„Brother Louie“ – nemis pop dueti Modern Talkingning qoʻshigʻi boʻlib, ularning 1986-yilda chiqarilgan „Ready for Romance“ nomli uchinchi studiyaviy albomining bosh singli sifatida taqdim etilgan. Bu ularning „You’re My Heart, You’re My Soul“, „You Can Win If You Want“ va „Cheri, Cheri Lady“ taronalaridan keyin chiqargan ketma-ket toʻrtinchi singl boʻlib, Germaniya musiqiy chartlarida birinchi oʻrinni egallagan.
Chiqarilishi Brother Louie singli 1986-yil 27-yanvarda chiqarilgan va 1986-yil 3-martda Germaniya chartlarida 1-oʻrinni egallagan. Singl toʻrt hafta davomida Germaniya chartida birinchi oʻrinni egallab turgan hamda umumiy 17 hafta davomida chartdan chiqib ketmagan. Trek Buyuk Britaniya chartlarida 4-oʻrinni egalladi va 250,000 dan ortiq sotuvlar uchun kumush sertifikat berilgan. Brother Louie shuningdek, 250,000 dan ortiq sutuvlarni qayd etgani uchun Fransiyada ham kumush sertifikat olgan.
Qoʻshiq matni Dieter Bohlen tomonidan yozilgan hamda unga Luis Rodríguez prodyuserlik qilgan. U Bohlenning yaqin hamkori boʻlgan va koʻplab Modern Talking qoʻshiqlari ustida ishlagan.
1998-yilda duet qayta tiklanganidan koʻp oʻtmay, singlning „Brother Louie ’98“ deb nomlangan remiks versiyasi chiqarilgan. Yangi stilda chiqarilgan singl ham muvaffaqiyatli boʻlgan. U 250,000 dan koʻproq sotilganligi uchun Fransiyada oltin sertifikatni qoʻlga kiritgan.
Klipi Brother Louie klipini Pit Weyrich suratga olgan. Klip 1984-yilda chiqarilgan „Once Upon a Time in America“ filmidan baʼzi lavhalarni oʻz ichiga olgan boʻlib, unda raqsga tushayotgan muxlislar bilan oʻralgan sahnadagi guruh aʼzolari tasvirlangan.
Treklist German 12" maxi singl „Brother Louie“ (Uzaytirilgan maxsus versiya) – 5:20 „Brother Louie“ (Instrumental) – 4:06
German 7" singl „Brother Louie“ – 3:41 „Brother Louie“ (Instrumental) – 4:06
UK 12" maxi singl „Brother Louie“ (Uzaytirilgan maxsus versiya) – 5:15 „Doctor for My Heart“ – 3:16 „Brother Louie“ (Instrumental) – 4:06
UK 7" singl „Brother Louie“ – 3:41 „Brother Louie“ (Instrumental) – 4:06
Chartlar
Haftalik chartlar + Chart (1986) Oʻrin (IFPI) 2 (European Hot 100 Singles) 6 (Suomen virallinen lista) 1 (IFPI) 1 (Springbok Radio) 1 (AFYVE) 1
+ Chart (2022) Oʻrin
Yillik chartlar + Chart (1986) Oʻrin (Ö3 Austria Top 40) 23 (Ultratop 50 Flanders) 28 (European Hot 100 Singles) 7 (Springbok Radio) 2 (Schweizer Hitparade) 25 (OCC) 56 (Official German Charts) 14
+ Chart (1985–1989) Oʻrin (European Hot 100 Singles)92
Brother Louie ’98
„Brother Louie ’98“ – „Brother Louie“ qoʻshigʻining 1986-yilgi asl versiyasining qayta kuylangan remiks versiyasi boʻlib, Modern Talking guruhining 1998-yilda taqdim etilgan „Back for Good“ nomli yettinchi studiyaviy albomidan ikkinchi singl sifatida joy olgan, shuningdek, duetning birlashgandan keyingi ikkinchi singldir. Singl „You’re My Heart, You’re My Soul ’98“ taronasidan keyin Eric Singleton ishtirokidagi guruhning ikkinchi singli boʻlgan.
