Mark Rober (11-mart 1980-yilda tugʻilgan) – amerikalik Youtuber, muhandis, ixtirochi va oʻqituvchi. U YouTubeda ilm fandagi kashfiyotlar va gadjetlari haqidagi videolari bilan tanilgan. Youtuber boʻlishdan oldin Rober NASAda toʻqqiz yil muhandis boʻlib, u yerda NASA Jet Propulsion Laboratoriyasida „Curiosity Roveri“ loyihasida yetti yil ishlagan. Keyinchalik u Apple Inc. kompaniyasida toʻrt yil davomida maxsus loyihalar guruhida mahsulot dizayner sifatida ishladi. Erta hayoti va taʼlimi Rober Brea shahrida uchta farzandlar orasida eng kenjasi boʻlib oʻsdi. U 1998-yilda Brea Olinda oʻrta maktabini tugatdi. U yoshligida muhandislikka qiziqib, piyozni kesishda koʻzni yoshlantirmaydigan koʻzoynak yasadi. Rober 2004-yilda Brigham Young universiteti (BYU)dan mexanik muhandislik boʻyicha bakalavr darajasini olgan. Keyinchalik u 2014-yilda Janubiy Kaliforniya universiteti (USC)dan mexanik muhandislik fanlari boʻyicha magistratura diplomini qoʻlga kiritgan.

Karyerasi

NASAdagi faoliyati Rober 2004-yilda NASA Jet Propulsion Laboratoriyasiga (JPL) qoʻshildi. U yerda toʻqqiz yil ishladi, ulardan yetti yilini hozirda Marsda joylashgan „Curiosity roveri“ga sarflagan. U AMT, GRAIL, SMAP va Mars Science Laboratory kabi bir nechta JPLning topshiriqlarda uskunalarni loyihalashtirdi va yetkazib berdi. NASAda boʻlganida, Rober „JPL Wired“ ning asosiy arxitektorlaridan biri boʻlgan, bu keng qamrovli bilimlarni vikipediyadan olar edi.

YouTube kanali, ilm-fan Rober NASAdagi faoliyati davomida tez ommaboplashgan virusli videolarni yaratishni boshladi. Uning videolari turli xil mavzularni qamrab oladi, aprel kulgi kunidagi hazilar uchun gʻoyalar,qochish xonasini chetlab oʻtish va hayvonot bogʻlarida primatlarni tez ommalashadigan tarzda suratga olish haqida oʻrgatadi. U shuningdek, koʻplab videolarida ilm-fanni himoya qiladi.

2011-yil oktyabr oyida Rober YouTubega birinchi videosini joylagan. Videoda Halloween kostyumi uchun 2 iPaddan foydalanib, tanasi orqali koʻrish illyuziyasini yaratgan. Uning „Gaping hole in torso“ kostyumining videosi bir kunda 1,5 million marta koʻrildii. Keyingi yili Rober video bilan bir xil kontseptsiyaga asoslangan Halloween kostyumlarini ishlab chiqaradigan onlayn Halloween kostyum kompaniyasi boʻlgan Digital Dudzni ishga tushirdi (Rober patentga ega). Kompaniya oʻz faoliyatining birinchi uch haftasida 250 ming dollar daromad oldi va 2013-yilga kelib uning dasturga integratsiyalashgan kostyumlari Party City kabi chakana doʻkonlarda sotildi. Kostyumlar CBS News, CNN, Jay Leno bilan Tonight Show, Fox, Yahoo! News, "Diskovery Channel", The Today Show va GMA kabi yangiliklar kanallarida efirga uzatilib kelingan. U kompaniyani 2013-yilda Buyuk Britaniyada joylashgan Morphsuits kiyim-kechak kompaniyasiga sotdi. left|thumb|256x256px|Mark Robertsning yaltiroq bomba namoyishi 2018-yil dekabr oyida Rober oʻgʻrilarning ustiga yaltiroq sepib, yoqimsiz hid chiqaradigan muhandislik qurilmasi bilan pochta oʻgʻrilarini qanday aldagani koʻrsatilgan videoni joylashtirdi. Videoning koʻrishlar soni bir kunda 25 million koʻrishga ega boʻlgan. Rober keyinchalik oʻgʻrilarning ikkitasi aslida oʻgʻrilarni ushlab qolishga yordam berish uchun yollagan kishining doʻstlari ekanligini bilib, kasetaga tushirilgan besh hodisalardan ikkitasini olib tashladi. Rober 2019-yil dekabr oyida Macaulay Culkin bilan hamkorlik qilib, yaxshilashtirilgan dizayn bilan keyingi qismini joylashtirdi.

2021-yilda Rober „Backyard Squirrel Maze“ videosini chiqardi, unda olmaxonlar qushlarning ovqatini oʻgʻirlashdan toʻxtatish uchun orqa hovlisida qurgan toʻsiqlar yoʻlini koʻrsatgan. U bir yildan keyin yangilangan toʻsiq yoʻnalishining keyingi videosinini chiqargan. 2023-yil sentyabr oyida asl videoda 114 million marta koʻrilgan edi; ikkinchi videoda 80 million va uchinchi videoda 25 million martaga yetgan.

Rober Men's Health jurnalida maqolalar chop etgan,shuningdek, 2015-yilda TEDxda „Qanday qilib yaxshi gʻoyalar oʻylab topish mumkin“ sarlavhasi ostida taqdimot oʻtkazgan va yana bir taqdimot „Super Mario taʼsiri – qanday qilib miyangizni koʻproq oʻrganishga majburlash“ deb nomlangan. Rober „Jimmy Kimmel Live“da koʻp marta chiqish qilgan,shu jumladan, 2022-yil iyul oyida shou mehmoin boʻlgan.

2018-yilda Rober Apple Inc. uchun virtual haqiqat loyihalari boʻyicha yashirin ravishda ishlayotganligi xabar qildi. Shu jumladan, Rober virtual haqiqat bilan bogʻliq ikkita patent yozgan. Rober 2015-yildan 2020-yil boshlariga qadar Applening maxsus loyihalar guruhi tarkibida mahsulot dizayner sifatida ishlagan. 2020-yilda Rober "Diskovery Channel"ning Qasoskorlar shousida Jimmy Kimmel bilan birga yashirin kamera bilan rol oʻynadi. Shuningdek, Discovery Channelda „Bu Mark Rober“ seriyali ham suratga olingan.

2019-yil oktyabr oyida MrBeast va Rober 20 million daraxt ekishi twitterda taklif qilingandan keyin #TeamTrees nomli loyihani chiqardilar. MrBeast va Rober bu vazifani amalga oshirish uchun butun dunyo boʻylab youtuberlar bilan hamkorlik qildilar. Maqsad 2020-yilga qadar Arbor Day jamgʻarmasi uchun 20 million dollar mablagʻ yigʻish edi, Arbor Day Foundation esa toʻplangan har bir dollar uchun bitta daraxt oʻstirishdi. 2021-yilda u MrBeast bilan #TeamSeasni tashkil etdi, u plyajlar va dengizlar tozalash uchun 33 million dollar mablagʻini yigʻdi va har bir hayriya qilingan dollar uchun bir funt chiqindi olib tashladi.

CrunchLabs Rober 2022-yilda ishga tushirgan CrunchLabs taʼlim texnologiyalari kompaniyasining asoschisi. Kompaniya bolalar uchun qurilish loyihalari va muhandislik qiyinchiliklarini oʻz ichiga olgan, amaliyotda STEMni oʻrganish: tajribalarini va abonement qutisi xizmatlarini (CrunchLabs Build Box deb nomlanadi)yaratadi.

Shaxsiy hayoti Rober 2015-yilda Kaliforniya shtatining Sunnyvale shahriga koʻchib oʻtdi. Rober autizm haqida xabardor edi, chunki uning oʻgʻli autizm kasalligiga chalingan edi. 2021-yil aprel oyida Rober va Jimmy Kimmel jonli efir oʻtkazdi va NEXT for AUTISM uchun 3 million dollar mablagʻ topdi.

Mukofotlari va nomzodlari 2021-yilda Injenerlik va texnologiyalar instituti Roberga STEM yil shaxsiyati sifatida bir martalik mukofot topshirdi va keyinchalik uni muhandislik sohada qoʻshgan hissasini tan olish uchun faxriy hamkasb deb nomladi.

Rober Massachusetts Texnologiya institutida 2023-yilda nutq ham soʻzladi. Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1980-yilda tugʻilganlar Turkum:YouTuberlar