Khalid Boulahrouz (1981-yil 28-dekabr) – Gollandiyalik sobiq professional futbolchi. Chelsea, Seviliya, Stuttgart, Sporting kabi klublarda himoyachi sifatida toʻp surgan.

Khalid Gollandiya, Germaniya, Angliya, Ispaniya, Portugaliya va Daniya ligalarining yuqori divizion klublarida faoliyat olib borgan. 2004-yildan 2012-yilgacha toʻliq terma jamoa safiga jalb etilgan boʻlib, jami 2 ta Jahon chempionati va 2 ta Yevropa chempionatida Niderlandiya sharafini himoya qilgan.

Shaxsiy hayoti Boulahrouz Gollandiyadagi Maassluis shahrida kelib chiqishi marokashlik boʻlgan oilada tugʻilgan. Futbolchi oilada sakkiz farzanddan biri edi. Yoshligida Ajax va Haarlem klublarining yoshlar akademiyalarida toʻp surgan. Oʻn olti yoshidayoq otasi vafot etgach oila maʼsuliyati uning zimmasiga tushadi.

2006-yil dekabr oyida futbolchi Sabia Thele isimli ayol bilan turmush quradi. Yevro 2008 turnirining Rossiya terma jamoasiga qarshi chorak final bahsiga tayyorgarlik chogʻida futbolchi Anissa isimli qiz farzandli boʻladi. Ammo koʻp oʻtmay qizi Lausanne shifoxonasida vafot etadi. Shunga qaramasdan futbolchi Rossiyaga qarshi bahsda maydonga tushishga qaror qiladi. Jamoadoshlari Anissaning xotirasiga qoʻllariga bir xil qora rangli bogʻich bogʻlagan holda maydonga tushishgan. Juftlik yana ikki farzandli boʻlishadi. 2013-yilning yanvarida esa Khalid va Sabia rasman ajrashishganligi eʼlon qilindi.

Klublardagi faoliyati Boulahrouz yoshlik chogʻlarida Maassalius, Ajax, DSOV, Haarlem va Az Alkmaar jamoalarining akademiyalarida oʻynagan.

RKC Waalwijk Dastlab turfa xil klublarda faoliyat yuritgan futbolchi nihoyat Martin Jol boshqaruvidagi Waalwijk klubida biroz barqaror oʻyin amaliyotiga ega boʻladi. Khalid professional futboldagi debyutini 2002-yilning 9-mart kuni Heerenveen jamoasiga qarshi bahsda oʻtkazgan.

Hamburger SV RKC jamoasida oʻtkazgan ikki mavsumdan soʻng 2004-2005-yilgi mavsumning boshida himoyachi Bundesliganing Hamburger klubiga koʻchib oʻtdi. Hamburgdaligi vaqtida agressiv oʻyinlari sababli jamoadoshlari unga „Khalid der Kannibale“ (odamxoʻr Khalid) laqabini berishadi. Germaniyadagi ikki mavsumi davomida 16 ta sariq va 3 ta qizil kartochka olgani ham bu gapning qisman isboti boʻla oladi.

Chelsea thumb|289x289px|Boulahrouz Chelsea tarkibida 2006-yilning 18-avgustida Chelsea Boulahrouznining transferi boʻyicha Gamburgliklar bilan kelishuvga erishdi. Himoyachi ingliz klubi uchun taxminan 8,5 million funt sterlingga (€ 12 million) tushdi. 2006-2007-yilgi mavsumning dastlabki turlarida futbolchining qaydnomaga kiritilmaganini murabbiy Jose Mourinho futbolchining shartnomasi boʻyicha ishlar toʻliq yakunlanmaganligi bilan izohladi. 2006-yilning 21-avgustida futbolchining transfer ishlari rasman yakunlandi. Olti kundan keyin Blackburn Rovers jamoasiga qarshi bahsda Khalid Premyer-ligadagi debyutini oʻtkazgan. Futbolchiga Hernán Crespodan keyin boʻsh qolgan 9-raqam berildi.

Sevilla (ijara) Boulahrouz 2007-08-yilgi mavsum uchun Ispaniyaning Sevilla klubiga bir mavsum uchun ijaraga berildi. Biroq futbolchi u yerda bor yoʻgʻi oltita oʻyinda maydonga tushirildi va 2008-yilning boshida londonliklar safiga qaytdi. Mavsum yakuniga qadar Chelsea jamoasi unga boshqa oʻyin amaliyoti taqdim etmadi.

VfB Stuttgart 2008-yil 21-iyul kuni VfB Stuttgart klubi Boulahrouzni 5 million yevro evaziga oʻz safiga qoʻshib oldi. Dastlabki uch mavsumida himoyachiga nisbatan kam oʻyin amaliyoti taqdim etildi. Biroq 2011-2012-yilgi mavsumdan boshlab Khalid jamoaning asosiy tarkib futbochisiga aylandi va Bundesliga doirasida jami 29 uchrashuvda maydonga tushdi. 29 yoshli himoyachi 2011-yil 17-sentyabr kuni SC Freiburg jamosiga qarshi bahsda Germaniya oliy divizionidagi yuzinchi uchrashuvini oʻtkazdi. Ikki hafta oʻtgach 2011-yil 30-sentyabridagu Kaiserslautern klubiga qarshi bahsda Boulahrouz Stuttgart safidagi debut goli muallifiga aylandi.

2012-yil may oyida VfB Stuttgart jamoasi sharnomasi yakunlangan Khali jamoani erkin agent sifatida tark etishini eʼlon qildi.

