Rahma Abdulredha Mezher Al-Sibahi () – Rahma Riad () nomi bilan tanilgan iroqlik qoʻshiqchi va aktrisaرحمة أحمد تطرح قضيَّة العنف ضد المرأة وتنتظر العريس المناسب, Almannarah . Otasi Riad Ahmad () nomi bilan tanilgan Abdulredha Mejxer Al-Sibahiy ham Iroqning taniqli qoʻshiqchilaridan viri edi. 2020-yil avgust oyi holatiga koʻra, uning „Waed Menni“ qoʻshigʻi 148 milliondan ortiq tomosha bilan arab ayol ijrochlarining YouTubeda eng koʻp tinglangan qoʻshiqlari oʻntaligiga kirdi.
Hayoti va karyerasi 2004-yil: Karyerasining boshlanishi Riad arab estradasida bir qancha musiqa tanlovlarida ishtirok etgan. U oʻn yetti yoshida birinchi marta Super Star dasturini yakunlab, ikkinchi bosqichga chiqdi. Ammo, finalga chiqa olmadi. Keyinchalik esa Fors koʻrfazi musiqalarini ijro etadigan shaxslar ishtirok etadigan Gulf Star tanloviga qoʻshildi. U tanlovda finalgacha qoldi va iroqlik qoʻshiqchi Xaytham Yusif bilan hamkorlikda Iroq xalqi va otasiga bagʻishlab „Er7moni Ya Alem“ qoʻshigʻini ijro etdi. 2010-yil: Yulduzlar akademiyasi Riad Yulduzlar akademiyadagi ishtiroki orqali arab musiqa olamida taniqli shaxsga aylandi. U koʻplab arab sanʼatkorlari, jumladan Assala, Latifa, Angham va Naval Al Zogʻbi bilan birgalikda sahnada chiqishlar qildi. U turnir gʻolibi deb topilgan Nassif Zaytun va uchinchi oʻrinni egallagan Muhammad Ramazon bilan birga finalga chiqishga muvaffaq boʻldi. Riad esa ikkinchi oʻrinni egalladi. Riad oʻzining dasturdagi chiqishi orqali juda katta auditoriyani qamrab oldi va oldingi bosqichlarda yoʻq boʻlib ketish xavfi ostida boʻlgan ishtirokchi uchun berilgan eng yuqori ovozni oldiرحمة تعود بأعلى نسبة تصويت بستار اكاديمي 7 . 2011–2020-yillar: Khlesna va Waed Menni taronalari Riadning Yulduzlar akademiyasidan keyingi birinchi katta ishi arab tilida kuylangan va Livanda klipi suratga olingan „Khlesna“ taronasi boʻldi. Undan oldin esa OFK Osiyo Kubogi uchun maxsus qoʻshiq kuyladiرحمة رياض تصوّر في لبنان وتغني لقطر . U shuningdek, Fors koʻrfazining arab lahjasida „Moo Galata“ nomli qoʻshiq chiqardiرحمة رياض تطلق أغنيتها الخليجية موغلطته .
2018-yil 22-avgustda Rami Al-Aboudi va Ali Saber tomonidan yozilgan „Waed Menni“ qoʻshigʻini taqdim etdi. Qoʻshiq katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Videoklipi chiqqanidan keyin esa ikki yil ichida 150 millionga yaqin tomosha qilindi va shu tariqa Fors koʻrfazi mintaqasi hamda Iroqlik xonandalar uchun YouTube tarmogʻida eng koʻp tomosha qilingan musiqiy videolardan biriga aylandi. 2021-yildan hozirgacha: Iroq Idol, Athadakom va Al Kawkab 2021-yil yanvar oyida MBC Iraq telekanalidagi Iraq Idol musiqiy tanlovida hakamlar hay’ati aʼzosi sifatida ishtirok etdiحاتم العراقي ورحمة رياض وسيف نبيل يكسرون قواعد „IRAQ IDOL- محبوب العراق“ Laha, 31 January 2021. . 2021-yil 15-yanvarda Riad Aqil Al-Ard, Ali Saber va Maitham Alaa El-Din tomonidan yozilgan „Athadakom“ qoʻshigʻini chiqardi.
2021-yil 29-iyulda esa „Al Kawkab“ qoʻshigʻini premyera qildi. Musiqa 24 soat ichida YouTubeʼda bir milliondan ortiq tomosha qilindi. Qoʻshiqning muallifi Maher Al-Azzaviy, bastakori Ali Sabir va Moheeb Al-Rawi boʻllgan.
2021-yil iyul oyida MBC kompaniyasi Riad bilan shartnomasini sentyabr oyida boshlangan Iraq Idolning qoʻshimcha mavsumi uchun yana bir bor yangiladi.
2022-yil oktabr oyida esa RedOne, Manal, Balqees va Nora Fatehi kabi sanʼatkorlar bilan bir qatorda Qatarda boʻlib oʻtadigan 2022 FIFA Jahon chempionati uchun yozilgan „Light The Sky“ qoʻshigʻini kuylash uchun tanlandi.
Shaxsiy hayoti 2021-yil 23-mayda Rahma Riad iroqlik aktyor Aleksandr Ulum bilan unashtirilganini eʼlon qildi. 2021-yil 6-avgustda esa ushbu juftlik oʻz oilasi va yaqinlari ishtirokida nikoh toʻyi marosimini oʻtkazdilar. Hozirgi kunda ular Iroqda birgalikda yashaydi.
Diskografiyasi Er7moni Ya Alem Moo Galata Khlesna (2011) Ella Gillilhom (2012) Allah Kareem (2013) Bosa (2014) Anoudi (2015) Weinak (2016) Hade Hwe (2016) Waed Menni (2018) Mako Menni (2020) Ahki Maa Hali (2020) Athadakom (2021) Al Kawkab (2021) Asaad Lel Goumar (2022)
Manbalar
Turkum:Iroqlik qoʻshiqchilar