Ismoil Haniyaning oʻldirilishi – 2024-yil 31-iyulda HAMAS yetakchisi Ismoil Haniya Tehrondagi uyida prezident Masʼud Pizishkiyonning inauguratsiya marosimida qatnashayotgan vaqtda oʻldirilgan. Haniyaning oʻlimi sabablari tekshirilmoqda .
Tarixi
Ismoil Haniya 1980-yildan Hamas harakati aʼzosi hisoblanadi. 2017-yilda Hamas harakatining yetakchisi etib tayinlanadi. AQSh Davlat departamenti 2018-yilda Haniyani terrorchi deb eʼlon qiladi .
Oʻldirilishi
Ismoil Haniyaning oʻldirilgani haqidagi dastlabki xabarni Eron Islom Inqilobi Qoʻriqchilari Korpusi (IIQK) tarqatadi. Korpus uning oʻlimi holatlari boʻyicha cheklangan maʼlumotlarni taqdim etgan va voqea tergov qilinayotganini bildirgan. Hamas tarqatgan xabarga koʻra, Haniya havo hujumi natijasida oʻldirilgan.
Keyingi maʼlumotlarga koʻra u og‘irligi taxminan 7 kg bo‘lgan jangovar kallakli qisqa masofaga uchuvchi snaryad yordamida o‘ldirilgan. Suiqasd Isroil tomonidan AQSh hukumati ko‘magi bilan rejalashtirilgan va amalga oshirilgan. Bundan keyin Erondagi obroʻli harbiylar va razvedka xodimlari soʻroq qilinib, ularning bir qismi esa hibsga olingan.
Qarshi javob
31-iyul kuni Erondagi Jamkaron masjidining asosiy gumbazida Ismoil Haniya uchun oʻch olish belgisi sifatida qizil bayroq koʻtariladi. Shia anʼanalariga koʻra qizil bayroq koʻtarilishi adolatsiz qon toʻkilganini va oʻldirilgan odamdan qasos olishga chaqiriqni anglatadi. 2024-yil yanvar oyida Kermondagi qabristonda sodir boʻlgan portlashida oʻnlab odamlar halok boʻlganida va 2020-yil yanvarida Qosim Sulaymoniy oʻldirilganida ham qizil bayroq koʻtgarilgan edi.
Dafn marosimi
1-avgust kuni Tehronda Haniyaning janoza marosimi boʻldi. 2-avgustda Doʻhada dafn qilinadi .
Yana qarang
Amerika-Eron munosabatlari Isroil–Hamas urushi Yahyo Sinvarning oʻldirilishi
Manbalar
Turkum:Eronda voqealar Turkum:31-iyul voqealari