„Itʼs Okay to Not Be Okay“ (rus. Псих, но всё в порядке, kor. 사이코지만 괜찮아) – 2020-yilda suratga olingan Janubiy Koreya teleseriali. Ssenariy muallifi – Jo Yong, rejissyor – Park Shin-woo va bosh rollarni Kim Soo-Hyun, Seo Yea-ji, Oh Jung-se va Park Gyu-younglar ijro etishgan. Serial bolaligi shaharda oʻtgan, muhabbati tufayli qaytib kelgan, gʻayritabiy bolalar yozuvchisi Ko Moon-young va oʻz hayotini autizm kasalligiga chalingan akasi Moon Sang-taega gʻamxoʻrlik qilishga bagʻishlagan psixiatriya boʻlimi mutasaddisi Moon Gang-tae haqida. Serial ilk marotaba 2020-yil 20-iyundan 9-avgustgacha tvN kanalida har shanba va yakshanba kunlari Janubiy Koreya vaqti bilan soat 21:00 da efirga uzatildi va baʼzi davlat aholisi uchun Netflix platformasi orqali ham koʻrish imkoniyati yaratilgan.
Nielsen Korea maʼlumotlariga koʻra, serial butun mamlakat boʻylab oʻrtacha 5,4% teletomoshabinlar reytingini qayd etgan. Bu Janubiy Koreya Netflix platformasida 2020-yilning eng mashhur romantik seriali boʻldi. Koʻp tanqidchilar serialni ijobiy baholadilar; baʼzilari serialning ikkinchi yarmidagi yozuvni tanqid qilishgan boʻlsa-da, aktyorlarning ijro mahoratini yuqori baholadilar.
The New York Times jurnali „Itʼs Okay to Not Be Okay“ teleserialini „2020-yilning eng yaxshi xalqaro teleseriali“ deb taʼrifladi. „Baeksang Arts Awards“ marosimining 57-taqdirlash jarayonida k-drama ikkita gʻoliblik (Eng yaxshi yordamchi plandagi aktyor va Eng yaxshi texnik yutuq – libos dizayni uchun)ni qoʻlga kiritish bilan birgalikda sakkizta nominatsiyani ham oldi. Bundan tashqari, 49-xalqaro „Emmy Awards“da „Eng yaxshi telefilm yoki miniserial“ nominatsiyasida uning nomzodligi qoʻyildi.
Voqealar rivoji
Moon Gang-tae autizmga chalingan akasi Moon Sang-tae bilan yashaydi. Sang-tae onasining oʻldirilishiga guvoh boʻlganidan keyin ular tez-tez oʻzlari yashayotgan joylarini almashtirib turishadi. Gang-Tae koʻchib oʻtgan har bir shahardagi psixiatriya boʻlimida bemorlarni parvarishlovchi xodim sifatida ishlaydi. Gang-tae shahar shifoxonalaridan birida ishlash davomida, atrofdagi turli mish-mishlarga koʻra, antisotsial shaxsiyat buzilishi kaslligiga chalingan mashhur bolalar yozuvchisi Ko Moon-young bilan uchrashadi.
Vaziyat Gang-taeni Seongjinni, bosh qahramonlarning barchasining bolaligi oʻtgan shaharda joylashgan OK psixiatriya kasalxonasida ishlashga majbur etadi. Moon-young Moon Gang-tae va Moon Sang-tae bilan birgalikda bolaligini oʻtkazganliklarini bilganidan soʻng, ular yana asta-sekinlik bilan avvalgidek doʻstlashib, Seongjinda bir-birlarining hissiy jarohatlarini davolay boshlaydilar. Shaxsiy hayotlari bilan bogʻliq koʻplab sirli jumboqlarni birgalikda yechadilar, bir-birlaridan tasalli izlaydilar va birgalikda harakat qilishadi.
Rollarda
Kim Soo-hyun – Moon Gang-tae rolida; Moon Woo-jin – yosh Moon Gang-tae rolida; OK psixiatriya kasalxonasida ishchi xodim. Atrofidagi barchaga mehribon boʻlsa-da, u oʻtmishdagi tajribalari kelib chiqib, oʻzini-oʻzi hurmat qilish uchun kurashadi va akasidan boshqa hamma bilan yaqin munosabatda boʻlishdan qochadi.
Seo Yea-ji – Ko Moon-young rolida>; Kim Su In – yosh Ko Moon-young rolida; Antisotsial shaxs buzilishiga chalingan mashhur bolalar yozuvchisi. Uning ota-onasi bilan munosabatlari va bolaligi yaxshi kechmaydi. Gang-tae bilan sodir boʻlgan tasodifiy uchrashuvdan soʻng, u psixiatriya shifoxonada bemorlarni parvarishlovchi xodimning eʼtiborini jalb qilish uchun haddan tashqari harakat qiladi.