Sporting CP 2012-yil 18-iyul kuni Boulahrouz PortugaliyaningSporting klubi bilanikki yillik shartnoma imzoladi. U klub safida 11 ta liga oʻyinida maydonga tushdi va 2013-yil 3-sentyabrda uning klub bilan shartnomasi bekor qilindi.

Brøndby IF 2013-yil 7-oktyabr kuni Boulahrouz Brøndby jamoasi bilan 2014-yil yozgacha moʻljallangan shartnoma imzoladi. Koʻchirish koʻp haftalik muzokaralar oʻtgach tasdiqlandi. U oʻsha mavsumda Brøndby IF uchun 13 ta ligada oʻyninida maydonga tushdi. Boulahrouz Brøndbyda juda koʻp jarohat olgani sabab klub futbolchi bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi va mavsum yakunida Khalid erkin agentga aylandi.

Feyenoord 2014-yilning 14-iyulida himoyachi erkin agent sifatida Feyenoord klubi safiga qoʻshildi. 2016-yilning 11-fevralida Feyenoord bilan shartnomasi yakunlanganidan salkam yarim yil oʻtib Khalid futbolchilik faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi.

Terma jamoadagi faoliyati thumb|210x210px|Boulahrouz sobiq Niderlandiya terma jamoasi murabbiyi Marco van Basten bilan. RKC klubidagi yorqin oʻyinlaridan soʻng terma jamoa murabbiyi Marco van Basten uni terma jamoaga jalb qila boshladi. 2004-yilning sentyabr oyida boʻlib oʻtgan Jahon Chempionati saralashi doirasidagi Lixtenshteyn terma jamoasiga qarshi uchrashuvda himoyachi Niderlandiya terma jamoasi safidagi debyut oʻyinini oʻtkazadi. 2011-yilning noyabr oyidagi maʼlumotlarga koʻra Boulahrouz terma jamoa safida jami 34 oʻyinda maydonga tushgan.

Boulahrouz FIFA Jahon chempionati 2006 nimchorak finali doirasidagi Portugaliyaga qarshi bahsda u qizil kartochka olib maydonni tark etgan. U Luís Figoga tirsak qismi bilan zarba berganligi uchun ikkinchi sariq kartochkasiga loyiq koʻriladi. Bundan avval yettinchi daqiqada Cristiano Ronaldoga qarshi ishlatgan qoʻpolligi uchun birinchi sariq kartochkani olgan edi. Ushbu qoʻpollikdan soʻng Ronaldo jarohat olib maydonni tark etgan edi. Chempionatning ushbu oʻyinida hakam Valentin Ivanov jami hisobda oʻn oltita sariq va toʻrtta qizil kartochka koʻrsatgan.

Yevro 2008 turniri oldida Liverpool hujumchisi Ryan Babelning jarohat olishi natijasida futbolchi uning oʻrniga yakuniy terma jamoa qaydnomasiga kiritiladi.

FIFA Jahon chempionati 2010 Boulahrouz 2010-yil Janubiy Afrikada boʻlib oʻtgan FIFA Jahon chempionati uchun terma jamoasining dastlabki kengaytirilgan tarkibiga kiritildi. Keyinchalik 2010-yil 27-may kuni eʼlon qilingan, murabbiy Bert van Marwijk boshchiligida yakuniy chempionatga boradigan 23 kishilik tarkibdan ham joy oldi. Boulahrouz Niderlandiyaning guruhdagi soʻnggi Kamerunga qarshi bahsida asosiy tarkibga kiritildi. Bundan tashqari Urugvayga qarshi yarim final oʻyinida maydonga tushadi.

Murabbiylik faoliyati 2021-yilning boshida Boulahrouz yoshlikdagi klubi AZ Alkmaarga qaytdi va u yerda dastlab 18 yoshgacha boʻlganlar jamoasida yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritdi. 2021-yil sentyabr oyida esa u jamoa bilan murabbiy sifatida dastlabki professional shartnomasini imzoladi va asosiy jamoaga himoyachilar murabbiyi boʻlib qoʻshildi. 2021-2022-yilgi mavsum yakunida esa u vazifasidan ozod etildi.

Statistika

Klub +Klub safidagi liga oʻyinlari doirasidagi va umumiy statistikaKlubMavsumLigaUmumiyDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarRKC Waalwijk2001–02Eredivisie10102002–033103502003–042943252004–053040Umumiy644725Hamburger SV2004–05Bundesliga2412622005–06280340Umumiy521602Chelsea2006–07Premyer-liga130200Sevilya (ijara)2007–08La Liga6080VfB Stuttgart2008–09Bundesliga2102602009–1060802010–111602402011–12212232Umumiy632812Sporting2012–13Primeira Liga110140Brøndby IF2013–14Daniya Superligasi130130Feyenoord2014–15Eredivisie120180Umumiy23572879

Terma jamoa +Milliy terma jamoa safidagi statistikasi Milliy jamoaYilOʻyinlarGollarNiderlandiya200430200570200690200720200860200910201030201130201210Umumiy350

Sovrinlar Hamburger SV

UEFA Intertoto kubogi: 2005

Niderlandiya

FIFA Jahon chempionati finalchisi: 2010

Manbalar

Turkum:VfB Stuttgart futbolchilari Turkum:UEFA Yevro 2012 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2008 oʻyinchilari Turkum:Sporting CP futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Portugaliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Germaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Niderlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:Erkaklar futbol markaziy himoyachilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2010 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2006 oʻyinchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1981-yilda tugʻilganlar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Niderlandiyalik muhojir erkak futbolchilar