Andrey Anatoliyevich Kozlov (1960-yil 25-dekabr, Lugansk, SSSR) – rossiyalik teleboshlovchi, rejissyor va prodyuser, „Chto? Gde? Kogda?“ oʻyini magistri. „Chto? Gde? Kogda?“ xalqaro klubi prezidenti. „Igra-TV“ telekanalining bosh prodyuseri. 1991-yildan beri „Breyn-ring“ koʻrsatuvining doimiy boshlovchisi. Rossiya televideniyesi akademiyasining aʼzosi.

Hayoti Andrey Anatoliyevich Kozlov 1960-yil 25-dekabrda Lugansk shahrida tugʻilgan („Igra-TV“ telekanalining maʼlumotlariga koʻra, Germaniyadan SSSRga uchib ketayotgan samolyotda).

Onasi Irina Aleksandrovna Kozlova (2013-yil sentabr oyida oshqozon osti bezi saratonidan vafot etgan) savdoda rahbar boʻlib ishlagan, otasi Anatoliy Kozlov esa harbiy, polkovnik boʻlgan. Andreyning Aleksandr ismli ukasi va Galina ismli singlisi ham bor. Buvisi Mariya Nikitichna teatr aktrisasi boʻlib, Ukraina xalq artisti unvoniga sazovor boʻlgan. U nabirasini repetitsiyalar va spektakllarga olib borgan, sahna ortida olib yurgan. Andrey sahnada chiqishlar qilishni orzu qilar va havaskor sifatida kichik loyihalarda ishtirok etardi. Maktabdan soʻng Boris Shchukin nomidagi teatr institutiga hujjat topshirdi va oʻqishga kirdi. U oʻqishga kirgani haqida ota-onasiga xabar berdi, lekin ular kelib, uni uyiga olib ketishdi.

U Donetsk universitetining kimyo fakultetiga oʻqishga kirdi, universitetda oʻqish mobaynida talabalar kechalarini oʻtkazdi, 3 yil davomida Donetsk televideniyesida muxbir boʻlib ishladi.

21 yoshida Donetsk universitetining kimyo fakultetini tamomladi, keyin 30 yoshgacha (1990) Jdanov metallurgiya institutida kimyo fanidan dars berdi. 1990-yildan boshlab Moskvada yashay boshladi.

Bilimdon sifatidagi karyerasi thumb|270px|Aleksandr Druz, Andrey Kozlov va Leonid Timofeev Bokudagi Millatlar kubogida (2007-yil) 1984-yil noyabr oyida u oʻzi doimiy ravishda tomosha qilib boradigan „Chto? Gde? Kogda?“ koʻrsatuviga ushbu loyihada ishtirok etish maqsadida maktub yoʻlladi. Keyin esa u kastinga taklif qilingani haqida javob xati oldi. U 1986-yil 23-fevralda kastingga keldi hamda 6, 7 va 8-mart kunlari koʻrsatuvni suratga olish ishlarida tomoshabin sifatida ishtirok etdiAndrey Kozlov: „Mejdu sʼemkami programm mne nujno parit nogi i stavit gorchichniki“ – tele.ru.

Andrey televideniyedagi birinchi oʻyinini 1989-yilda oʻtkazdi. 2008-yilda u oʻyin magstri darajasiga ega boʻldi. U „Chto? Gde? Kogda?“ oʻyinidagi faoliyati davomida uch marotaba „Billur boyqush“ mukofotini (1992, 1994, 2008), bir marta „Brilliant boyqush“ mukofotini (2008) va „Klubning eng yaxshi sardori“ (2001) unvonini qoʻlga kiritdi. 2008-yil 27-dekabrda mavsumning soʻnggi oʻyinida u Superblits raundining barcha uchta savoliga javob bera olgan oʻyinchi sifatida „Volkswagen Phaeton“ avtomobili sovrinini yutib oldi.

2014-yil 15-martda u „Chto? Gde? Kogda?“ xalqaro klublar assotsiatsiyasi prezidenti etib saylandi (Natalya Stetsenko oʻrniga).

2016-yilning yozida u bir guruh sanʼatkorlar va Mudofaa vazirligi vakillari bilan Suriyaga tashrif buyurdi hamda u yerda „Chto? Gde? Kogda?“ va „Breyn-ring“ intellektual oʻyinlarini oʻtkazdi. Buning uchun u „Suriyadagi harbiy operatsiya ishtirokchisi“ medali bilan taqdirlandi.

Shaxsiy hayoti Turmush oʻrtogʻi – Anna Kozlova. Ikkita qizi va nabiralari bor. Ukrainalik teleboshlovchi Igor Kondratyukning qarindoshi, oʻgʻlining choʻqintirgan otasi.

Televizion karyerasi Andrey Kozlov 1990-yildan beri televideniyeda ishlaydi.

Rejissyor sifatidagi loyihalari: „Lyubov s pervogo vzglyada“ (1991—1993) „Breyn-ring“ (1993—2019); (ijodiy guruh tarkibida 2010-yilda TEFI mukofoti laureati) „Programma peredach“ „Ispolnenie jelaniy, ili Kak potratit million“ (2000) „Kulturnaya revolyutsiya“ (2001—2017); (ijodiy guruh tarkibida 2002 va 2006-yillarda TEFI mukofoti sovrindori) „Pesni XX veka“ „Moy dom, moy gorod, moya strana“ „Jizn prekrasna“ „Chelovek v bolshom gorode“ „Mi i nauka. Nauka i mi“

Boshlovchilik qilgan loyihalari: „Breyn ring“ (1991-yildan beri Rossiya televideniyesida; shuningdek, Ozarbayjonda xalqaro televizion turnir) „Ispolnenie jelaniy, ili Kak potratit million“ „Programma peredach“ „Moy dom, moy gorod, moya strana“

U Igra-TV kanalining bosh prodyuseri va bosh direktorining birinchi oʻrinbosari.

2022-yilda Kozlov filmlarda ham debyuti qildi. U „Oboyudnoe soglasie“ teleserialida rol oʻynadi.

Filmografiyasi + Yil Film Rol 2022-yil Oboyudnoe soglasie Viktor Ivanovich Nesterenko, tergovchi

Mukofotlari II darajali „Vatanga xizmatlari uchun“ ordeni (2021) – ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi va koʻp yillik samarali faoliyati uchun. Rossiya Federatsiyasi Prezidentining tashakkurnomasi (2024) – ijtimoiy ahamiyatga ega tadbirlarni tayyorlash va oʻtkazishda faol ishtirok etgani uchun.

Manbalar

Havolalar

Intervyu s Andreem Kozlovim na radio „Shanson“ Uspet i bit umnim

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Rossiyalik teleboshlovchilar Turkum:Rosiyiyalik prodyuserlar Turkum:Rossiyalik rejissyorlar Turkum:SSSRda tugʻilganlar