Oh Jung-se – Moon Sang-tae rolida<; Lee Kyu-sung – yosh Moon Sang-tae rolida; Moon Gang-taening autizmga chalingan akasi, Moon-youngning muxlisi hamda intiluvchan illyustrator. Moon sang-tae onasining oʻldirilishiga yagona guvoi boʻlgani, unda kapalaklarga nisbatan irratsional qoʻrquvning paydo boʻlishiga olib keladi. Har bahorda bemorning qoʻrquvi dahshatli tushlarga aylanib va Gang-taeni „kapalaklardan qochish“ uchun u bilan shahardan shaharga koʻchib yurishiga majbur qiladi.
Suratga olish jarayoni „It’s Okay to Not Be Okay“ filmi „Studio Dragon“ tomonidan suratga olingan boʻlib, ssenariy Jo Yong tomonidan yozilgan, Park Shin-woo rejissyor hamda „Story TV“ va „Gold Medalist“ tomonidan efirga tayyorlangan. Jo Yong dramani hayotida sodir boʻlgan real voqealarga, shaxsiyatidagi hissiy muammolar mavjud boʻlgan erkak bilan bo'lgan suhbatiga asoslab yaratadi. Muallif autizmga chalingan bemorlarning hikoyalarini tinglash orqali Moon Sang-tae xarakterini kengroq ochib beradi va rivojlanishida nuqsoni boʻlgan odamlar ishlaydigan Bear Better ijtimoiy korxonasi bosh direktori tomonidan tavsiya etilgan kitoblardan foydalanadi. Moda direktori Cho Sang-kyung kostyumlarga rahbarlik qilgan, dizayner Minju Kim esa Ko Moon-youngning baʼzi liboslarini loyihalashtirgan.
Media Kitoblar Dramada ko‘rsatilgan beshta bolalar ertak kitobini Jo Yong yozgan va kontseptual rassom Jamsan tomonida tasvirlangan. Ular 2020-yil iyul va avgust oylarida Wisdom House nashriyoti tomonidan koreys tilida chop etilgan. Kyobo kitob markazi va YES 24 tomonidan berilgan maʼlumotlarga koʻra, foydalanilgan beshta kitobning barchasi "Oyning eng koʻp sotilgan 20 ta kitobi" roʻyxatiga kiritilgan va ularning sotuvi 9 baravarga oshganligi qayd etiladi. 2021-yilda esa beshta kitobning barchasi Vu Jae-Hyung tomonidan braziliya va portugal tillariga tarjima qilinib, mart va may oylarida Intrínseca nashriyotida bosmadan chiqariladi.
№ Kitob nomi (Inglizcha tarjimasi) Sahifalar soni Nashr etilgan sana ISBN1 Zombie Kid (좀비아이) 24 13-iyul, 2020-yil 2 The Boy Who Fed on Nightmares (악몽을 먹고 자란 소년)[a] 16 18-iyul, 2020-yil 3 The Dog of Spring Day (봄날의 개) 16 30-iyul, 2020-yil 4 The Hand, the Monkfish (손, 아귀) 20 15-avgust, 2020-yil 5 Finding the Real Faces (진짜 진짜 얼굴을 찾아서) 24 31-avgust, 2020-yil
Sountreklar
2021-yil 9-avgustda raqamli ketma-ketlik ravishda chiqarilgan „Itʼs Okay to Not Be Okay“ serialiga bagʻishlangan saundtrek albomi musiqa direktori boʻlgan Nam Hye-seung tomonidan yozilgan. Albomda serial qismlaridan 16 ta qoʻshiq, shuningdek, singl va 20 ta partitura ham yigʻilgan. Unda Janet Sugh, Heize, Sam Kim, Park Won, Lee Su-hyun, Kim Feel, Cheeze, Yongzoo va Elainelarning vokal chiqishlari mavjud. Tayyor boʻlgan albom 15-avgust kuni tugaydigan haftalik Gaon Albomlar Roʻyxatida 14-oʻrinda debyut, keyingi haftada esa toʻrt pogʻona yuqorilab, 10-oʻrinni qayd etdi.
№ Nomi Ijrochi Davomiyligi1 "You’re Cold" (더 많이 사랑한 쪽이 아프대; The One Who Loved You More Hurts) HEIZE 3:542 Breath (숨) Sam Kim 4:133 My Tale PARK WON 3:464 "Wake Up" Elaine 4:145 "Got You" GA EUN 3:136 "Your Day" Kim Ki Won feat. Kim Bom 1:517 "In your time" (아직 너의 시간에 살아; I’m Still Living in Your Time) LEE SUHYUN 4:288 "In Silence" Janet Suhh 3:299 "I’m Your Psycho" Janet Suhh 3:2910 "Lighting Up Your World" Janet Suhh 3:1811 "Hallelujah" (나도 모르는 노래; A Song I Donʼt Know) Kim Feel 4:2712 "Little by Little" (너라서 고마워; Thank You For Being You) CHEEZE 4:2613 "Puzzle" (퍼즐) YONGZOO 3:55
Manbalar
Havolalar koreyscha
Turkum:Janubiy Koreya teleseriallari Turkum:Koreys tilidagi televizion shoular