„Brother Louie ’98“ 1998-yil 20-iyulda Germaniya va boshqa Yevropa hududlarida chiqarilgan. Singl Germaniya va Avstriya chartlarida kuchli 20 talikka kirgan, Vengriya chartlarida birinchi oʻrinni olgan, Fransiya chartlarida kuchli beshlik va Shvetsiyada kuchli 10 talikka kirgan. Fransiyada „Brother Louie ’98“ 250,000 dan ortiq sotilganligi uchun oltin sertifikatni qoʻlga kiritgan.
Treklist CD maxi singl „Brother Louie '98“ (Radio versiyasi) – 3:23 „Brother Louie '98“ – 3:35 „Brother Louie '98“ (Kengaytirilgan versiyasi) – 4:11 „Cheri Cheri Lady '98“ (Kengaytirilgan versiyasi) – 4:26
Chartlar
Haftalik chartlar + Chart (1998) Oʻrin (Eurochart Hot 100 Singles) 13 (MAHASZ) 1 (Dutch Top 40 Tipparade) 2 (Music & Media) 3 (AFYVE) 2
Yillik chartlar + Chart (1998) Oʻrin (SNEP) 34 (Sverigetopplistan) 60
Brother Louie ’99 "Brother Louie ’99" – Modern Talking guruhining „Back for Good“ albomidagi „Brother Louie“ asl qoʻshigʻining yana bir bor kover qilingan versiyasi. Ushbu versiya faqat Buyuk Britaniya bozori uchun chiqarilgan va „Brother Louie ’98“ trekiga kiritilmagan remikslarni oʻz ichiga olgan.
Treklist CD maxi singl „Brother Louie '99“ (DJ Cappiccio Radio Miksi) – 3:54 „Brother Louie '99“ (DJ Cappiccio Kengaytirilgan Miiksi) – 7:33 „Brother Louie '99“ (Metro Club Miiks) – 6:14
12-inch singl „Brother Louie '99“ (DJ Cappiccio 12" Miksi) – 7:35 „Brother Louie '99“ (DJ Cappiccio Radio Miksi) – 3:54 „Brother Louie '99“ (DJ Cappiccio Instrumental) – 7:34 „Brother Louie '99“ (DJ Cappicio Akapella) – 6:47
2× 12-inch singl „Brother Louie '99“ (Metro Club Miksi) – 6:13 „Brother Louie '99“ (Metro Radio Miksi) – 3:48 „Brother Louie '99“ (Paul Masterson Club Miksi) – 6:39 „Brother Louie '99“ (Paul Masterson Dub) – 6:26
Kay One versiyasi
Qoʻshiq 2017-yilda nemis reperi va qoʻshiqchisi Kay One tomonidan „Louis Louis“ nomi bilan ijro etilgan. Moslashuv asl nusxaga asoslangan, ammo yangi nemischa soʻzlar va qoʻshimcha rep boʻlimi qoʻshilgan.
Singl Germany Singles Chart chartida 9-oʻrinni egallagan, shuningdek, Avstriya va Shveysariya chartlariga ham kirgan.
Klipi Kay One, shuningdek, bir qator Modern Talking relizlari muqovalarini koʻrayotgan Kay One bilan original Modern Talking „Brother Louie“ qoʻshigʻining baʼzi misralari bilan ochiladigan musiqiy videoni chiqargan.
Chartlar + Chart (2017) Oʻrin
Vize versiyasi
2020-yil iyul oyida nemis DJ dueti Vize, qozogʻistonlik DJ Imanbek va Modern Talking aʼzosi Dieter Bohlen „Brother Louie“ qoʻshigʻining navbatdagi kover versiyasini chiqargan, Leonie qoʻshiqning xor qismlarini kuylagan.
Chartlar + Chart (2020) Oʻrin
Manbalar
Turkum:Modern Talking qoʻshiqlari Turkum:Ingliz tilidagi qoʻshiqlar Turkum:1986-yil qoʻshiqlari Turkum:1998-yil qoʻshiqlari Turkum:1999-yil qoʻshiqlari Turkum:2017-yil qoʻshiqlari Turkum:2020-yil qoʻshiqlari Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar