Genevieve Artadi (1982-yil 1-iyulda tugʼilgan) – amerikalik musiqachi va qoʼshiqchi. U Louis Cole bilan birga mustaqil elektron jazz-fank duetini yaratgan. U oldin Pollyn elektro-pop guruhining bosh vokalisti boʼlgan va Jacob Collier, Snarky Puppy va Thundercat kabi sanʼatkorlar bilan hamkorlik qilgan.
Hayoti va ijodi Artadi 1982-yil 1-iyulda Los-Anjelesda tugʼilgan. Uning ota-onasi Filippindan AQShga koʻchib kelgan va Artadi bolaligida rok-guruhlarida musiqachi boʼlgan. Natijada, Artadi har ikki yoki uch yilda bir marta koʻchib oʻtadigan bolalik davrini oʻtkazgan.
Talabalik davrida Artadi pianino va Polineziya raqslari darslarida ishtirok etgan. U yettinchi sinfida birinchi boʻlib Natalie Colening 1991-yildagi „Unutilmas… muhabbat bilan“ albomini tinglagan va jazzga boʻlgan qiziqishi uygʻongan. U Kaliforniya shtati universitetida oʻqidi va Northridgedagi jazz fanlari boʻyicha diplomini oldi. Keyinchalik ham, Kaliforniya shtati universiteti, Long Beachhda oʻqishni davom ettirdi.
Faoliyati Artadi ilk bor 1998-yilda Los-Anjelesda tashkil etilgan Pollyn elektro-pop triosining solisti, pioninachi sifatida ishtirok etgan va 2003-yilda oʻzining birinchi EP-sini chiqargan . Uning asosiy taʼsiri Portishead va Massive Attack guruhlari boʻlgan.
2009-yilda Artadi saksofonchi Robby Marshall orqali sozanda Louis Cole bilan uchrashdi. Keyinchalik Artadi va Cole birgalikda musiqa yaratishni boshladilar va „Knower“ jazz-fank duetini yaratdilar. 2010-yil oktabr oyida Louis Cole va Genevieve Artadi pop qoʻshiqlari nomli birinchi albomni chiqarishdi. 2016-yilda Artadi va Cole Snarky Puppy va Family Dinner – Volume 2 nomli albomlarini chiqarishdi. Artadi Colening 2018 yilgi Time albomidagi „When You’re Ugly“ qoʻshigʻini ijro etgan.
2015-yilda Artadi oʻzining „Genevieve Lalala“ yakkaxon albomini chiqardi. Uning 2020-yilda tugatgan ikkinchi yakkaxon Dizzy Strange Summer albomini chiqardi va keyinchalik, Louis Cole bilan shartnoma imzoladi va oʻsha yilning oxirida albomni yorliq ostida chiqardi. Colening „Edge of the Cliff“ albomi asosan 2016 va 2017 yillar oraligʻida yozilgan va jazz, pop va trip hop elementlarini oʻz ichiga olagan.
2021-yilda Artadi, Cole va Thundercat bilan birga „Satellite“ trekida ishtirok etgan HBO Insecure serialining beshinchi mavsum saundtrekini yaratgan.
2023-yil mart oyida Artadi oʻzining uchinchi yakkaxon albomi Forever Foreverni, ikkinchi Brainfeeder albomini chiqardi. Albom Meksikadagi El Desierto studiyasida yozilgan va unda Cole, gitarachi Pedro Martins, sozanda va vokalchi Chiquita Magic va pianinochi Chris Fishman ishtirok etgan. Artadining aytishicha, albom sevgi mavzusida boʻlib, qisman uning Martins bilan oʻsha paytdagi munosabatlaridan ilhomlangan. Albom treklarining yarmi Artadining Shvetsiyalik Norrbotten Big Band bilan hamkorligidan soʻng, dastlab katta guruh uchun yozilgan. AllMusic tanlovida Paul Simpson Forever Forever „Yil albomi“ unvoniga sazovor boʻlib, uni qoʻshiqlarga har doim tabiiy va mantiqiy mos keladigan tugunli aranjirovkalar va batafsil sololar bilan toʻldirilgan rang-barang, yuqori chastotali tovush deb topildi. 2023-yilda Pitchfork albomini „Great Records You May Have Missed“ roʻyxatiga kiritildi.
Artadi shundan soʻng oʻzining toʻrtinchi yakkaxon albomi ustida ishlay boshladi.
Manbalar
Havolalar