirim soʻrash uchun Portugaliyaning Lissabon shahriga boradi. Nataliye bilan yuzma-yuz uchrashganda, Nataliye uning ketishini xohlaydi. Hardin Sebastianga (Nataliyening doʻstiga) duch keladi, Sebastian Hardindan nafratlanadi va unga „agar menga bogʻliq boʻlganda, sen qamoqda chirib ketarding“ deydi. Keyinchalik Hardin Sebastian bilan toʻxtovsiz janjallashgani uchun qamoqqa tushadi. Bu vaziyatlardan keyin Hardin va Tessaning birga boʻlishi-boʻlmasligi soʻroq ostida qoladi.

Future (2024) 2021-yil aprel oyida seriyaning yana ikkita qoʻshimcha qismi ishlab chiqilayotgani eʼlon qilingan. Bular prikvel (oldingi voqealar haqida hikoya qiluvchi film) va sikvel (keyingi voqealar haqida hikoya qiluvchi film) boʻlib, 2021-yil kuzida ketma-ket suratga olinishi rejalashtirilgan edi. Bu filmlarni Castille Landon yozishi va rejissyorlik qilishi tasdiqlangan. Oʻsha yilning iyun oyida rejissyor avval MMA mavzusi atrofida qurilgan muhabbat tarixi haqidagi original ssenariy asosida asosiy suratga olish ishlarini yakunlab, soʻngra film seriyasi ustidagi ishini davom ettirishini maʼlum qilgan.

Before (2025) 2021-yilda Landon „Before“ nomli novella asosida yaratilgan prikvel haqida maʼlumotlarni oshkor qilgan. Ushbu prikvel Hardinning Tessa bilan uchrashishidan oldingi hayotini tasvirlaydi. Loyiha kengroq miqyosni qamrab oladi va syujetni yanada kengaytirib, qahramonning ruhiy jarohatlari va oilaviy hayotini ham oʻz ichiga oladi. Filmda qahramonning yoshligi tasvirlanishi sababli, Fiennes Tiffin bu rolni ijro etmaydi.

Nomlanmagan sikveli „After Ever Happy“ filmining epilogidagi tafsilotlardan ilhomlangan holda, syujet Scott oilasining keyingi avlodi atrofiga quriladi. Filmning asosiy qahramonlari Emery va Auden Scott, shuningdek, ularning amakivachchasi Addy hisoblanadi. Hardin va Tessa ikkinchi darajali qahramonlar qatorida Emery va Audenning ota-onalari sifatida syujetga qoʻshiladi. Tiffin va Langford oʻz rollarini ijro etishmaydi. Film yozuvchisi va rejissyori Landon film ota-onalarning gunohlarini yelkalab yurgan va undan qutulishga urinayotgan bolalarini tasvirlashini aytadi. Garchi hikoya avvalgi moslashuvlarga qaraganda kamroq manba materialiga ega boʻlsa-da, kinoijodkor bu avvalgi qismlarga sodiq qolishini taʼkidlagan.

Aktyorlar tarkibi Qahramonlar Filmlar After After We Collided After We Fell After Ever Happy After Everything 2019 2020 2021 2022 2023 Asosiy rollar Tessa Young Josephine LangfordSamantha Fries Josephine Langford Hardin Scott Hero Fiennes Tiffin Hero Fiennes Tiffin Hero Fiennes Tiffin Hero Fiennes Tiffin Hero Fiennes Tiffin Carol Young Selma Blair Mira Sorvino Landon Gibson Shane Paul McGhie Chance Perdomo Karen Scott Jennifer Beals Karimah Westbrook Frances Turner Ken Scott Peter Gallagher Rob Estes Yordamchi rollar Molly Samuels Inanna Sarkis   Tristan Pia Mia   Steph Jones Khadijha Red Thunder   Zed Evans Samuel Larsen   Noah Porter Dylan Arnold   Trevor Matthews   Dylan Sprouse   Trish Daniels   Louise Lombard Christian Vance   Charlie Weber Stephen Moyer Kimberly   Candice King Arielle Kebbel Richard Young   Stefan Rollins Atanas Srebrev   Robert Freeman   Carter Jenkins Nora   Kiana Madeira Smith Vance   Max Ragone Anton Kottas Emery Young   Aya Ivanova Nathalie   Mimi Keene Sebastian   Benjamin Mascolo Naomi   Ella Martine Maddy   Jessica Webber

Jamoa va tafsilotlar FilmJamoa/Tafsilot Bastakor Kinematograf(lar) Muharrir Ishlab chiqaruvchi kompaniyalar Namoyish etuvchi kompaniyalar Davomiyligi After Justin Burnett Adam Silver, Tom Betterton Michelle Harrison Voltage Pictures, Offspring Entertainment, CalMaple Media, Diamond Film Productions, Frayed Pages Entertainment, Wattpad Entertainment Aviron Pictures 106 daqiqa After We Collided Larry Reibman Anita Brandt-Burgoyne Voltage Pictures, Offspring Entertainment, CalMaple Media, Frayed Pages Entertainment, Wattpad Entertainment Open Road Films 105 daqiqa After We Fell George Kallis Rob C. Givens, Joshua Reis Morgan Halsey Voltage Pictures, Vertical Entertainment, CalMaple Media, Ethea Entertainment, Wattpad Entertainment Voltage Pictures 99 daqiqa After Ever Happy Voltage Pictures, CalMaple Media, Wattpad Studios 95 daqiqa After Everything Joshua Reis Joshua Kirchmer Voltage Pictures, Wattpad Studios 93 daqiqa

Qabul qilinishi Kassa yigʻimi Film Kassa yigʻimi Umumiy reytingi Byudjet Manba(lar) AQSh va Kanada Boshqa hududlar Dunyo boʻylab AQSh va Kanada Dunyo boʻylab After $12,138,565 $57,359,022 $69,497,587 #4,820 #1,984 $14,000,000 After We Collided $2,386,483 $45,603,931 $47,990,414 #7,457 #2,142 $14,000,000 After We Fell $2,170,750 $19,398,396 $21,569,146 #7,587 #3,539 $14,000,000 After Ever Happy $1,072,750 $18,165,323 $19,238,073 #8,717 #4,469 — After Everything — $10,628,992 $10,628,992 — — — Totals $17,768,548 $151,155,664 $168,924,212 #7,145 #3,034 >$42,000,000

Tanqidiy qabul Film Rotten Tomatoes Metacritic After 18% (39 ta sharh) 30 (8 ta sharh) After We Collided 12% (17 ta sharh) 14 (4 ta sharh) After We Fell 8% (12 ta sharh) After Ever Happy 0% (7 ta sharh) After Everything — (2 ta sharh)

Manbalar

Havolalar

Turkum:Romantik film seriyalari Turkum:Drama film seriyalari Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar