Shihob ad-Din Abu Sulaymon Ahmad ibn Ajlon ibn Rumaysa al-Hasaniy () 1386–1361-yillarda Makka amiri boʻlgan.
Ahmad ibn Ajlon taxminan hijriy 740-yilda () tugʻilgan. Ajlon ibn Rumaysaning oʻgʻli. Otasi Saqaba ibn Rumaysa bilan birgalikda hokimiyatni boshqarayotgan paytda otasining oʻrinbosari boʻlib xizmat qilgan. 1359-yilda Ajlon va Saqaba sulton an-Nosir Hasan tomonidan taxtdan agʻdarilganidan soʻng, Ahmad va uning ukasi Kubaysh otalari bilan birga Misrda qamoqqa tashlangan. Hijriy 762-yili (milodiy 1361) Ajlon Makka amirligiga qayta tayinlanganidan keyin ular ozod qilinganlar. Ajlon hijriy 762-yil Shavvol oyi boshida (1361-yil avgust) amirlikni egallaganida Ahmadni oʻzining asosiy vakili etib tayinlagan. Hijriy 774-yilda (milodiy 1372) Ajlon Ahmadga amirlikdagi ulushini topshirgan, biroq uning nomi vafotiga qadar (hijriy 79, milodiy 1378–1379) xutbada Ahmadning nomi bilan birga tilga olingan. Hijriy 780-yilda (milodiy 1378–1379) Ahmad oʻz oʻgʻli Muhammadni amir etib tayinlagan. Ahmad hijriy 788-yil Shaʼbon oyining 20-sanasi (1386-yil 14-15-sentyabr) shanbaga oʻtar kechasi vafot etgan va al-Maʼlah qabristoniga dafn etilgan. Qabri ustiga qubba qurilgan.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Makka shariflari